5. Tana holatini saqlash va o’z joyida harakatlar.
Tananing muvozanatini saqlash
Biomexanikada odam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganda uni harakatlar sistemasi deb ko’rsatiladi. Bu harakatlarni taxminan 5 gruppaga bo’lish mumkin: tananing muvozanatini saqlash, bir joyda va o’q atrofidagi harakat, lokomator va joyini o’zgartirish. Muvozanatni saqlash uchun jismga ta’sir etuvchi kuchlar baravar bo’lishi kerak, ya’ni bu kuchlarning teng ta’sir etuvchi kuchi no’lga teng bo’lishi kerak, og’irlik markazidan o’tadigan va o’tmaydigan kuchlarning yig’indisi ham 0 ga tenglanishini chaqiruvchi kuch bo’lmasligi kerak. Tananing muvozanati uning fazodagi holati, orientatsiyasi, joylanishi va uning tayanchga bo’lgan munosabati bilan ifodalanadi. Tinch holatdagi jismga hamma vaqt jismning og’irligi (erga tortishish kuchi) va tayanchning reaktsiyasi ta’sir etadi.
Tananing og’irlik kuchi hamma vaqt uning og’irlik markazidan o’tadi. Oddiy holatlarda ham tayanch reaktsiyasi tananingn og’irlik markazidan o’tadi.
Harakatdan tinch holatdagi jismning kuchlarimuvozanatda bo’ladi. Muvozanat holdagi ta’sir etuvchi kuchlar qulatmoqchi (yiqitmoqchi, chetga buruvchi) va baravarlovchi (tekislovchi)kuchlar bo’ladi. Qulaymoqchi kuchlar tananing holatini o’zgartirishga, baravarlovchi kuchlar ema qulatmoqchi kuchlarni muvozanatda saqlashga qaratilgan. Muvozanat bir-biridan farqsiz.mustahkam va mustahkam emas bo’ladi.
Bir-biridan farqsiz (beparvo) muvozanatda tanaga berilgan holatga qaramasdan, u o’z muvozanatini saqlaydi. Bunday holat sharda bajariladi (agar bir tekislikda joylashgan bo’lsa). Bu sharning tayanchi og’irlik markazining tagida bo’ladiyu jismoniy mashqlarda bunday muvozanat deyarli uchramaydi.
Mustahkam muvozanatda harakat etuvchi jismga uni avvalgi holatga keltiruvchi kuchlar ta’sir etadi. Bu harakatdagi o’zgarishlar umumiy og’irlik markazini yuqoriroq holatga olib keladi. Masalan: agar mayatnikni bir tomonga o’zgartirsa uni og’irlik markazi tayanch nuqtasidan (0) jiladi. Bunda kuch yelkasi (a) paydo bo’ladi va og’irlik momenti hosil bo’ladi. Tananing umumiy og’irlik markazi yuqoriroq o’rinda joylashadi. Bunda hosil bo’lgan moment kuchi uni avvalgi holatga keltirishga harakat qiladi. “Vanьka-vstanьka” o’yinchog’ini muvozanat saqlash mexanizmi shunda.
Mustahkam bo’lmagan muvozanatda jismning holatini o’zgarishda hosil bo’lgan kuch momentlari yanada ko’payadi. Bunda og’irlik markazi yuqori holatdan pastga o’tadi.
Masalan, agar vertikal holatdagi hodani (uzun yog’ochni) holatini o’zgartirsak, og’irlik chizig’i tayanch nuvtasiga nisbatan o’zgarib kuch yelkasi (a) paydo bo’ladi va hosil bo’lgan og’irlik kuch momenti kaltakni qiyaligini oshiradi. SHunday qilib, mustahkam muvozanat tayanch umumiy og’irlik markazidan yuqori joylashganda va tananing og’irlik chizig’ida bo’lganda bo’ladi. Tana pastki tayanch holatda bo’lganda ham mustahkam muvozanat bo’ladi.
Mustahkam emas muvozanat og’irlik markazi tananing holatini o’zgargandan keyin pastga tushganda yuqorida va pastda bo’ladi, mustahkam emas esa –faqat pastda bo’lganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |