O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Subtropik  And.  And  tog‘  tizimining  27°-42°  j.k.  lar  orilig‘idagi  qismi  

Subtropik  And tog‘li  o‘lkasini  tashkil  etadi.   Bu  o‘lka CHili Argentina Andi 

deb  ham  atalib,  And  tizimining  eng  toraygan  va  eng  baland  qismi  hisoblanadi. 

Subtropik  And  o‘zining  quyidagi  xususiyatlarp  bilan  And  tizimining  boshqa 

o‘lkalaridan  farq  qiladi.  1)  relef  Tuzilishining  uchta  meridional  yo‘nalgan  Bosh 

Kordilera, Bo‘ylama tektonik vodiy va Qirg‘oq Kordilerasidan iborat ekanligi, 2) 

Bosh Kordileradan g‘arbda subtropik   mintaqaning   o‘rta   dengiz   iqlim   tipini,   

doimiy   yashil o‘rmonlar va butazorlarning keng tarqalganligi, 3) alp tipidagi relef 

shakllarini, tog‘ o‘tloqzorlarini va muzliklarni yaxshi rivojlanganligi, 4) yiliga ikki 

marta toshib oqadigan daryolarning mavjudligi va h.k. 

Subtropik Andning g‘arbiy qismida Tinch okean sohili bo‘ylab uncha baland 

bo‘lmagan  Kirg‘oq  Kordilerasi  cho‘zilgan.  U  Markaziy  And  Qirg‘oq 

Kordilerasining  janubiy  davomi  bo‘lib,  o‘rtacha  balandligi  800  m  dan  ayrim 

cho‘qqilari 2000 m gacha ko‘tariladi. Kirg‘oq tizmasi chuqur daryo

 

vodiylari bilan 



kesilib, bir necha yassi platolarga bo‘linib ketgan. 

Qirg‘oq  Kordilerasidan  sharqda  CHilining  Markaziy  yoki  vodiysi  deb 

ataladigan  tektonik  cho‘kma  joylashgan.  Bu  vodiy  orografik  jihatdan  Atakama 

cho‘kmasining  janubiy  davomi  hisoblanadi.    Bo‘ylama  vodiy    And    tizimining  

ko‘ndalang  tog‘lari    bilan    bir    necha      mustakil  botiqlarga  bo‘lingan.  Botiqlar 

yuzasining balandligi shimolda 100-200 m gacha pasayadi. Vodiylarda aholi juda 

zich  joylashgan.  CHilining  poytaxti  Sant-YAgo  shahri  ham  Markaziy  vodiyda 

barpo etilgan. 

Markaziy        vodiydan        sharq        tomonda        Bosh        Kordilera        tizmasi 

joylashgan.  Uning  asosiy  suvayirg‘ich  qismidan  CHili  va  Argentinaning  davlat   

chegarasi      o‘tadi.      Bosh      Kordilera      kuchli      burmalangan      mezozoy 

yotqiziklaridan   va   vulkanik   jinslardan   tarkib   topgan.   Bu   tizmada o‘lkaning 

eng  baland  nuqtalari  bo‘lgan  Akonkagua  (6960  m)  va    Mersedario  (6770  m) 

tog‘lari  joylashgan.  Bulardan  tashqari  balandligi  500  m  dan  oshadigan  o‘nlab   

cho‘qqilar   va   harakatdagi   vulkanlar   bor.    Jumladan Tupungato (6800 m), 

Maypo (5323 m) vulkanlari, Toro (6380 m), Tortolas (6354 m), Olivares (5926 m) 

tog‘lari  va  boshqalar.  Balandliga  3000-4000  m  atrofida  bo‘lgan  vulkanlar  ham 

ko‘p. Bular Domuyo (4708 m), Lyayma (3060 m),   Lanin   (3776   m),   Antuko   

(2990   m)   kabi   harakatdagi   va   so‘ngan vulkanlardir. O‘lka hududida kuchli 

zilzilalar  tez-tez  sodir  bo‘lib turadi. CHilida  10-12  balli  zilzilalar  bir necha  marta 

takrorlangan. 

O‘lka  hududi  subtropik  kengliklarda  joylashganligi  sababli  uning  g‘arbiy   

qismida   yozi   quruq   va   qishi   nam   bo‘lgan   subtropik   iqlim shakllangan. 

Bu  iqlim  tipi  okean sohillarini,  Markaziy  vodiyni  va  Bosh  Kordileraning  g‘arbiy 

yon  bag‘rini  pastki  qismini  qamrab  olgan.  Bosh  Kordileraning      tog‘      etagidan   

yuqori      qismida      iqlimnish        balandli  zonalligi  vujudga  kelgan.  Subtropik 

Andning  iqlim  sharoiti  shimoldan    janubga  va  g‘arbdan  sharqqa  qarab  o‘zgarib 

boradi. O‘lkaning shimoli uchun xarakterli bo‘lgan chala cho‘l subtropik iqlim tipi 

markazda  o‘rtaar  dengnz  iqlim  tipi  bilan,  janubda  mu’tadil  kengliklarda  yaqin 

joylarda  nam  o‘rmon  iqlim  tipi  bilan  almashinadi.  Subtropik  Andning  sharqiy 

qismi uchun qurg‘oqchil iqlim tipi xarakterli. 



O‘lka  hududida  havo  harorati  bir  tekisda  taqsimlanmagan.  YOz  bilan  qish 

oylarining harorati o‘rtasidagi tafovutlar ham aniq ifodalangan. Eng salqin oyning 

o‘rtacha  harorati  11°S  bo‘lsa,  eng  issiq  oyniki  17°-18°S  ni  tashkil  etadi.  Sant-

YAgoda eng salqin oyning o‘rtacha harorati 7°-8°S ga va eng issiq oyniki 20°S ga 

teng. YOg‘ingarchilik miqdori ham shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab 

ko‘payib boradi. O‘lkaning shimolida yiliga o‘rtacha 100 mm, o‘rta qismida 350 

mm, janubida 750 mm yog‘in yog‘adi. Janubda atmosfera yog‘inlari yil davomida 

deyarli  bir  xilda  taqsimlangan.  O‘lkaning  eng  janubiy  qismida,  37°-  42°  j.k.  lar 

oralig‘ida  yog‘ingarchilik  miqdori  2000  mm  dan  oshadi.  Brsh  Kordileraning 

g‘arbiy  yon  bag‘rida  yog‘ingarchilik  sharqiy  yon  bag‘riga  nisbatan  kup  bo‘ladi. 

Dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  

Subtropik And tog‘li o‘lkasining tuproq-o‘simlik qoplami xilma-xil. Bu erda 

quruq  subtorpiklar  uchun  xarakterli  bo‘lgan  tipik  jigar  rang  tuproqlar  keng 

tarqalgan.  Markaziy  vodiyda  qora  tuproqlarga  o‘xshash  qoramtir  rangli  tuproqlar 

rivojlangan.  CHilining  markaziy  qismida  aholining  juda  ham  zich  joylashganligi 

va ularni qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi tufayli tabiiy holdagi tuproqlar 

va  o‘simliklar  qoplami  kuchli  o‘zlashtirilgan.  Tabiiy  landshaftlar  o‘rnini  seliteb 

shahar va agrolandshaftlar egallagan. 

O‘lkaning  tabiiy  o‘simlik  qoplamida  doimiy  yashil  butalar  ko‘pchiliksh 

tashkil  etadi.  Janubda  butazorlar  asta-sekin  past  bo‘yli   va seyrak o‘rmonlar 

bilan,  keyin  baland  bo‘yli  qalin  o‘rmonlar  bilan      almashinadi.      O‘rmonlarda 

doimiy  yashil  janub  buki,  CHili  arakuariysi    relikt    asal  palmasi,      tik      (sovun   

daraxti),      persee      dafnasi      ko‘p      uchraydi.  Daryo  vodiylarida  evkaliptlar  va 

piramidal teraklar ekilgan. O‘rmonlar Bosh Kordgleraning g‘arbiy yon bag‘rlarida 

ham o‘sadi. Bu o‘rmonlarda janub buki   keng   tarqalgan   bo‘lib,   ular   quruq   

davrda      bargini      tukadi.  O‘rmonlarning  yuqori  chegarasi  Subtropik  And 

tizmalarida  2000-2500  m  gacha    ko‘tariladi.      Tog‘    o‘rmon    mintaqasidan  

yuqorida    tog‘    o‘tloqzorlari  joylashgan.  Bu  mintaqada  alp  o‘tloqlari  uchun 

xarakterli  bo‘lgan  yoron  gul,  qimizak,  primula,  lyutik,  kamnelomka  (toshyorar) 

kabi o‘t o‘simliklari o‘sadi. Buta o‘simliklaridan barbaris (qoraqand) va smorodina 

(qorag‘at) uchraydi. Tog‘ o‘tloqlari yaylov sifatida foydalaniladi. 

Subtropik And o‘lkasining madaniy o‘simliklari ko‘proq SHimoliy Amerika 

va  Yevropa  subtropik  iqlim  mintaqalariga  xos  o‘simli  o‘xshaydi.  Ayniqsa 

subtropik  madaniy  o‘simliklarning  ko‘pchilik    turlari  Yevropaning  O‘rta  dengiz 

mamlakatlaridan  keltirilgan.  Bular  toklar,  zaytun  daraxtlari,  sitruslar  va  boshqa 

mevali  daraxtlardir.  Qishloq  xo‘jaligida  asosan  bug‘doy  va  makkajo‘xori 

etishtiriladi. Tog‘ yon bag‘rlarida mahalliy aholi kartoshka, no‘xat, yasmiq, loviya, 

piyoz va qalampir ekishadi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish