SHimoliy And. Bu tog‘li geografik o‘lka And tog‘ tizimining shimoliy
qismini, Karib dengizi sohilini, Tinch okean sohilining 4
0
j. k gacha bo‘lgan
qismini o‘z ichiga oladi. Uning hududi ma’muriy jihatdan Venesuela, Kolumbiya
va Ekvador mamlakatlariga qaraydi. SHimoliy Andning boshqa tog‘li tabiiy
geografik o‘lkalardan farqi shundan iboratki, uning ekvatorial va subekvatorial
iqlim mintaqal joylashganligidadir.
SHimoliy And tog‘lari materikning shimoliy qismida kenglik cho‘zilgan,
unchalik baland ko‘tarilmagan tog‘ tizmasi bilan boshlanadi. Bu tizma dengiz
qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilib Karib Andi deb ataladi. Karib Andi bir-biriga parallel
joylashgan ikkita tor tizmadan tarkib topgan. Uning birinchi tizmasi Kirg‘oq
Serrasi (baland cho‘qqisi Nayguata tog‘i, 2765 va ikkinchi tizmasi Ichki Serra (
2600 m) deb ataladi. Bu tizmalarning yon bag‘rlari kundalang vodiylar bilan
kuchli kesilgan. G‘arbda tizmalar ancha baland ko‘tarilgan va submeridional
yo‘nalishda cho‘zilib yotgan Kordilera-de-Merida tog‘i bilan tutashgan. Uning
okean sathidan 5007 m baland ko‘tarilgan Bolivar cho‘qkisi muzliklar bilan
qoplangan.
Janubi-g‘arbda Kordilera-de-Merida tog‘i meridianal ravishda
yo‘nalgan And tog‘lari bilan tutashadi. Bu erda And tog‘lari parallel joylashgan
to‘rtta tizmadan: tarkib SHarqiy, Markaziy g‘arbiy va Qirg‘oq
Kordileralaridiridpn tarkib topgan. Bular orasida eng balandi Markaziy Kordilera
tizmasi bo‘lib, uning kristalli poydevoridan cho‘qqilari okean sathidan Uila
tog‘i 5750 m va Ruis vulkani 5400 m kad ko‘tarib turibdi. Markaziy
Kordileradan sharqda, Magdalena vodiysidan o‘ng tomonda SHarqiy Kordilera
tizmasi joylashgan. Bu tizma kuchly burmalangan cho‘kindi jinslardan tarkib
topgan va markaziy qismi keng havzasimon botiqlarga bo‘lingan. Ana shunday
botiqlardan birida 2600 m balandlikda Kolumbiyaning poytaxti Bogota shahri
joylashg Tizmaning eng baland nuqtasi Ritakuva tog‘idir (5493 m). G‘a
Kordilera nysbatan past tizma bo‘lib, uning balandligi 4000 m ga etmaydl
(Paramilo togi 3960 m). Tizmalar bir-biridan bo‘ylama tektonik vodiylar bilan
ajralgan. Tektonik vodiylar botqoqlangan keng pasttekisliklarnp hosil qiladi.
SHulardan biri Venesuela hududidagi markaziy qismi Marakaybo laguna ko‘li
bilan band bo‘lgan Marakaybo pasttekisligi va ikkinchisi Kolumbiya
hududidagi Magdalena va Kauka daryolari vodiylaridagi tekislikdir. Eng
shimolda, Karib dengizi sohili balandligi 5775 m ga etadigan Kristobal-Kolon
tog‘i orol shaklida ko‘tarilib turibdi.
Janubiy Kolumbiya va Ekvadorga yaqinlashgan sari And torayib ikkita
tizmani tashkil etadi. Qirg‘oq Kordilerasi pasi qirg‘oqbo‘yi tepalik tekislikka
aylanadi. Markaziy va SHarqiy Kordileralar bitta tizmaga birlashadi.
Ekvadorda ikki qator tog‘ tizmasi oralig‘idagi botiklarni tektonik yoriqlar bo‘ylab
joylashgan so‘ngan va harakatdagi vulkanlar o‘rab olgan. Bulardan eng balandlari
Kotopaxi harakatdagi vulkani (5896 m) va CHimboraso so‘ngan vulkanidir (6272
m). Janubiy Kolumbiya va Ekvadorning SHarqiy Kordilera tog‘ massivi
ustidan bir qator to‘g‘ri konussimon oppoq qorli harakatdagi va vulkanlar qad
ko‘tarib turibdi. Bular Kayambe (5769 m), Antisana (570-Sangay (5410 m),
Tunguragua (5033 m), Asuay (4650 m), Ermosa (463, m boshqa vulkanlardir.
SHimoliy And tog‘li o‘lkasida landshaft komplekslar murakkab
vertikal zonalar hosil qilib joylashgan. Tog‘ tizmalarining quyi qirg‘oqbo‘yi
pasttekisliklari va tektonik vodiylar uchun nam va issiq ekvatorial hamda
subekvatorial iqlim tiplari xarakterli. Bu erda o‘rtacha yillik harorat eng yuqori
bo‘lib 28°S ni tashkil etadi. Mariqaybo pasttekisligida avgustning o‘rtacha
harorati 29°S ga va yanvarning o‘rtacha harorati 27°S ga teng. Bundan
ko‘rinib turibdiki, yil davomidagi haroratning borishida fasliy tafovutlar
umuman sezilmaydi. Havo tarkibida namlik juda ko‘p. Bu kishilarning
salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atmosfera yog‘inlari diyarli yil
davomida yog‘ib turadi. Urtacha yillik yog‘in mikdori 2500-3000 mm ni tashkil
etadi. Tinch okean sohillari yog‘in miqdori 5000-7000 mm gacha boradi. Faqat
Karib dengizi sohillarida, Karib Andining shimoliy yon bag‘rlarida va daryo
vodiylarida yog‘ingarchilik 1000 mm gacha kamayib, shimoliy-sharqiy
passatlar ta’sirida namlik fasllar vujudga keladi. Ayniqsa Venesuella qo‘ltig‘ini
o‘rab turgan Guaxira va Paraguana yarim orollarida quruq davr uzok, davom etadi.
Quyi mintaqani mahalliy aholi terra kalente (issiq er) deb atashadi. U tog‘
oralig‘i botiqlarini, pasttekisliklarni, tizmalarning o‘rtacha 1000-1500 m
balandlikkacha bo‘lgan yon bag‘rlarini egallab Mintaqaning katta qismi nam tropik
o‘rmonlar va botqokliklar bilan band. Bu o‘rmonlar o‘zining tarkibiga va tashqi
qiyofasiga ko‘ra materiqning sharqiy qismidagi nam tropik o‘rmonlardan farq
kilmaydi.Ular qallin baland bo‘yli, nam, doimiy yashil, tarkibi juda rang-
barang. Kuyi mintaqada kokos palmasi, iriarteya palmasi, attaleya palmasi,
yong‘oq beruvchi palmalar keng tarqalgan. Foydali o‘simliklardan bananlar, kakao
daraxti, qizil daraxt, kauchuk daraxti va boshqalar bor. Bu o‘rmonlar dengiz va
okean sohillarida mangra o‘rmonlari bilan almashinadi. Botqoqliklarda
o‘tib bo‘lmaydigan qamishzorlar yaxshi rivojlangan. O‘lkaning shimoliy
chekkasida, tizmalarning sharqiy yon bag‘rlarida atmosfera yog‘inlarini
kamayishi bilan bargini to‘kuchi kserofit o‘rmon va tikanli butazorlar vujudga
kelgan. Tropik o‘rmonlardan tozalangan erlarda shakar qamish, banan kabi
madaniy ekinlar etishtiriladi.
Quyi mintaqadan yuqorida terra templyada (mo‘‘tadil er ) mintaqasi
joylashgan. U 1000-1500 m dan 2500-3000 m balandlikkacha bo‘lgan tog‘ yon
bag‘rlarini egallab olgan. Bu mintaqada harorat 24°S dan 18°S gacha pasayadi.
O‘rtacha yillik harorat 15°S dan 20°S gacha o‘zgarib turadi. YOg‘ingarchilik
miqdori baland tog‘oralig‘i botiqlarida va vodiylarida1000
mm ni tashkil etadi.
Mintaqaning o‘simlik qoplami quyi mintaqadan qilib, bu erda palmalar umuman
uchramaydi. O‘rmonlarda dara qirqquloqlar, bambuklar, xin daraxti ko‘pchilikni
tashkil etadi. Mo‘‘tadil mintaqa kishilarning salomatligi uchun juda qulay. Uni
mahalliy aholi doyimiy bahor mintaqasi deb atashadi. SHimoliy Andning
aksariyat aholisi ana shu mintaqada istiqomat qilishadi. Yirik shaharlar ham shu
erda joylashgan. Dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida madaniy
ekinlardan makkajo‘xori, tamaki, kofe daraxti keng tarqalgan.
Tog‘ o‘rmonlarining uchinchi mintaqasi terra fria (sovuq er) deb atalib, u
ekvatorial zonada 2000-2500 m dan to 3500-3800 m gacha balandlik oralig‘ida
joylashgan. Iqlimi mo‘‘tadil xarakterga ega. Harorat 12°S va 18°S atrofida bo‘lib,
ayrim paytlarda +3°S va +5°S gacha pasayadi. Issiq kunlar kuzatilmaydi.
Maksimal harorat 23°S gacha ko‘tarilishi mumkin. Atmosfera yog‘inlari
markazda 1800-2000 mm dan chekkalarda 600 700 mm gacha kamayadi. Sovuq
mintaqa uchun past bo‘yli, qing‘ir-qiyshik daraxtlardan va butalardan tarkib topgan
baland tog‘ gileya o‘rmonlari xarakterli. O‘rmonlar epifit o‘simliklar va lianalar
bilan chirmashib ketgan. Ular tekisliklardagi gileya o‘rmonlarini eslatadi.
O‘rmonlarda doimiy yashil emanlar, past bo‘yli bambuklar, daraxtsimon
qirqquloqlar ko‘p uchraydi. Aholi tog‘oralig‘i botikdarida 3500 m gacha
bo‘lgan balandliklarda yashab, makkajo‘xori, bug‘doy, kartoshka kabi
madaniy ekinlarni etishtirish bilan shug‘ullanadi.
SHimoliy And tog‘li o‘lkasining to‘rtinchi mintaqasi balandtog‘ mintaqa
bo‘lib, mahalliy xalq paramos deb ataydi. Paramosning yuqori chegarasi 4500 m
balandlikkacha ko‘tariladi, iqlimi juda sovuq. Harorat kunduz paytlari 0°S dan
yukori bo‘lsada, kechalari qattiq sovuklar bo‘lib, qor yog‘adi. O‘simlik qoplami
kserofit xarakterga ega. CHimli va baland bo‘yli boshoqli o‘tlar, murakkabgulli
o‘simliklar o‘sadi. O‘simliklarning poyasi 5 m gacha bo‘lib, chiroyli gullaydi.
Tekis yuzalarda moxli botkoqliklar uchraydi. Tik yon bag‘irlar uchun o‘simliksiz
toshloq erlar xarakterli.
SHimoliy Andning 4500 m dan baland qismida qor va mushliklar mintaqasi
joylashgan. Bu mintaqada havo harorati yil davomida manfiy. Baland tog‘
massivlari va tog‘ cho‘qqilari uchun alp tipidagi muzliklar xarakterli. Muzliklar
ayniqsa Kolumbiyaning Markaziy va G‘arbiy Kordileralarida, Serra-Nevada-de-
Santa-Marta tizmalarida yaxshi rivojlangan. CHimboraso, Kotopaxi va Tolima
vulkanlarining cho‘qqilari ham qor va muzliklar bilan qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |