materikning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, ikkita yirik landshaft
regionidan-yassi tog‘lik va pasttekislik landshaft komplekslari majmuasidan tarkib
topgan. Gviana pasttekisligi o‘lkani shimoli-sharqiy qismini, Atlantika okeani
qirg‘oqbo‘yi pasttekisliklarini egallab olgan. Pasttekislik Atlantika okeani
tomonidan Gviana yassi tog‘ligiga qarab asta-sekin ko‘tarilib boradi. Uning
sohilbo‘yi polosasi botqoqlangan keng maydoni gashkil etadi. Qirg‘oqdan
uzoqlashgan sari botqoqlangan pastqam erlar tekis, rovon ko‘tarilib borgan va
kristall jinslardan tarkib topgan plato bilan almashinadi. Janubi-g‘arbga borgan sari
er yuzasi yanada baland ko‘tarilib tipik kristalli peneplen-Gviana yassi tog‘ligi
daryolar oqizib keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Er yuzasi tekis
bo‘lib, qirg‘oq bo‘ylarida okean sathidan 5-10 m dan janubi-g‘arbda Gviana yassi
tog‘ligi etaklarida 200-300 m gacha ko‘tariladi. Iqlimi subekvatorial issiq va nam
iqlim bo‘lib, eng ko‘p yog‘ingarchilik qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Yillik
yog‘in miqdori pasttekislikning sharqida 3500 mm dan g‘arbida 2500 mm gacha
kamayadi. Harorat yil davomida 26°-28°S atrofida bo‘ladi.
Gvianna pasttekisligi o‘rmonlarga boy. Atlantika okeani sohillarida mangra
o‘rmonlari yaxshi rivojlangan. Qolgan qismi nam tropik o‘rmon va savannalar
bilan band. Mangra o‘rmonlari tagida botqoq tuproqlar, tropik o‘rmonlar va
savannalarda kizil laterit tuproqlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Maroni va Oyapoki
daryolari havzalari qimmatbaho yog‘och beradigan qizil, pushti, muskat, mant kabi
daraxtlardan iborat sernam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Qishloq xo‘jaligida
shakar qamish, kofe, kakao, banan, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlar
etishtiriladi.
Gviana yassi tog‘ligi Orinoko va Amazonka pasttekisliklari oralig‘ida
joylashgan bo‘lib, g‘arbda And tog‘lari etaklaridan sharqda Atlantika okeanigacha
200 km masofaga cho‘zilgan. Uning eng baland nuqtasi Markaziy Gviananing
janubiy qismida joylashgan va okean sathidan 3014 m ko‘tarilib turgan La-Neblina
tog‘idir.
Gviana yassi tog‘ligining poydevori qadimgi Janubiy Amerika
platformasining anteklizasi bo‘lib, kembriygacha bo‘lgan kristall, jinslardan
tarkib topgan. Ayrim joylari mezozoyning kontinent qumtoshlari bilan
qoplangan. YAssi tog‘lik tabiiy geografik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi uchta
oblastga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy va SHarkiy.
G‘arbiy oblasti Gviana yassi tog‘ligining eng past qismi bo‘lib, uncha baland
ko‘tarilmagan kristalli platodan tashkil topgan. Uning eng baland joyi oblastning
g‘arbiy qismida joylashgan qoldiqli Pardaos (910 m) tog massivi hisoblanadi.
SHarqqa tomon plato zinapoya hosil kilib pasayib boradi. Bu erning nam
ekvatorial iqlim sharoitida rivoj topgan nam ekvatorial o‘rmonlar G‘arbiy yassi
tog‘likni qoplab olgan.
Markaziy tabiiy geografik oblast Gviana yassi tog‘ligining eng ko‘tarilgan
qismi. Uning hududida qoldiqli qumtosh qoplamlaridan oralariga kirib qolgan
intruziv jinslardan tuzilgan Serra-Pakaraig, Serra-Parima kabi balandligi 2200-
2300 m, uzunligi 650 km bo‘lgan tekis tepalikli tizmalar yaxshi saqlangan.
Markaziy Gvianada alohida-alohida orollar shaklida ko‘tarilib turgan tog‘
massivlari Rorayma (2810 m), Marauka (2579 m), Serra-Duida (2334 m), Auyan-
Tepun (2287 m), Anxel sharsharasi yaqinidagi cho‘qqi (2950 m) va butun Gviana
yassi tog‘ligining eng baland nuqtasi bo‘lgan La-Neblina (3014 m) va boshqalar
yassi tog‘liknin morfologik tuzilishini murakkablashtirib, landshaftlarning
vertikad zonalligini vujudga keltiradi.
Markaziy Gviana yassi tog‘ligining baland qumtoshli tog‘ massivlaridan
boshlanuvchi daryolarda sharsharalar va ostonalar juda ko‘p, vodiylari chukur
kesilgan. CHurun daryosining yuqori oqimida suv 1054 m balandlikdam otilib
tushib dunyodagi eng baland Anxel sharsharasini hosil kigan Potaro daryosidagi
Kayeteur sharsharasida suv 225 m balandlikdan otilib tushadi. Agar bu
sharsharalarni SHimoliy Amerikaning mashhur Niagara sharsharasi bilan
taqqoslasak, u holda Anxelni 21 marta va Kayeteuri 4,5 marta baland ekanligini
guvohi bo‘lamiz.
Markaziy Gviana yassi tog‘ligining iqlimi qurg‘oqchil davr 3-4 oy davom
etadigan subekvatorial iqlim. SHuning uchun bu erda aralash, bargini to‘kadigan
va doimiy yashil o‘rmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. SHamolga teskari
uchastkalarda butazorli savannalar keng tarqalgan. Nam tropi o‘rmonlar daryo
vodiylari bo‘ylab yassi tog‘likning ichki rayonlarigacha kirib borgan. Nam tropik
o‘rmonlar va savanalar balandlikka ko‘tarilgan sari tog‘ tropik o‘rmonlari bilan
almashinadi. Tog‘ massivlarining 2000 m dan baland qismida o‘rmonlar tugab,
ularning o‘rnini butazorli va baland bo‘yli dasht o‘tlari egallaydi. Baland
cho‘qqilarda o‘simliklar juda siyraklashib, toshloq tog‘ chala cho‘l mintaqasi
bilan almashinadi. Havo harorati Markazda deyarli bir xil bo‘lib, 26°-27°S ni
tashkil etadi. Tog‘ massivlariga ko‘tarilgan sari harorat pasayib boradi va
2000 m balandlikda 10°-15°S dan oshmaydi.
SHarqiy Gviana yassi tog‘ligi G‘arbiy oblastga nisbatan baland va Markaziy
oblastga nisbatan past bo‘lib, uning yuzasidagi qumtosh jinslar kuchli yuvilib
ketgan. Er yuzasiga chiqib yotgan va peneplenlashgan kristall, jinslar daryo
vodiylari bilan parchalanib, bir xil balandlikdagi kryajlarga bo‘linib ketgan.
Eng baland nuqtasi Vilgelmin (1281m) tog‘i hisoblanadi. Bu oblastga shimoli-
sharqiy passatlar Atlantika okeanidan ko‘p miqdorda (2200-3500 mm)
namgarchilik keltiradi. Kuz paytiga kelib Braziliya yassi tog‘ligidan esuvchi quruq
shamollar tufayli yog‘ingarchilik kamayadi. O‘rtacha oylik harorat 26°-28°S.
SHarqiy Gviananing qaragan shimoli-sharqiy yon bag‘rlari gileyalar bilan,
shamolga teskari yon bag‘rlari va ichki botiqlar butazorli hamda palmazorli
savannalar bilan qoplangan.
Gviana yassi tog‘ligi hayvonot dunyosiga juda boy. Uning hududida
Neotropik zoogeografik oblastning Braziliya kichik oblastiga mansub bo‘lgan
yapaloq burunli maymunlar, yalqovlar, chumolixo‘rlar, qalqondorlar tapirlar,
pekarlar, opossumlar, yaguarlar va boshqa xil hayvonlar yashaydi. Rang-barang
qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: