-rasm. Urug’chining tuzilishi. 1- tumshuqcha; 2- ustuncha; 3- tuguncha;
4- urug’kurtak: a- nutsellus; b- integumentlar; d- xalaza; s-mikropile
Megasporogenez. Megasporalar deb ataladigan maxsus yirik hujayralarning hosil bo’lishidan
iborat murakkab jarayon. Urug’kurtak taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, nutsellus va
70
integumentlar hosil bo’lishidan avval, bitta hujayra o’zining yirikligi va quyuq sitoplazma hamda
yirik yadroga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. U arxesporial yoki megasporalar hosil qiluvchi ona
hujayra hisobalnadi. Uruhkurtakda meyoz bo’linish kuzatilib, bunda ona hujayra tez o’sadi va keyin
ikki marta bo’linishidan so’ng to’rtta gaploid hujayra – megasporalar tetradasi hosil bo’ladi. Bu
hujayralar dastlab bir tik qatorda joylashib, deyarli bir xil o’lchamga ega bo’ladi. Keyinchalik
ularda notekis o’sish kuzatiladi. Eng pastda joylashgan hujayra tez o’sishni davom ettirib, qolgan
uchta hujayrani siqib qo’yadi. Natijada qolgan hujayralar o’sishdan to’xtab erib ketadiyu. Yaxshi
o’sayotgan hujayra, ya’ni megaspora o’sishni davom ettirib katta o’zgarishlarga uchraydi. Natijada
murtak qopchasi shakllanadi. Murtak qopchasi hosil bo’lishida megasporaning mag’zi ketma-ket
uch marta bo’linadi. Rosmana shakllangan murtak qopchasining bir qutbida 4 ta, ikkinchi qutbida
ham 4 ta yadrodan iborat 8 ta qutbiy hujayralarga ega bo’ladi. Urug’lanish jarayotidan avval
qutblardan bittadan yadrolar murtak qopchasining o’rtasiga kelib o’zaro qo’shiladi va bitta yadro,
ya’ni murtak qopchasining ikkilamchi yoki markaziy mag’zini hosil qiladi. Keyinchalik murtak
qopchisidagi 7 ta yadroni sitoplazma hrab oladi. Shunday qilib, murtak qopchasida 7 ta qobiqsiz
hujayralar kelib chiqadi. Miropilga yaqin joylashgan hujayralardan biri yirik bo’lib, uni tuxum
hujayra, qolgan ikkitasi esa (uning ikki yonida joylashgan) sinergidlar deb ataladi. Murtak
qopchasining xalaza tomonidagi hujayralar antipodlar deyiladi. Markazda esa markaziy yoki
ikkilamchi yadro joylashadi. Ana shu holatdagi murtak qopchasi gulli o’simliklarning urg’ochi
jinsiy nasli gametofitdir.Urug’kurtakning tuzilishi va tiplari. Tuguncha ichida bittadan – bir necha
yuz ming donagacha urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtak shakli o’zgargan megasporangiy bo’lib,
uning markaziy qismi - nutsellusdan va bir yoki ikkita urug’kurtak qobig’i integumentdan tashkil
topgan. Integumentlarning urug’kurtak tepasidagi joyi bir oz ochiq bo’lib mikropile deyiladi.
Funikulyus esa urug’bandidir. Urug’kurtakning urug’bandi bilan birikkan joyi urug’ kertimi deb
ataladi. Urug’kurtakning mikropilega ya’ni nutsellus va integument qo’shilgan joyiga qarama-
qarshi tomoni xalaza deb ataladi. Urug’kurtaklar shakliga ko’ra beshta asosiy tipga bo’linadi:
Ortotrop - to’g’ri urug’kurtak. Mikropile - urug’ kertimi va funikulyus bilan bir o’qda joylashadi
(grechishnilarda). Anatrop – bukilgan urug’kurtak. Urug’kurtak 180
0
ga qayrilgan, mikropile va
urug’ kertimi bilan qator yonma-yon joylashadi.
Gemitrop – yarim bukilgan urug’kurtak. Urug’kurtak platsenta va funikulyusga nisbatan nutsellus
va integument bilan 90
0
ga qayrilgan.
Kampilotrop yoki bir tomonga bukilgan urug’kurtak. Nutsellus va integument bir tomonga qarab
o’sgan (burchoqdoshlarda). Amfitrop yoki ikki tomonlama bukilgan urug’kurtak. Nutsellus taqa
shaklida.Integument. Yopiq urug’li o’simliklar urug’kurtagining tarkibiga bitta yoki ikkita
integument kiradi. Ko’pchilik oila vakillari urug’lariga ikkita integument xarakterli. Bu ko’pchilik
gultojbarglari qo’shilmagan bir va ikki pallali o’simliklarga xos bo’lib, tojbarglari qo’shilgan ikki
pallalilarga esa bitta integumentga ega. Nutsellus. Nutsellus yoki yadro urug’kurtakning
rivojlanishida eng avval paydo bo’lib, unda urug’ hosil bo’lishi kerak bo’lgan barcha jarayonlar
ketadi. Nutsellus – morfologik tuzilishga ko’ra megasporangiya hisoblanadi. urtak xalta va uning
rivojlanishi (megagametogenez). Murtak xalta (urg’ochi gametofit) urug’kurtakning xalaza
qismidagi megasporadan hosil bo’ladi. Uning yadrosining birinchi marta bo’linishda ikkita yadro
hosil bo’ladi va ikki qutubga tortiladi, hujayra uzunasiga cho’ziladi, ularning o’rtasida vakuola
paydo bo’ladi. So’ngra har ikki yadro yana ikki marotaba bo’linadi, natijada har qutbda to’rttadan
sakkizta yadro paydo bo’ladi. Keyin har qutbdan bittadan yadro markazga qarab suriladi. Bu
yadroni qutbli yadro deyiladi. So’ngra ular urug’langanga qadar qo’shiladi va diploid xromosomalar
to’plami bo’lgan markaziy yadroni hosil qiladi. Qutbda qolgan yadrolar bir-birlariga yaqin kelib
zichlashadi va hujayraga aylanadi. Xalaza tomonidagi hujayralaridan antipod (yun. anti teskari,
podus - oyoq) mikropille tomondagisidan bitta tuxum hujayra ikkita sinergidlar (birgalikda
ishlaydigan) hosil bo’ladi. Shu yo’l bilan murtak xalta shakllanadi. Gullashning mohiyati
changdonning ochilishi, urug’chi tumshuqchasining chang qabul qilishga tayyorlanishidan iborat
bo’ladi. Gul kurtakdan paydo bo’ladi. Ochilmagan gulkurtakka g’uncha deyiladi. G’unchada gul
a’zolari ekzogen bo’rtmalar holatida akropetal rivojlanadi. Gulning rivojlanish davrida uning ichki
a’zolarining tezroq taraqqiy etishi g’unchaning ochilishiga sabab bo’ladi. Gullashning oxirida
71
tojbarglar kattalashadi. Gullash ya’ni gul ochilgandan to tamom bo’lgangacha bo’lgan vaqt bo’lib
bir-ikki soatdan bir necha haftagacha cho’zilishi mumkin. Ba’zi boshoqdoshlarda urug’chi 3-4 sutka
davomida yetilib turadi. So’ngra chandan yorilib chang chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |