O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi sog`liqni saqlash vazirligi toshkеnt farmatsеvtika instituti


DORIVOR MAHSULOTLARNI STANDART HOLIGA



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/131
Sana06.06.2022
Hajmi4,29 Mb.
#642025
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   131
Bog'liq
Мажмуа Нодира 21.06.2016

 
DORIVOR MAHSULOTLARNI STANDART HOLIGA 
KELTIRIS 
Dorivor mahsulotlar qabul punktlariga tayyorlov idoralari, jamoalar va ayrim 
shaxslar tomonidan turli ko‘rinishda, ya’ni standart talabiga javob bermaydigan 
holatda kelishi mumkin. SHuning uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib 
(qadoqlab), omborlarga jo‘natishdan oldin ularni ma’lum talablarga javob beradigan 
holda keltirish zarur. 
Dorivor mahsulotlarni standart holiga keltirish uchun quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Aralashmalardan tozalash

Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki shoshilib va 
pala-partish ishlashlari sababli qabul punktlariga topshirilgan dorivor mahsulotlar 
tarkibida turli aralashmalar bo‘lishi mumkin. Ular organik va mineral aralashmalarga 
bo‘linadi.
Organik aralashmalarga dorivor o‘simlikka o‘xshagan yoki uning yonida o‘sadigan 
boshqa o‘simliklar qismlari, xashak, somon, ko‘mir va boshqalar hamda shu dorivor 
o‘simlikning mahsulot bo‘lmagan qismi kiradi. Mineral aralashmalar odatda kesak, 
tosh, tuproq, qum hamda shisha, sopol, chinni bo‘lakchalaridan iborat bo‘ladi. 
Mahsulotni standart holatga keltirish uchun uni aralashmalardan tozalash kerak. 
Buning uchun u mashinalar yordamida yoki qo‘lda elanib, aralashmalardan 
tozalanadi va navlapga ajratiladi, ayrim hollarda esa (o‘simlikning er ustki qismidan 
gul va barglarning aralashmasini ajratib olish uchun) mahsulot avval mashinalarda 
yanchilib, so‘ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib tashlanadi.
2. Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish

Agarda dorivor mahsulot yomg‘ir 
yog‘ib turgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib o‘tgan, lekin o‘simlik hali qurimagan va havoda 
namlik ko‘p vaqtda, o‘simlikdan ertalabki shudring hali ko‘tarilmaganda tayyorlansa, 
u quritish paytida sarg‘ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Mahsulot to‘g‘ri, havo 
quruq vaqtda tayyorlansa, lekin noto‘g‘ri quritilsa ham ular sarg‘ayib yoki qorayib 
qolishi mumkin. Bu nuqsonlar tegishli GOST larda ma’lum miqdorda ruhsat etiladi. 
Agar ular ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bulsa, bu mahsulot sifatiga ta’sir kiladi. 
SHuning uchun dorivor mahsulot navlarga ajratilib, qoraygan va sarg‘aygan 
qismlardan tozalanadi.
3. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash

Dorivor mahsulot tarkibida 
maydalangan qismning miqdori tegishli GOST da chegaralangan bo‘ladi. CHunki 
mahsulotni tarkibida maydalangan qismi me’yoridan ortiqcha bo‘lsa, uning sifati past 
hisoblanadi. SHy sababli dorivor mahsulotni standart talabiga javob beradigan qilish 
maqsadida uni mayda qismidan tozalanadi. Buning uchun mahsulot tegishli GOST 
talabiga binoan kerakli teshikli elaklarda elanadi. 
4. Mahsulotni qayta quritish.
 
Qabul punktlarida qabul qilib olingan mahsulotlar
ko‘pincha, etarli darajada quritilmagan bo‘ladi. Bundan tashqari, bu mahsulotlar 
(ayniqsa gigroskopik mahsulotlar) saqlash davrida (tayyorlovchilar zudlik bilan qabul 
punktlariga topshirmaganlarida) va qabul punktlariga olib ketilayotgan vaqtda 
sharoitga qarab bir oz namlanib qolishi mumkin. Xatto, keyinchalik ham, bu 


89 
mahsulotlar omborlarda yoki dorixona va laboratoriyalarda saqlanish davrida 
mog‘orlab, sarg‘ayib yoki qorayib o‘z sifatini yo‘qotadi. Mahsulotning qimmatini 
saqlab qolish uchun tegishli GOST da ko‘rsatilgan namlik qolguniga qadar qayta 
quritiladi. 
5. Mahsulotni maydalash.
 
Dorixonaga ko‘pchilik mahsulotlar maydalangan (mayda 
bo‘laklarga qirqilgan yoki kukun-poroshok) holda yuboriladi. Mahsulotlar faqat 
omborlarda tezda buzilib, o‘z sifatini yo‘qotmasligi uchun butunligicha, mayda-
lanmasdan saqlanadi. 
Mahsulotlarni maydalash (barglarni qirqish, er ustki qismini yanchish, ildiz va 
ildizpoyalarni kubsimon qilib qirqish, kukun–poroshok holiga keltirish) mashinalar 
yordamida amalga oshiriladi. Har bir mahsulotni qay darajada maydalash kerakligi 
tegishli standartlar (GOST) da ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ishlar markazlashtirilgan va 
moslangan qabul punktlarida bajariladi. 

Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish