Gidrofiliya. Suvda botib o’sadigan o’simliklar yoki suv yuzasidan yuqoriga ko’tarilib o’sgan
o’simliklar uchun suv, changlatuvchi vosita bo’lib hisoblanadi. Masalan: shohbarg
(Ceratophyllum), suv o’ti (Zostera), nayada (Najas) va boshqalar. Bu o’simliklarning
changdonlarida endotetsiya yoki qisqarib ketgan yoki mutlaqo bo’lmaydi. Changda qurib ketishdan
saqlaydigan ekzina bo’lmaydi. Changdonlari ipsimon, chuvalchangsimon shaklda bo’ladi. Bunday
tuzilish changlanishni yengillashtiradi. Urug’chi guli changchi gulidan pastda joylashgan
o’simliklarda, chang suvdan og’ir bo’lganligidan, sekin pastga tushganda tasodifan urug’chi
tumshug’iga tushib changlanish vujudga kelishi mumkin (Kanada ellodeyasi). Ba’zi suvda
yashovchi o’simliklarga changlanish suv bilan bog’liq emas. Ularning boshoqsimon to’pgullari
suvdan yuqoriga ko’tarilib, gullari shamol yordamida changlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |