O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


AVSTRALIYA MATERIGIGA UMUMIY TAVSIF



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

AVSTRALIYA MATERIGIGA UMUMIY TAVSIF.  

 


Avstraliya materigiga umumiy tavsif. 

Avstraliya materigining chekka nuqtalari: 

 -shimolda York burni 10

0

41’ sh.k. 



 -janubda Janubi-sharqiy burun 39

0

11’ j.k. 



- g’arbda Stip-Poynt burni 113

0

 05’ shq.u. 



- sharqda Bayron burni 153

0

 34’ shq.u. 



 

Materik  shimoldan  janubga  3200  km,  g’arbdan  sharqqa  4100  km  ga 

cho’zilgan.  Maydoni  7631,5  ming  km.kv.  Dengiz  sathidan  o’rtacha  balandligi  - 

360 m. Eng baland nuqtasi 2230 m Kostsyushko. 

 

Avstraliyaning  geologik  strukturasi  boshqa  materiklarga  nisbatan  odiyroq. 



Unda eng qadimgi (kembriydan ilgargi) va gersin burmali mintaqasi ajratilgan. 

Materikning  maydoni  2/3  qismi  -  G’arbiy  plato  va  deyarli  butun  Markaziy 

pasttekislik kembriydan oldingi platformadan iborat. Platformaning g’arbiy qismi 

qadimgi  poydevor  anteklizasidan  iborat  bo’lib,  shu  yerda  eng  qadimgi  kristall 

jinslar  va  kamroq  proterozoy  va  yoshroq  cho’kindi  svitalari  ochilib  qolgan. 

Platformaning  sharqiy  qismi  qadimgi  poydevor  sineklizasidir.  Eng  qadimgi  negiz 

shu  yerda  cho’kkan  bo’lib,  mezozoy  (asosan  bo’r),  paleogen,  neogen  dengiz  va 

ko’l yotqiziqlari qatlami bilan berkilgan. 

Avstraliya  kembriydan  oldin  hosil  bo’lgan  eng  qadimgi  strukturalar  va 

Tasmantisdagi  gersin  tog’larining  shimoli  hamda  sharqiy  chekkalari  Alp 

geosinklinali bilan o’ralgan. 

Alp  geosinklinalida  katta  burmalar  neogen  davrida  hosil  bo’lgan.  Yangi 

Gvineya,  Yangi  Zellandiya  baland  tog’lari  va  ularning  orasidagi  orollari  qad 

ko’targan. 

Materikning g’arbiy uzilma chekkasi ko’tarilgan: Tasman Yerida yoriqlar bilan 

o’ralgan Kimberli gorst massivi ajralib chiqqan. Torens ko’lining grebeni Flinders-

Lofti  gorst  tizmalarini  g’arbiy  platoning  janubi-g’arbiy  chekkasidan  ajratib 

yuborgan. 

Sharqda  relef,  shuningdek,  materik  maydoni  va  qiyofasi  ko’proq  o’zgargan. 

Yorilish  chiziqlari  bo’ylab  Tasmantisning  g’arbiy  chekkasi  Tinch  Okean  tubiga 

chohkkan,  suvga  botmay  qolgan  kattagina  g’arbiy  qismi  yuqori  ko’tarilgan, 

natijada Sharqiy Avstraliya tog’lari hosil bo’lgan. 

Avstraliya  relefining  xarakteri  shu  relefning  tuzuvchi  strukturalarining 

qadimiyligiga  va  peneplenlashish  jarayonining  uzoq  davom  etishiga  bog’liq. 

Peneplenlashish natijasida  juda katta  teritoriyalar tekislanib  qolgan, shunga ko’ra 

relefda  hayron  qolarlik  darajada  bir  xillik  diqqatni  jalb  etadi:  materik  o’rtacha 

balandigi  350  m  bo’lgan  platodan  iborat,  ya’ni  YYevropadan  keyin  eng  past 

quruqlik  hisoblanadi.  Ilgarigi  vaqtdagi  eng  baland  sathlardan  yassi  tepali  orolcha 

tog’lar va o’tkir cho’qqili massivlar saqlanib qolgan. 

Avstraliyaning tektonik tuzilish xususiyatlariga yarasha materikda 3 struktura - 

morfologik  oblast:  G’arbiy  plato,  markaziy  pastekislik  va  Sharqiy  Avstraliya 

tog’lari ajratiladi. 

Markaziy  pastekislik.  Qadimgi  Avstraliya  platformasi  sharqiy  chekkasini 

bukilishi,  kaledon  burmali  tog’laridan  bir  qismining  cho’kishi,  shundan  keyin, 

dengiz  va  ko’l  yotqiziqlarning  to’planishi  markaziy  pastekislikning  shakllanishi 



uchun  zamin  hozirladi.  Qadimgi  relefning  past-baland  joylari  dengiz  va  ko’l 

yotqiziqlari  to’planishi  natijasida  berkilib  ketdi.  Markaziy  pastekislikning 

chekkalarida  sal-pal  ko’tarilagn  joylardagina  relefning  past-balandi  seziladi. 

Pastekislikning  Markaziy  havza  deb  ataladigan  o’rta  qismi  Eyr  ko’li  atroflarida 

okean  sathidan  12  m  pastroqda.  Bu  Avstraliyaning  eng  past  joyidir.  Markaziy 

havzaning  g’arbiy  yarmida  g’arbiy  plato  cho’llar  mintaqasining  davomi  bo’lgan 

cho’llar bor. 

Sharqiy  Avstraliya  tog’lari  uzoq  vaqtgacha  Avstraliya  Kordilera  tog’lari  deb 

atalib keldi, ammo ular relef tipi jihatidan Shimoliy va janubiy Amerika Kordilera 

tog’laridan  katta  farq  qiladi.  Sharqiy  Avstraliya  tog’lari  qadimgi  gorst  palaxsa 

tog’lari  bo’lib,  juda  ham  yemirilgan,  okean  sathidan  o’rtacha  balandligi  qariyib 

1000  m,  ko’pchilik  qismi  yassi  tepalik  tog’laridir.  Paleogen  va  neogen  davrdagi 

uzilma  va  yorilishlar  natijasida  Sharqiy  Avstraliya  tog’lari  ayrim  tizma  va 

massivlarga  bo’linib  ketgan.  Avstraliya  sharqiy  sohili  bo’ylab  uzilish  natijasida 

sharqiy  yonbag’irlar  tikka  bo’lib  qolgan:  yotiqroq  g’arbiy  yonbag’irlar  Markaziy 

pastekislikka do’ng tog’ oldilari shaklida pasayib boradi. 

Bazaltlarning oqib chiqishi va yorilishlar ko’p joylarda tizmalarini shakliga o’z 

ta’sirini  ko’rsatgan.  Supacha  shaklidagi  platolar  yorilish  chizig’idagi  vulqonlar 

otilgan joyga to’g’ri keladi. 

Foydali  qazilmalar.  Avstraliyada  cho’kindi  qatlamlar  kam  taraqqiy  etgani 

uchun  rudali  qazilmalar  rudamas  qazilmalardan  anchagina  ko’proq  ekanligi  bilan 

xarakterlanadi. 

Eng  aktiv  metalogeniya  rayonlari  materikning  g’arbiy  chekkasi  bo’yida  va 

janubi-sharqda,  platformaning  kembriydan  oldingi  va  geosinklinal  paleozoy 

strukturalari  bir-biriga  tarqalgan  zonalarda,  shuningdek  Sharqiy  Avstraliya 

tog’larida, burmali kaledon va gertsin strukturalari to’plangan. 

Rudali kazilmalar orasida oltin katta o’rin tutadi. Asosiy oltin konlari va oltin 

chiqariladigan  rayonlar  G’arbiy  Avstraliyaning  janubi-g’arbida  Viktoriya  shtatida 

va  Kvinsledning  shimoli-sharqida  joylashgan.  Oltin  chiqarish  va  zapasi  jihatidan 

eng katta rayon janubi-g’arbiy rayondir: bu rayon Merchison daryosi bilan Dandas 

shaxri oralig’idagi keng polosada juda katta “oltin dalalari” ni o’z ichiga olgan. 

Rangli  metalurgiya  rudalari  Avstraliyaning  asosan  sharqida  ko’proq.  Mis 

rudasining  eng  yirik  koni  va  mis  rudasi  chiqariladigan  asosiy  rayon  Tasmaniya 

orolida, mis rudalarining yirik konlari Kvinslenda bo’lib, qazib olinmoqda. 

Tantal  va  niobiyning  juda  katta  zapaslari  borligini  ham  aytib  o’tmoq  kerak. 

Sanoatda yaroqli tantal va niobiy konlari G’arbiy Avstraliyada ko’proq. 

Uran-radiy rudalarinning konlari janubiy Avstraliyada qidirib topilgan. 

Avstraliya  toshko’mir  zapaslari  jihatidan  janubiy  yarim  shar  mamlakatlari 

orasida  birinchi  o’rinda  turadi.  Eng  yirik  toshko’mir  havzasi  (Perm  davrida 

vujudga  kelgan)  Yangi  Janubiy  Uelsda  bo’lib,  geografik  jihatidan  eng  qulay 

o’rinda.  Tasman  dengizi sohili  bo’ylab  250 km  masofaga  cho’zilgan.  A’lo  sifatli 

eng  qalin  ko’mir  qatlamlari  Nyukasl  (asosan)  va  Sidney  shaxarlari  rayonlarida 

ko’proq. Kattalik jihatidan ikkinchi o’rinda turadigan ko’mir havzasi Kvinslenda. 

Bu havzaning ko’mir qatlamlari Perm karbon davrlarida hosil bo’lgan. 




Hozirgi  vaqtda  zo’r  berib  neft  qidirilmoqda,  ammo  bu  ish  hali  amaliy  natija 

bergani  yo’q.  Materikda  neft  yo’qligi  asosiy  sabab  shuki,  neft  to’plana  oladigan 

dengiz cho’kindi yotqiziqlari yetarlicha qalin joylashgan havzalari kam. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish