Mushakning mexanik xususiyatlari.Mushakning ancha muhim xususiyatlari – bu, uning uzunligi, kuchi va qisqarishi tezligi hisoblanadi. Mushakning qandaydir optimal uzunligi mavjud bo‘lib, unda qisqarish maksimal darajada. Buni, dastlabki uzunligi turlicha qiymatda fiksatsiya qilinuvchi ajratilgan mushakning izometrik qisqarishlari o‘rganilgan tajribada ko‘rish mumkin.
Agar, mushakning dastlabki uzunligi kichik bo‘lsa, u qisqargan paytida rivojlantiradigan kuchlanishi ham katta bo‘lmaydi; uni ma’lum bir qiymatgacha cho‘zilganda 2) ushbu kuchlanish maksimal darajaga yetadi. Agar, mushak haddan tashqari cho‘zilsa (nuqta 3), uni qisqarish kuchi yana pasayadi. Skelet mushaklari uchun uzunlik va kuch o‘rtasidagi bunday o‘zaro nisbat katta ahamiyatga ega emas, lekin yurak mushagida u muhim rol o‘ynaydi. Mushakka yuklanishni oshirish uning qisqarishlari tezligini pasaytiradi.
3. Biomexanika elementlari.
Mushaklar qisqarganda kimѐviy energiyasining ancha katta (1/4 – 1/3) qismini mexanik ishga aylantiradi va shu bilan birga issiqlik ajratadi. Bu, organizmda issiqlik ajralishining eng asosiy manbalaridan biri.
Mushaklar, odatda, bir biri bilan bo‘g‘imlar orqali birlashgan suyaklarga ta’sir ko‘rsatadi, demak, u ѐki bu turdagi richag hosil bo‘ladi.
Odam gavdasida, ayniqsa, ikkinchi turdagi bir yelkali richaglar ko‘p: kuchni qo‘yish nuqtasi - tayanch nuqtasi va qarshilik nuqtasi (gavdani harakatga keltiriladigan qismining og‘irlik markazi) o‘rtasida joylashgan. Masalan, tirsak birlashmasi. Unda bukilish sodir bo‘laѐtganda, tayanch nuqtasi yelka va tirsak suyaklarining birlashgan liniyasida ѐtadi; ushbu nuqtadan narida bilak sohasining eng yuqori bo‘limida kuchni qo‘yish nuqtasi (bilak sohasini bukuvchi ikkiboshli va yelka mushaklarining biriktirilgan joyi) joylashadi, qarshilik nuqtasi (bilak sohasi va kaftning og‘irlik markazi) distalroq joylashadi. Ushbu richagda qarshilik yelkasi kuchni qo‘yish yelkasidan uzunroq bo‘lgani tufayli qarshilikni yengish uchun nisbatan katta kuch ishlatishga to‘g‘ri keladi; bunda vaqtdan yutiladi, shu sabab, bunday turdagi richag tezlik richagi deb ataladi.
Mushakning qisqarishi har doim ham o‘zi biriktirilgan suyakni harakatga keltirmaydi: qisqarish bir xil paytlarda suyakni ma’lum bir holatda ushlab turadi (immobilizatsiya). Harakatlar paytida bitta mushakning ishi bilan, uning boshlanish joyini immobilizatsiya qiluvchi bir nechta boshqa mushaklarning qisqarishi birgalikda sodir bo‘lsa, bunday harakatlar muvofiqlashgan ѐki uyg‘un harakatlar deb ataladi. Mushak, o‘ta kam hollarda bir o‘zi qisqaradi: gavdaning eng sodda ko‘ringan harakatlari ham bir nechta mushaklarning ishi bilan belgilanadi.
Ko‘pincha mushaklar bitta birlikni hosil qiluvchi ѐndosh suyaklarni birlashtiradi: bunday turdagi mushaklar bir bo‘g‘imli deb ataladi, chunki ular bitta bo‘g‘imga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik mushaklar borki, ikki ѐki ko‘proq bo‘g‘imlar ѐnidan o‘tadi – ular ikki bo‘g‘imli ѐki ko‘p bo‘g‘imli deb ataladi. Ko‘p bo‘g‘imli mushaklar ancha murakkab ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi, chunki nafaqat skeletning o‘zi birikkan qismini harakatga keltiradi, balki mushakning boshlanish nuqtasidan to birikkan joyigacha bo‘lgan masofada joylashgan suyaklar holatini ham o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |