Entomofiliya. O’simliklar chetdan hasharotlar yordamida changlansa entomofiliya (entomos -
hasharot) deyiladi.
Entomofil o’simliklarning kosacha va tojbarglari och ranglarda va gullari yirik (Rafflesia arnoldii
gulining diametri 1m, ko’knoridoshlarning, lolalarning gullari) hidlari yaxshi bo’ladi. Ba’zi
o’simliklarning gullari sassiq hid chiqaradi. Unday gullarning o’ziga xos hasharotlari bo’ladi. Ba’zi
hasharotlar gulga niktar emas, chang uchun keladi: masalan, na’matak (changchilari ko’p). Chang
tarkibida 15-30% gacha oqsil bo’ladi, hasharotlar uchun to’yimli ovqat hisoblanadi. Ba’zi
hasharotlar (asalari, qovoq arilar) esa yemasdan lichinkalari uchun uyalarining kataklariga
to’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |