G‘arbiy Amazoniya pasttekislikning eng kengaygan qismi bo‘lib, eni 1600
km gacha etadi. Er yuzasi antropogen davri yotqiziqlaridan tarkib topgan bir xil
ko‘rinishdagi tekislik. Uning balandligi And tog‘lari etagida okean sathidan 100 m
dan oshmaydi, Manaus shahri yaqinida 20 m ni tashkil etadi. Bu erda daryolar juda
sekin oqadi, vodiylar chuqur kesilmagan, qayirlar juda keng va qing‘ir-qiyshiq.
Meandralar va qoldiqli daryo uzanlari yaxshi rivojlangan. Iqlimi ekvatorial doimiy
nam va issiq iqlim. Yillik yog‘in mikdori 3000-3500 mm ni tashkil etadi. Tuproq
qoplami asosan podzollashgan kizil laterit tuproqlardan iborat. Daryo vodiylarida
allyuvial tuproqlar vujudga kelgan. Suv bosadigan joylarda botqoq tuproqlar
uchraydi.
G‘arbiy Amazoniyaning Japura, Putumayo, Napo, Isa, Maranon, Ukayali va
boshqa kichik daryolari And tog‘laridan boshlanadi. Bu daryolar serob yomg‘ir
suvlaridan tashqari And tog‘larining qor va muzliklaridan ham to‘yinadi.
Amazonka daryosining shimoliy yarim sharga qarashli chap irmoqlari apreldan
iyungacha, janubiy yarim sharga qarashli o‘ng irmoqlari dekabrdan fevralgacha
to‘lib va toshib oqadi. Daryo toshqini davrida suv sathi 12-15 m gacha ko‘tarilib,
katta-katta maydonlar suv tagida qoladi. Daryo vodiylari ahyon-ahyonda suv
bosadigan baland qayir(varzea) va yil davomida bir necha oylab suv tagida
qoladigan past qayir (igapo) o‘rmon landshaftlaridan tarkib topgan.
G‘arbiy Amazoniya qalin doimiy yashil nam ekvatorial o‘rmonlar bilan
qoplangan. O‘rmonlarda yo‘g‘onligi 15 quloch keladigan baland bo‘yli seyba
paxta daraxti, qimmatli yog‘och beradigan sedrela daraxti, xilma-xil palmalar,
Braziliya nomining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pau brazil daraxti (kizil daraxt),
kakao daraxti, kauchuk beradigan geveya daraxtlari o‘sadi. Bular varzea o‘rmon
landshaftlarining tipik vakillaridir. Igapo o‘rmonlari varzeaga nisbatan daraxt
turlariga kambag‘alroq. Uning eng xarakterli o‘simligi imbauba-sekropiya keng
tarqalgan. Suv bosmaydigan daryo oraliqlarida sutli daraxt, qizil rangli mogno
daraxti, kauchuk daraxti, Braziliya yong‘og‘i ko‘p o‘sadi.
G‘arbiy Amazoniyada daraxtda yashashga moslashgan hayvonlar keng
tarqalgan. Ayniqsa yalpoq burunli maymunlar, kinkaju ayig‘i, darax jayrasi,
yalqovlar, mayda chumolixo‘rlar, daraxt baqalari juda ko‘p. Erda yashaydigan
hayvonlardan tapirlar, katta chumolixo‘rlar, ulkan qalqondorlar, yovvoyi
cho‘chqalar-pekarlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Daryolarda kaymanlar, alligatorlar
hamda baliqlar yashaydi.
SHarqiy Amazoniya G‘arbiy Amazoniyaga qaraganda ancha ensiz bo‘lib,
kengligi 350 km ni tashkil etadi. Uning eni Riu-Negru va Madeyra daryolarining
Amazonkaga quyilish joyidan boshlab sharqqa tomon torayib boradi.
Pasttekislikdan shimolda va janubda cho‘zilib yotgan Gviana va Braziliya yassi
tog‘liklari sharq tomonda bir-biriga yaqinlashib, SHarqiy Amazoniyaning enini
ancha toraytirib qo‘ygan. SHuning uchun uning shimoliy va janubiy kanotlarida
kembriydan oldin hosil bo‘lgan kristall jinslar va paleozoyning dengiz yotqiziqlari
er yuzasiga chiqib qolgan. Bunday xolat SHarkiy Amazoniyaning chekka
qismlarida paleozoyning qattiq jinslaridan tarkib topgan, balandligi 360 m gacha
etadigan platosimon tepaliklarni, sharsharalarni, ostonalarni keng tarqalishiga
sabab bo‘lgan. Pasttekislikning o‘rtalik o‘q vodiy qismida yangi tektonik
harakatlar natijasida cho‘kish jarayoni sodir bo‘lgan. SHu boisdan bu hududdan
oqib o‘tadigan daryolarning vodiylari chuqur o‘yilgan, daryo oraliqlaridagi suv-
ayirg‘ichlar kuchli parchalangan.
SHarqiy Amazoniyaning iqlimi Karbiy Amazoniya iqlimidan bir oz farq
qiladi. G‘arb uchun tipik nam ekvatorial iqlim tipi xarakterli bo‘lsa, sharq uchun
tipik subekvatorial iqlim tipi xarakterli. Bu erda havo harorati yuqoriroq (26°-
28°S) bo‘lib, yomg‘irli va qurg‘oqchil faslla yaqqol ifodalangan. SHarqiy
Amazoniyada qurg‘oqchilikni vujudga keltiradigan shamol iyundan sentyabrgacha
Braziliya yassi tog‘ligidan esib turuvchi janubi-sharqiy passatlardir. SHarqiy
Amazoniyaning sharqiy qismida o‘rtacha yillik yog‘in mikdori 2800 mm ni,
markaziy qismida 1800 mm ni tashkil etadi. Quruq davrda hammasi bo‘lib sharkda
175 mm, markazda 400 mm yomg‘ir yog‘adi.
SHarqiy Amazoniyada yomg‘irli va qurg‘oqchil fasllarni muayyan ravishda
takrorlanib turishi doimiy yashil subekvatorial o‘rmonlar bilan bir qatorda bargini
to‘kuvchi o‘rmonlarning shakllanishiga ham imkon yaratgan. Doimiy yashil
o‘rmonlar keng polosalar hosil qilib alyuvial tuproqli baland qayirlarni (varzea) va
past qayirlarni (igapo)qoplab olgan. Suv bosmaydigan erlardagi o‘rmonlarda
bargini to‘kuvchi daraxtlar ko‘pchilini tashkil etadi. Ayrim joylarda qalin
o‘rmonlardan tashqari siyrak o‘rmonlar, palma savannalari, buta savannalari,
o‘tloqlar uchraydi. Ochiq savanna landshaftlarida mazama bug‘ulari, mayda
qalqondorlar, o‘rtacha kattalikdaga chumolixo‘rlar yashaydi. In qazib yashaydigan
kemiruvchilar ham uchraydi.
Amazoniyaning tabiati bilan piyoda yurib tanishish juda qiyin. Qalin, baland
bo‘yli va ko‘p yarusli o‘rmonlar o‘zining turgan joydan nariroqni kuzatishga
imkon bermaydi. Uning ajoyib bokira tabiatini, betakror doimiy yashil
o‘rmonlarini, minglab irmoqlarini faqat fazodan turib to‘liq ko‘rish mumkin.
Amazoniya faqat o‘rmonlargagina boy emas. CHo‘kindi jinslar orasidan
neft, tabiiy gaz, rangdor metallar, marganets, gematit konlari topilgan. Daryolarda
Er yuzidagi chuchuk suvda yashaydigan baliqlar turining uchdan biri yashaydi.
Amazoniya havzasi uchun chuchuk suv delfinlari xarakterli. Selvada qurilgan
transamazoniya avtomobil yo‘li (uzunligi 5000 km) Amazoniyaga ersiz
dehkonlarning ko‘chib kelishiga sabab bo‘ladi. Ular kesib olingan o‘rmonlar
o‘rnini haydab dehqonchilik qilmoqdalar, chorva mollarini boqmokdalar.
Amazoniyaning asosiy aholisi indeetslar bo‘lib, ular ovchilik, baliq tutish, ibtidoiy
dehqonchilik va meva-cheva terish bilan shug‘ullanmokdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |