O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Xususiy biomexanika o’q atrofida aylanish



Download 2,34 Mb.
bet33/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

4 . Xususiy biomexanika o’q atrofida aylanish.
Aylana mashqlar.
Odamning tanasini va uning qismlarini o’q atrofida aylanish. Odam ayrim bo’g’indarida aylana harakat qiladi. Aylana harakatlarga akrobatikaning ba’zi mashqlari, konьkida figurali uchish, snaryadlardan sakrash, suvga sakrash, gramplindan chang’ida sakrash kiradi. Bunday aylana harakatlarda aylanish o’qi umumiy og’irlik markazidan o’tadi. Aylana harakatlar organizmdan tashqarida joylashgan tashqi o’q atrofida bo’lishi mumkin. Bunda odam aylana harakatida butun tanasi ishtiroq etadi va uning umumiy og’irlik markazi va boshqa nuqtalari ham aylanaji. Bunday mashqlarga –maxi akrobatы, pod’em maxom kiradi va h.k. odamning bo’g’inlarining harakatida aylanish o’qi organizmning ichida bo’ladi.
Bunda birinchi zveno ikkinchi zveno bilan doylar va muskullar yordami bilan bog’langan va murakkab ichki oqlar hosil bo’ladi.
Aylana harakatni hosil qilish uchun kuch momenti va ikkinchi kuchning ta’siri kerak. Agara tanaga ta’sir etuvchi kuchlar bir-birini tenglashtirsa, aylana harakat bo’lmaydi. Tas’ir etuvchi kus umumiy og’irlik markazidan o’tsa ham aylanish bo’lmaydi. Faqat kuch yelkasi hosil bo’lganda, aylana momenti hosil bo’ladi. Biomexanik sistemada aylana harakat davomida organizmning organlari va to’qimalarning markazidan ko’chirma va markazga intilma kuchlar ta’sir etadi. Natijada deformatsiya va taranglanish hosil bo’ladi. Markazga intilma kuch ko’proq bo’lsa, ta’sirotni o’tkazuvchi qismlarning (muskul, bo’g’in va poylar apparati) taranglanishi va deformatsiyasi oshadi. Bu kuch ko’payganda odamning tana qismlari umumiy og’irlik markaziga yaqinlashadi va aylanish radiusi kamayadi (gruppalashishi). Bu kuch kamayganda harakat teskasi tomonga bo’riladi (razgruppirovanie).
Qattiq jismning burchak tezligini o’zgarishi. Ma’lumki, yuqoriga ko’tarilgan jism potentsial energiyasiga ega. Ya’ni, tushish davomida jism ish bajarishi mumkin. Potentsial energiyasi jismning og’irligining balanlikga bo’lgan ko’paytmast bilan o’lchanadi. Aylana harakatlarda jism ko’tarilgan eng yuqori nuqtada eng ko’p potentsial energiyaga ega. Jism pastga tushishi bilan potentsial energiya kinetik energiyaga aylanadi. Pastki nuqtada potentsial energiyani hammasi sarflanib, kinetik energiya esa eng ko’p bo’ladi. Harakat inertsiya bo’yicha davom etganda, energiya og’irlik kuchini yengish uchun sarflanadi. Gimnast yana yuqori ko’tarilganda, potentsial energiyasi ko’payadi. Kinetik energiyasi potentsial energiyaga aylanadi. Agar bunda faqt og’irlik kuchi ta’sir etganda, jism avvalgi og’irlikka ko’tarilar edi. Lekin, bu vaqtda havo qarshiligi va ishqalanish kuchi (ayniqsa qo’llarning perekladinada) ta’sir etadi va ish qarshiliklarni yengish uchun ish bajariladi. Keyinchalik mexanik energiya pasayib, harakat to’xtab qolishi mumkin.
Lekin sportchi mashq bjarganla u avvalgidan ham balandroq ko’tarilishi mumkin. Demak, shu vaqtda yana qo’shimcha kuch paydo bo’ladi va uning yordamida yuqoriga qo’tarilish mumkin. Bunda har bir tsikl davomida maksimal tezlik va energiya miqdori ko’payadi.
Aylana mashqlar bilan tanishish.
Aylana harakatlar jismning tayanish nuqtasiga bo’lgan munosabati bilan farq qiladi. SHuning uchun bu mashqlar tayanishg va tayanishsiz (uchish davomida) mashqlarga bo’linadi. Bunday mashqlar ko’p uchraydi.
Tayanish yordamida bajariladigan mashqlar. Bu mashqda odam perekladinada aylana mashqi bajaradi. Gavdasini bukganda aylanish o’qiga yaqinlashadi, to’g’rilanganda uzoqlashadi. Aylanishning birinchi yarmini inertsiya momenti bu vaqtda o’zgarmaydi. Potentsial energiya o’zgarmaydi, keyinchalik gimnast oyog’ini bukad. Bunda og’irlik kuchining tormozlanish momenti pasayadi. Inertsiya momenti ham kamayadi. Bu energiya miqdorini tiklaydi. Keyinchalik, gimnast oyog’ini tekislab tananing umumiy og’irlik markazini yuqori holatga olib
kelish uchun ish bajaradi. Bunda tashqi og’irlik kuchi potentsial energiya kinetik energiyaga aylanishiga yordam beradi.
Tayanchsiz bajariladigan aylana harakatlar.
Bunday mashqlarda aylana harakatlar umumyi og’irlik markazi atroflida bo’ladi. Ba’zi harakatlar boshlang’ich aylanishsiz ham bo’lishi mumkin. SHunday harakatlarda tananing inertsiya kuchi bilan foydalanish katta ahamiyatga ega. Ichki ishqalanish kuchi hosil bo’lishida turli ichk organlarning harakati katta ahamiyatga ega. Bu effektni kuzatish uchun pishgan va pishmagan tuxumning aylanishini misol qilish mumkin. Pishmagan tuxum kam aylanadi.
Jismoniy mashqlarda ko’pincha boshlang’ich aylana harakati uchraydi. Masalan, salьto mashqini bajarganda oldingi yoki orqaga bo’lgan harakat (itralishi). Bunda xosil bo’lgan kuch momenti boshlang’ich aylana harakatini xosil qiladi. Xuddi shunday harakat tramplindan chang’ida sakrashda va suvga sakrashda bo’ladi.
Bundan tashqari, uchishda inertsiya momenti katta ahamiyatga ega. Odam tanasining shaklini o’zgartirib (buklanib, oyoqlarini buklab, cho’zib) tananing inertsiya kuchini o’zgartiradi va bu esa aylanishning ьurchak tezligini o’zgartiradi. Bu tezlik odamning masasi aylanish o’qiga yaqinlashganda kuchayadi va o’qdan kzoqlashganda kamayadi.
Ayrim harakatlar bilan tananing aylanish o’qini ham o’zgartirish mumkin. SHu usul suvga sakrashda qo’llanadi. Bu mashqlarni bajarishda muskullarning qarshilikni yengish kuchi kerak. Bu kuchlar yordami bilan tezlik oshadi. Keyin esa, bu muskullar bo’shashib, markazdan qochma kuchni paydo bo’lishiga yordam beradi.
Ba’zan havoning qarshilik kuchi ham qo’llaniladi (aerodinamik kuchlari). Bunda aerodinamik kuchlar tekislik markazining tmoniga qarab aylanish momentini xosil qiladi. Odamning ichki kuchlari tashqi kuchlarning ta’siri bilan aylana o’qining atrofida aylanish hosil qiladi. Bu esa odamning harakatini va uning traektoriyasini o’zgartirishi mumkin.
Masalan, tramplinda uchishda sportchi chang’ining uchini ko’tarib tanasini engishadi. Bu esa havo qarshilishini kamaytiradi va pastga tushishga qarshilik ko’rsatadi. Natijada uchish traektoriyasi qiya bo’lib, sakrash uzoqroqga bo’ladi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish