I.2.Syuitalarni tashkil etuvchi qismlar
Raqslaming bunday rang-barangligi XVII-XVIII asr kompozitorlari yaratgan musiqalarida o‘z aksini topdi. Bosmadan chiqarilgan bir qator to‘plamlar kuylash yoki uy sharoitida musiqiy cholH'ularda (lyutnya, arfa, klavesin, skripka) ijro etiladigan raqs pyesalaridan tashkil topgan. Turli xarakterdagi kontrast raqslami taqqoslanishi qadimgi raqs syuitasi asosida yotadi. Qadimgi raqs syuitasi XVII asr italiyan Iyutnyachilari va fransuz klavesinistlari ijodida shakllandi. Syuita asosini to‘rtta raqs tashkil etgan: allemanda - o'rtacha-vazmin; kuranta - harakatchan; sarabanda - juda vazmin; jiga-juda tez. Gohida sarabanda va jiga oralarida boshqa raqslar ijro cliladi: burre, gavot va menuet, qadimgi polonez, oz-moz kechroq esa anglez (kontrodans) ham.
Syuitalarni nafaqat yakkasoz, balki cholg‘uchilar orkestri uchun ham moijallab yozilgan. Syuita musiqasi endilikda raqs harakâtîari uchun jo'mavozlik vazifasini bajarmaydi. Paydo boigan raqs shakllari syuitada o‘zining amaliy mavqeyini yo‘qotib, yuqori badiiy ma’no bilan boyitildi. Keyinchalik syuita tarkibiga raqs shaklida boimagan musiqa ham kirib bordi. Buyuk nemis kompozitorlari Bax va Gendel ijodida qadimgi raqs - syuitaning eng yuksak namunalari yaratildi. Ularning syuitasidan oldin uvertyura, prelyudiya yoki variatsiyali ariya ijro etilgan.
Italiyada skripkachilar maktabiga asos solgan ArkandjeMKarelli syuitani qadimgi sonata bilan yaqinlashtirdi. U sonataning b flqismini raqs xarakterida yozgan edi: sarabanda, menuet, jiga. Karelflasarlari - bu katta konsert pyesalaridir, ularda raqs o'zining xalqchilmaishiy raqs musiqasi bilan bo‘lgan aloqalarini butunlay uzadflKompozitor asarlarida qo'llagan raqsning nomini ham kiritmay, faqafltemp bilan belgilab o‘tadi: adajio (vazmin), andante (shoshmayjlvivace (juda tez harakatli).
I.3.Syuitalar shaklining turlari
Ma’lumki, “tokatta” so‘zi ko‘p ma’noga ega. Biroq dastlabki ko‘rinishda tokatta italyan “toccare” (organ yoki klavesin klavishalarga barmoqlami tekkizish degan ma’noni anglatadi) so‘zidan kelib chiqib, klavishali cholg‘ular uchun mo‘ljallangan fantaziyalar bilan qiyoslangan. Bu borada, nemis organ tokattasining asoschisi Ditrix Bekstexuderimg mohir ijrosidan ta’sirlanib hayratlangan I.SYUITA Bax uning “Organda chalish - bu matnsiz va teatr sahnasiz dramatik harakatdir” degan so'zlarini yodda tutgan. D. Bekstexudeni tinglab, Bax yanada erkinroq bastalashni boshladi, Toccata and Fugue natijada zamondoshlaridan nafaqat asarlarining chuqurligi va ifodaviy kuchida, balki shakl tizimining sokinligi bilan oldinga ildamladi. Xususan, o‘zining ilk asarlari boimish mazkur tokatta va fugada, u, fuganing shakl-shamoyilini aniq belgilab, uni tokattadan aniq chegaralar bilan ajratdi. Shu bilan birga, ulami dramaturgik nuqtayi nazardan, ko‘rinmas, biroq chuqur tahlil orqali yuzaga chiqarish mumkin boigan, ichida pinhon sirlangan rishtalar bilan bogiadi. Badihalikning kuchli yoyilishi - tokattada boiib, fuga qismiga dabdabali kirish ato qilingan. Kompozitor organ uchun, shuningdek, kansona va richekarlar, tokkata va fantaziya, prelyudiya, kaprichchio, chakona, passakalya, xoral prelyudiyalar va boshqa asarlarni yozgan. Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida organ musiqasining iste’dodli kompozitor va cholg‘uchilari dunyoga keldi. Boshqalardan ko‘ra italyan musiqachi - Djirolamo Freskobaldi, niderlandlik - Yan Piterszon Svelink va nemis sozandalari - Samuel Sheydt, Iogann Yakob Froberger, Iogann Paxelbel va ayniqsa, butun Olmoniyani o'zining mahoratli ijrosi bilan hayratga solgan Ditrix Bekstexude ajralib turardi. Ba’zan niderland, italyan, fransuz, nemis cherkovlari haqiqiy konsert zal va sahnalariga aylanib, san’atkorlaming mohirona ijrolari tomoshabinlarni lol qoldirgan. 0 ‘sha paytlarda organchilar klavikkord va klavisin cholg‘usini mohir sozandalari ham boigan. Bora-bora klavir musiqa organ va lyutnya (ud) musiqasidan yiroqlashib, ajralib boradi. Klavir uchun asarlar repertuarining salmoqli qismini raqslar va “syuita ” (fransuz tilidan-qator, ketma-ketlik) nomi bilan e’tirof etilgan raqs turkumlari egallagan. Syuita tarkibiga vazmin nemis allemanda, harakatchan fransuz kuranta, sekin ispan sarabandasi va tezkor ingliz jiga raqslari kirgan. Ba’zan mazkur asosiy raqslarga qo‘shimcha raqslar o‘rnida ariya va rondo kiritilishi mumkin boigan. Prelyudiya yoki uvertyura butun raqs turkumini an’anaga ko‘ra ochib bergan. Syuita bilan bir qatorda boshqa turkumlar ham paydo boidi. Shulardan biri - sonata va konsert janrlari. Sonata shaklining asosiy turi mazkur davrda cherkov sonatasi hisoblangan. Mazkur janr asosan cherkovlarda, diniy bayramlarda ijro etilish uchun moijallangan. Cherkov sonatasi bilan bir qatorda dunyoviy sonata turlari ham mavjud boigan. Shu asosda Italiya va Olmoniyada klavisin 67 www.ziyouz.com kutubxonasi sonatalari dunyoga keldi. Ushbu davrda nemis kompozitori logann Kunau qalamiga mansub “Bir necha Bibliya hikoyalaming musiqiy tavsifi” (1770) yaratildi. 0 ‘sha davrda “kamer musiqa” deb cherkovdan tashqari, ya’ni xonaki sharoitda ijro etiluvchi musiqa nazarda tutilgan. Asta-sekin mazkur atama bilan har bir alohida cholg‘u uchun yozilgan mustaqil partiyalar, ya’ni ansamblli asarlar tushuniladi. Eslatib o'tish joizki, I.S.Baxdan avval Djirolamo Freskobaldi, Fransua Küpperen va Domeniko Skarlattilar klavir uchun bir qator ajoyib asarlar yaratganlar. Bax esa klavir musiqasining ifodaviy palitrasini, uning uslubiy chegaralarini kengaytirgan holda, turli mamlakatlarning organ, orkestr va vokal adabiyotida jamlangan vosita va usullarni o‘zida mujassam etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |