Ore , bаle, ori va bali so‘zlari haqida
Fors tilidagi tasdiqni bildiruvchi "ha" so‘zi turli joylarda turlicha ishlatiladigan bir xil ma’noli to‘rtta so‘z bilan beriladi. آره āre va بله bale so‘zlari asosan so‘zlashuv uslubida ishlatiladi. Ba’zan بله bаle so‘zi rasmiy nutqda ham ishlatiladi. آری āri va بلی bali so‘zlari kitobiy xarakterga eda. آری āri juda kam ishlatiladi. آره āre so‘zida urg‘u oxirgi bo’g‘inga tushadi, boshqa so‘zlarda esa birinchi bo’g‘inga tushadi بله bale so‘roq so‘zi kabi talaffuz qilinib, biror narsani qayta so‘rash uchun ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |