Hizmat ko’rsatish jarayoni
Restoranlarda hizmat ko’rsatish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1) Xonalarni oldindan band qilish (Rezervatsiya)
2) Qabul, ro’yxatdan o’tkazish va joylashtirish.
3) Joylashtirish va ovqatlantirish hizmatlarini ko’rsatish.
4) Qo’shimcha hizmatlarni ko’rsatish.
5) Yakuniy hisob-kitob va ketishni rasmiylashtirish.
Qabul va joylashtirish bo’limi vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Mijozlarni kutib olish.
2. Xonalarni olish va mijozlarni ro’yxatdan o’tkazish.
3. Restoranlarga tashrif buyuruvchilar va yashovchilar bilan samimiy aloqada bo’lish.
4. Rezervatsiya yani xonalarni oldindan band qilish bilan shug’ullanish.
5. VIP va oddiy mehmonlarga complimentary yani e’tibor ikromlari (gul, mevali savat, shampan vinosi) ni yetkazish.
Restoran xodimining tashqi ko’rinishi
Restoran xodimining tashqi ko’rinishi mijoz ongida chuqur iz qoldiradi. Shuning uchun ham restoranning har bir xodimi parvarishlangan, yoqimli va ozoda ko’rinishga ega bo’lishi kerak. Ayol hodimaning sochlari uzun bo’lsa rezinka yoki lentacha yordamida yig’ishtirilgan bo’lishi, yuziga tushib turmasligi kerak. Zakolkalar ko’zga tashlanmasligi va sodda bo’lishi lozim. Erkak hodimlarning soqol-mo’ylablari olingan bo’lishi, sochlari qisqa va parvarishlangan bo’lishi kerak Poyabzal qulay va yaxshi axvolda bo’lishi, yarqirydigan darajada moylangan bo’lishi kerak. Hodimlar albatta dezodarant va antiperspirantlardan foydalanishi, ish oldidan dush qabul qilishlari kerak. O’tkir hidli atirlarni sepish ta’qiqlanadi.
Xodimlarning nafasi doimo yoqimli bo’lishi kerak. Buning uchun ish oldidan sarimsoq, piyoz va boshqa o’tkir hidli taomlarni tanovvul qilmaslik, chekkandan so’ng og’izni chayish doimiy tarzda stomatolog ko’rigidan o’tib turish, tishlarni kuniga ikki martta tozalash kerak.
Belgilangan uniforma majburiy tarzda kiyilishi shart. Ish kiyimi toza, dazmollangan va saranjom bo’lishi kerak. Odatda uniforma uch nusxada beriladi, birinchi nusxa yuvishga topshirilganida, kutilmagan vaziyatlar uchun zahirada yana bir uniforma bo’lishi kerak.
Uniformaga rioya qilish beyjiklarni taqishni ham o’z ichiga oladi. Beyjik chap o’mrov suyagidan 6-8 santimetrda pasda taqiladi. Odatda Front office bo’limi xodimlari uzun yengli. Etak uzunligi tizzadan 3-4 santimetr balandda bo’lishi kerak.
Ayollar tana rangidagi kalgotka , erkaklar esa qora paypoq kiyishlari kerak. Oyoq kiyimlar qora rangda va usti yopiq bo’lishi, bezaklarga ega bo’lmasligi, poshna balandligi 5 sm dan oshmasligi kerak. Ko’zga tashlanadigan taqinchoqlar taqish man etiladi. Faqatgina kichik hajmdagi zirak, bir dona nikox uzugi, soat taqish mumkin.
Ayollar haddan tashqari pardoz qilmasligi kerak, ammo umuman pardoz qilmaslik ham tavsiya etilmaydi.Qo’llar doimo toza bo’lishi, tirnoqlar olingan bo’lishi kerak.Agarda qo’lda yara bo’lsa yopishqoq lenta bilan bejirim berkitilishi yoki rezina barmoq g’ilofi taqilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |