O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

La-Plata  pasttekisligi  Gran-CHakodan  sharqda  joylashgan  bo‘lib 

shimoldan  janubga  2400  km  va  g‘arbdan  sharqqa  900  km  masofaga  cho‘zilgan. 

Uning  asosiy  qismi  tektonik  jihatdan  Janubiy  Amerika  platformasining  paleogen, 

neogen  va  antropogen  davrlarning  kontinental  yotqiziqlari  bilan  to‘ldirilgan 

sineklizasi  hisoblanadi.  Pasttekislik  janubi-sharqda  Atlantika  okeani  qirg‘oqlari 

bilan tutashgan, g‘arbda qisman Kordilera oldi tog‘lari bilan chegaralangan. Uning 

er  yuzasi  diyarli  bir  xil  tekislikdagi  relef  shakliga  ega    La-Plataning  shimoli- 

sharqida  va  janubida  qadimgi  platforma  asosida  vujudga  kelgai  tepaliklar  va 

baland  bo‘lmagan  tog‘lar  uchraydi.  Janubda  SHarqiy  Pampa  hududida  1000  m 

gacha  ko‘tarilib  turgan  Pampa  Serralari  yoki  Buenos-Ayres  Serralari  shular 

jumlasidandir. 

La-Plata  pasttekisligining  iqlim  xususiyatlari  shimoldan  jag  sharqdan 

g‘arbga  qarab  o‘zgarib  borishi  bilan  xarakterlanadi.  Oblastning  shimoliy  qismi 

tropik  iqlim  tipiga  va  janubiy  qismi  subtropik  iqlim  tipiga  qaraydi.    Atmosfera 

yog‘inlari yil davomida yog‘ib  turadi,  qurg‘oqchil sezilmaydi.    Janubi-g‘arbga    

tomon        yog‘ingarchilik        mikdori        kamay  fasllararo  farqlar  yuzaga  keladi. 

Urugvay  hududida,  Parana  va  Urugvay  daryolari  oralig‘ida  bir  yilda  2000  mm 

atrofida  yomg‘ir  yog‘adi.  Bu  mikdor  La-Plata  daryosi  qirg‘oqlarida  1000  mm 

gacha, undan g‘arbda 500 mm gacha kamayadi.  

 Pastekislikda  sharqdan  g‘arbga  qarab  yog‘in  mikdorining  kamayib  borishi 

bilan  birga  iqlimning  kontinentalligini  orta  borishi  ham  kuzatiladi.  Oblastning 

hamma hududida yoz oylari juda issiq bo‘ladi. Eng issiq oyning harorati janubda 

23°-24°S  dan  shimolda  27°S  gacha  ko‘tariladi,  YOzda  shimoldan  issiq  nam 

shamollar esib haroratni yanada oshiradi. Mayu harorat g‘arbiy rayonlarda, Parana 

va Urugvay daryolari orlig‘ida 45  ko‘tarilgan. 

Qishning o‘rtacha harorati hamma joylarda ijobiy. Iyulning o‘rtacha harorati 

daryo  oralig‘ida  15°S,  SHarqiy  Pamada  7°-9°S,  g‘arbda  6-10°S  atrofida.  Sovuq 

kunlar juda kam bo‘ladi. SHarqiy Pampada harorat -10°S gacha pasayishi mumkin. 

Qiщda  ko‘proq  janubiy  sovuq  shamollar  esib,  chang-to‘zonlar  ko‘tarilib  turadi. 

Qishda qor qoplami  kuzatilmaydi, kamdan-kam  yog‘adigan qor  tezda  erib  ketadi. 

Umuman pasttekislikning iqlim sharoiti yil bo‘yi o‘simliklarning rivojlanishiga va 

qishloq xo‘jalik ishlarini davom etdirishga halaqit bermaydi. 

La-Plata  pasttekisligining  sharqiy  qismi  daryo  suvlari  bilan  yaxshi 

ta’minlangan.  Bu  erdan  Parana  va  Urugvay  daryolari  hamda  ularning  irmoqlari 

oqib  o‘tadi.  G‘arbiy  qismida  aksincha,  er  usti  suvlari  kam  tarqalgan.  SHarqiy 

Pampada ham daryolar juda kam. Borlari ham kam suvli daryolar bo‘lib, Kordilera 

oldi  tog‘laridan  boshlanadi  va  Pampa  hududidan  oqib  o‘tib  Atlantika  okeaniga 



quyiladi. 

Iqlimning  sharkdan  g‘arbga  qarab  o‘zgarishi  tuproq-o‘simlik  qoplamining 

zonallik  xususiyatlarida  o‘z  aksini  toptan.  Tuproq-o‘simlik  qoplamining 

meridional  zonalar  bo‘ylab  tarqalishi  yog‘ingarchilikni  sharqdan  g‘arbga  qarab 

kamayib  borishining  natijasidir.  Pasttekislikning  janubiy  Braziliya  va  Urugvayga 

taalluqli  qismini  o‘simlik  qoplamida  o‘rmonlar  etakchi  rol  o‘ynaydi.  O‘rmonlar 

asosan daryo vodiylari bo‘ylab keng tarqalgan. Ularning ko‘pchilik qismi doimiy 

yashil  daraxtlardan  tarkib  toptan.  O‘rmonlar  tarkibida  araukariy  va  bambuklar 

ko‘pchilikni tashkil etadi. Butazorlar orasida paragvay choyi ko‘p uchraydi. Daryo 

oralig‘idagi, vodiylardagi botqokdangan va suv bosgan erlarda gidrofil o‘simliklar, 

ayniqsa qamishzorlar yaxshi saqlangan.  

Janubi-g‘arbga 

qarab 

iqlimning 



kontinentallashib 

daraxtzorlarning 

kamayishiga  va  ularning  o‘rnini  boshoqli  o‘simliklar  egallab  olishiga  sharoit 

yaratadi.  SHarqiy  Pampada  daraxt  umuman  uchramaydi.  Bu  qoratuproqli 

tekisliklar  chalov,  selin  kabi  boshoqli  o‘simliklar  bilan  qoplangan  bo‘lib,  ular 

mo‘‘tadil  mintaqaning  dasht  landshaftlarini  eslatadi.  Pampaning  katta  qismi 

o‘zlashtirilgan  qishloq  xo‘jaligida  bug‘doy,  makkajo‘xori,  ozuqa  beradigan 

madaniy o‘tlar ekiladi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish