Dixogamiya. Ba’zi gullarda o’z-o’zidan changlanishga qarshi moslamalari bo’lishi mumkin.
Masalan, dixogamiyada changchilar bilan urug’chi bir vaqtda yetilmaydi. Changdonlar urug’chi
yetilishidan oldin yetilsa – proterandriya deyiladi (geran gullilar, gulxayridoshlar, murakkab
guldoshlarda, piyozguldoshlarda). Tumshuqchaning erta yetilishi proteroginiya deyiladi
(karamguldoshlar, atirguldoshlar, boshoqdoshlarda).
Geterostiliya. Ba’zi o’simliklarning bir xil gullarini ustunchasi uzun – bir xillariniki esa kalta yoki
o’rtacha bo’lishi mumkin. Ba’zi gullarining changchilari tumshuqchadan past, ba’zilariniki baland,
ba’zilariniki urug’chi tumshuqcha bilan bir xil balandlikda joylashgan bo’ladi. Bu hodisaga
geterostiliya yoki turlicha ustunchali deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |