uzilib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv
qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar
paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishidir.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatdan, cho'qqidan
yoki inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakat
tushuniladi,
Sikl quyidagi fazalarni:
inqiroz, turg'unlik jonlanish, yuksalish
fazalarini o'z ichiga
oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazalarning o'tish uchun sharoit
yuzaga keladi.
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi siklning qayd etuvchi ifodasidir.U bir
siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigap yangisining
boshlanishiga
asos soladi; inqiroz vaziyatda asosi kapitalning ortiqcha jamg'arilishi uning hamma
funksional shakllarida namoyon bo'ladi. Inqirozdan keyin turg'unlik keldiki, uning davomida
iqtisodiy faollik jonlanishi uch sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazasining boshlanishi ozmi-ko'pmi darajada barqaror
ishlab chiqarishning
kengayishiga o'tishni bildiradi.
Ish bilan ta'minlanish darajasining ortishi va foydalarning tez o'sishi jonlanishning
yuksalishi bosqichiga o'sib o'tishiga ko'maklashadi. Yangi sikl yuksalishning boshlanish nuqtasi
hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo'lgan ta'labning kengayishi
ishsizlikning birmuncha
kamayishiga hamda ish haqining o'sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste'mol tovarlariga
to'lovga qodir talab kengayadi.
Pirovad talabning oshishi, o'z navbatida, iste'mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi tarmoklariga bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi.
Raqobat va foyda ketidan
quvish oqibatida nomutanosibliklarning to'planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu
bilan yangi inqiroz muqarrar bo'lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo'yicha keskin farqlanadi.
Shu bilan birga ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo'ladi va har xil tadqiqotchilar tomonidan
turlicha nomlanadi. 1-chizmada asosiy ko'pchilik iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl
ko'rsatilgan. Siklning eng yuqori nuqtasida, iqtisodiyotda to'liq bandlilik kuzatiladi va ishlab
chiqarish to'liq yoki deyarli to'liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o'sish
tamoyiliga ega bo'ladi, iqtisodiy faollikning o'sishi to'xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: