Markaziy And. Markaziy And tog‘li o‘lkasiga And tog‘ tizimining o‘rtacha
qismi, 4° j.k. bilan 27° j.k. lar oralig‘i qaraydi. O‘lka hududi ma’muriy jihatdan
Peru, Boliviya, SHimoliy CHili va SHimoliy Argentinaga mansub.
Markaziy Andning eng kengaygan joyi Boliviya hududiga to‘g‘ri kelib, 750 km
ni tashkil etadi.
Markaziy And tog‘lari uzoq masofaga cho‘zilgan va Tinch okean
qirg‘oqlarida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan And tog‘ tizimining tabiiy
geografik o‘lkalaridan o‘zining quruq va kontinental iqlimi sharoiti bilan
ajralib turadi. Tuproq-o‘simlik qoplami va ularning tiplari ham iqlim sharoitiga
moslashgan holda taqsimlangan.
O‘lkaning shimoliy qismida Markaziy And tog‘lari bir necha kat
balandlikdagi parallel tizmalarga bo‘linib ketgan. SHulardan eng kattasi G‘arbiy
Kordilera tog‘ tizmasi bo‘lib, unda eng baland cho‘qqilari (Uaskaran tog‘i
6768 m, Erupaxa tog‘i 6632 m) joylashgan. Peruning bu qismida harakatdagi
vulkanlar uchramaydi. Janubroqda And tog‘ tizimi ancha kengaygan bo‘lib, uning
o‘rta qismini keng baland yassi tog‘liklar, platolar egallab olgan. YAssi tog‘liklar
har ikkala tomondan baland, ko‘tarilgan G‘arbiy va SHarqiy Kordilera tog‘
tizmalari bilan uralgan. Bulardan eng balandi G‘arbiy Kordileradir. Uning yuqori
qismlarida bir qator so‘ngan va harakatdagi vulkanlar to‘g‘ri konus shaklini hosil
qilib osmonga qad ko‘tarib turibdi. Bular Oxos-del-Salado (6880 m),
Lyulyaylyako (6723 m), Koropuna (6613 m), San-Pedro (6180 m), Ualyatiri (6060
m), Misti (5842 m) va boshqalar.
SHimoliy CHilining Tinch okean sohilida balandligi 600-1000 m ga
etadigan kristall jinsli Kirg‘oq Kordilerasi ko‘tarilib turibdi past tizma G‘arbiy
Kordileradan qirg‘oq bo‘ylab cho‘zilib yotgan Atakama cho‘li orqali ajralgan.
Atakama cho‘li bo‘ylama tektonik botiq bo‘ylab, shimoldan janubga qarab 1000
km masofaga cho‘zilgan. Qirg‘oq Kordidyorasi tik yon bag‘r xosil kilib okean
bilan bilan tutashgan. SHuning uchun bu qirg‘oq kemalarning to‘xtashiga juda
katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
G‘arbiy va SHarqiy Kordilera tizmalari oralig‘ida vujudga kelgan And yassi
tog‘liklari okean sathidan 3000 m dan 4500 m gacha balandliklarda joylashgan.
Ularning yuzasida parchalangan tosh uyumlari vulkanik materiallar, sochiluvchan
qum uyumlari keng tarqalgan. Pastqam yuzalarda ko‘llar ham uchraydi. Eng yirik
Titikaka tog‘ ko‘li 3810 m balandlikda hosil bo‘lgan. O‘lka hududida Boliviyaning
poytaxti La-Pas shahri okean sathidan 3650 m balandlikda joylashgan.
YAssi tog‘liklar yuzasi o‘rtacha balandligi 1000-2000 m bo‘lgan turli xil
yo‘nalishdagi baland tizmalar bilan kesilgan. Bu tizmalarning cho‘qqilari
harakatdagi vulkanlardan iborat. G‘arbiy Kordilera Markaziy Andning bosh
suvayirg‘ichi bo‘lib, undan boshlanuvchi daryolarning ko‘pchiligi sharqqa tomon
oqib, yassi tog‘liklarni kesib o‘tadi, chuqur vodiylar va daralar hosil kiladi.
SHarqiy Kordileraning yassi tog‘likka qaragan g‘arbiy yon bag‘riy tik, sharqiy yon
bag‘ri kiya. Bu erda ayrim tog‘ cho‘qqilari 6000 m dan yuqori ko‘tarilgan.
SHulardan eng balandlari Ilimani (6882 m) va Ilyampu (6550 m) tog
cho‘qqilaridir. SHarqiy Kordilera G‘arbiy Kordileradan farq qilib, unda vulkanlar
umuman uchramaydi.
Markaziy And o‘lkasining tabiatida cho‘l va chala cho‘l Landshaftlari
hukmronlik qiladi. Arid iqlimli landshaftlar Tinch okean sohilini G‘arbiy
Kordileraning g‘arbiy yon bag‘rlarini, yassi tog‘liklarni olgan. Faqat Markaziy
Andning sharqiy yon bag‘ri nam passat shamollari ta’sirida bo‘lganligi uchun
yog‘ingarchilik miqdori bir oz ko‘payadi, o‘s qoplami xilma-xil turlar bilan
boyiydi.
G‘arbda shimoldan janubga qarab Peru sovuq oqimining ta’sirini kuchayib
borishi tufayli chala cho‘l iqlim tipi cho‘l iqlim tipi bil almashinadi. SHimolda
yillik yog‘in miqdori 200-250 mm atrofida bo‘lsa, janubda Tinch okean sohillarida
va Atakama cho‘lida 100 mm gacha, ayrim joylarda 25 mm gacha kamayadi.
YOg‘ingarchilikning asosiy qismi yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Qirg‘oq
Kordilerasining sharqiy tomonida shundan joylar borki, yil davomida
yog‘ingarchilik umuman kuzatilmaydi. Lekin bu zonda havoning nisbiy namligi
80% atrofida bo‘lib, qish oylarida tumanlar, shudringlar tez-tez tushib turadi va
kserofit o‘simliklarni namlik bilan ta’minlaydi. Sovuq oqim o‘lkaning
haroratini mu’tadal bo‘lishiga va qayta taqsimlanishiga ham kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Binobarin shimoldan janubga qarab yanvarning o‘rtacha harorati
24°S dan 19°S gacha, iyulniki esa 19°S dan 13°S gacha pasayadi.
Markaziy And o‘lkasida tuproq-o‘simlik qoplami eng kam rivojlangan joy
Atakama cho‘li hisoblanadi. Bu erda siyrak holatda o‘sadigan efemer o‘simliklarni
faqat yilning tumanli faslida uchratish mumkin. CHo‘lning aksariyat qismi
o‘simliklar o‘sa olmaydigan qattiq sho‘r erlardan iborat. G‘arbiy Kordileraning
Tinch okeanga qaragan yon bag‘ri ham juda kuruq. Bu erda tog‘ cho‘l zonasining
yuqori chegarasi tizmaning shimolida 1000 m dan janubida 3000 m balandlikkacha
ko‘tarilgan. Uning yon bag‘irlari juda siyrak kserofit o‘simliklar-kaktuslar va
opunsiyalar bilan qoplangan,
Tinch okean sohili cho‘l landshaftlari yassi tog‘likning janubi-g‘arbida
3000-4500 m balandliklar oralig‘ida tog‘ chala cho‘l mintaqasi bilan
almashinadi. Bu mintaqada atmosfera yog‘inlari 250 mm gacha tushadi. Qish
oylarining o‘rtacha harorati musbat. Qattiq sovuq paytida harorat -20
0
gacha
pasayadi. YOzning o‘rtacha harorati 14-15°S ga teng. O‘simlik qoplami siyrak.
Pakana bo‘yli butalar, boshoqdoshlar (chalov, ro‘vak), kaktuslar, lishayniklar
o‘sadi. SHo‘rhok erlar o‘simliklarga juda kambag‘al. Bu erda shuvoq va
efedralarni uchratish mumkin.
Markaziy Andning sharqiy va shimoliy qismlarida namgarchidik oz
ko‘payib, yillik yog‘in miqdori 800-1000 mm ni tashkil etadi. O‘simlik qoplami va
uning turlari boyib, tog‘ chala cho‘l mintaqasi tog‘ dasht landshaftlari bilan
almashinadi. Dasht mintaqasini mahalliy aholi puna deb atashadi. Puna uchun
xarakterli bo‘lgan o‘simliklar asosan boshoqdoshlar oilasiga mansub (chalov,
betaga, veynik va b.q.). Punada boshoqli o‘simliklardan tashqari yostiqsimon
butalar, bir yillik pakana bo‘yli daraxtlar ham o‘sadi. Markaziy Andda puna
landshaftlari juda katta maydonni egallab olgan. Bu mintaqada aholi zich
joylashganligi sababli voha landshaftlari Tinch okean sohilidagi cho‘llarga
nisbatan keng tarqalgan. Aholi o‘lkaning 4000 m va undan ham yuqori
qismlarida dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Puna aholisi asosan kartoshka,
boshoqli don ekinlari etishtiradi. 4000 m dan baland joylarda sho‘radosh
oilasiga mansub bo‘lgan kinoa ekiladi. Kinoa doni mahalliy aholi uchun asosiy
ozuqa bo‘lib xizmat qiladi.
Markaziy Andning baland cho‘qqilarida balandtog‘ cho‘l landshaftlari
shakllangan. SHimolda 6000 m dan va janubda 5000 m dan baland joylarda
xavoning harorati yil bo‘yi 0°S dan past bo‘ladi. Iqlimining kontinental va quruq
bo‘lishi tog‘ muzliklarini rivojlanishiga imkon bermaydi. Yirik muzliklar yog‘in
miqdori ko‘proq bo‘lgan SHarqiy Kordilera uchraydi.
Markaziy And tog‘li o‘lkasining sharqiy yon bag‘ridagi lanshaftlarda va
ularning balandlik bo‘ylab taqsimlanishi G‘arbiy Kordilera tizmalaridan keskin
farq qiladi. SHarqiy Kordileraning sharqiy yon bag‘rlariga yoz oylarida esib
turadigan nam passat shamollari Atlantika okeanidan miqdorda yog‘ingarchilik
olib kelib turadi. Natijada tizmaning 1000-1500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida
turli xil palmalar, xin daraxtlari va boshqalardan tashkil topgan qalin tropik
o‘rmonlar hosil bo‘lgan. Bu mintaqaning daryo vodiylarida shakar qamish, kofe,
kakao, tropik mevali ekinlar etishtiriladi. Tizmaning 3000 m balandlikkacha
bo‘lgan yon bag‘rida past bo‘yli doimiy yashil o‘rmonlar, qalin bambukzorlar,
qirqquloqzorlar, daraxtlarga chirmashib o‘sadigan o‘simliklar yaxshi rivojlangan.
3000 m dan yuqorida tog‘ butazorlari va balandtog‘ dasht landshaftlari joylashgan.
SHu boisdan Markaziy Andda landshaftlar asimmetriyasi juda yaqqol ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |