Changlanish xususiyatlari. Changlarning urug’chi tumshuqchasiga tushishini changlanish deb, bir
necha xil usulda boradi: 1) O’z-o’zidan changlanish – avtogamiya (avto - o’z-o’zidan gamos -
qo’shilish). 2) Chetdan changlanish – allogamiya (allos - boshqa). Avtogamiyada chang shu gulning
urug’chisini tumshug’chasiga tushadi va changlantiradi. Geytonogamiya (geyton - qo’shni) - bir
o’simlik gulini changining shu o’simlikdagi boshqa gulning urug’chisiga tushib changlantiradi.
Ksenogamiya (ksenos - begona) – bir o’simlik gulini changining boshqa o’simlik gulini
tumshuqchasiga kelib tushishi va changlantirishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |