O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz davlat universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment Fanidan


Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi



Download 190 Kb.
bet33/37
Sana18.02.2022
Hajmi190 Kb.
#451270
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
1- Mavzu amaliy uchun

Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
- hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limvazirligi vaziri (keyingi o'rinlarda Vazir deb ataladi) va uning o'rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o'z vakolatlari doirasida tashkil etadi;
- Vazirlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
-hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'limni rivojlantirish maqsadida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilishiga ko'maklashadi;
-Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta'minlanishini tashkil etadi;
- boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha ta'lim tendensiyalari to'g'risida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni to'playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
- maktabgacha ta'lim masalalari bo'yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
- Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug'ullanadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda o'ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta'minlaydi;
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
- maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanish tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
- Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va hududiy bo'linmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo'yicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
- xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari. Quyidagilar Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi;
- Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar (keyingi o'rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
- maktabgacha ta'lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo'yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarini qo'llab- quvvatlash;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarida, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta'minlaydi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
- maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'linmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qo'llab- quvvatlash va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojiantirish bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- viloyat darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanishni ta'minlash bo'yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat talablarini bajarish monitoringi bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarini va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarining binolari va inshootlarini joriy ta'mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
- vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qarorlar qabul qiladi.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish