Patagoniya. Patagoniya Janubiy Amerikaning eng qurg‘oqchil tabiiy
geografik o‘lkalaridan biri bo‘lib, materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan.
Uning shimoliy hududi Rio-Kolorado va Rio-Negro daryolari vodiylaridan
boshlanib, janubda Olovli Ergacha davom etadi. G‘arbda Patagoniya yassi tog‘ligi
And tog‘laridan bo‘ylama tektonik botiq orqali ajralib turadi. SHarqda tik yon
bag‘r hosil qilib Atlantika okeani sohili bilan tutashadi. Patagoniya shimoldan
janubga qarab asta-sekin 500 m dan 150 km gacha torayib boradi.
Patagoniya yassi tog‘ligining zamini kembriydan oldin va palezo hosil
bo‘lgan, gersinda burmalangan qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan
platformadan iborat. Platformaning kristalli va metamorfik jinslari Rio-Kolorado
daryosi bo‘ylab, Rio-Negro va CHubut, Rio-Deseado va Rio-CHiko daryolari
oraliqlarida er yuzasiga chiqib qolgan. Platformaning asosiy katta kismi gorizontal
joylashgan bo‘r, neogen davrlarining yotqiziqlari, to‘rtlamchi davrning morena
yotqiziqlari bilan qoplangan.
YAssi tog‘likning er yuzasi kuchli tekislangan bo‘lib, Atlantika okeani
sohilidan shimoli-g‘arbga tomon zinapoyasimon balandlashib boradi. Jumladan,
Atlantika okeani sohillarida o‘rtacha balandlik 100-200 m ni, yassi tog‘lik
markazida 400-500 m ni, And tog‘lari yaqinida 800-1000 m ni hamda Rio-Negro
va CHubut daryolari oralig‘ida 1700-2000 m ni tashkil etadi. Sohil bo‘ylab 8
tagacha dengiz terrassalari hosil bo‘lgan. O‘lka hudida faqat morfologik struktura
jihatdan emas, balki tabiiy geografik jihatdan ham bir-biridan farq qiladigan bir
necha tarkibiy qisimlarga- baland ko‘tarilgan yassi platolarga, massivlarga, qiya
yon bag‘irli qirlarga bo‘lingan. YAssi tog‘likning shimoliy qismi chuqur kanonlar
bilan, janubiy qismi tog‘orasimon soyliklar bilan kesilgan.
Patagoniya yassi tog‘ligining iqlimi nihoyat darajada quruq. Bu erda
mo‘‘tadil mintaqaning chala cho‘l iqlim tipi hukmronlik qiladi. Iqlimning quruq
bo‘lishiga ikki xil sabab bor. Birinchidan, Patagoniya atmosfera yog‘inlarini faqat
g‘arbiy shamollar yordamida oladi. Ammo Tinch oqeandan keladigan nam havo
massalarini And tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rlari to‘sib qoladi. Namlikdan
mahrum bo‘lgan havo massalari tog‘dan oshib o‘tib, fyon shamollari tarzida
Patagoniyaga kirib kelib, kam mikdorda yog‘ingarchilik beradi. Ikkinchidan,
Patagoniya o‘lkasi sharq tomondan yil bo‘yi Folklend sovuq oqimi ta’sirida bo‘lib,
Atlantika okeanidan nam havo massalari etib kela olmaydi. Sovuq oqim o‘z
navbatida yassi tog‘likdan atmosfera yog‘inlarini hosil bo‘lishiga salbiy ta’sir etib,
yoz oylari haroratning yuqori ko‘tarilishiga imkon bermaydi.
Patagoniyada eng kam atmosfera yog‘inlari tushadigan joylar Atlantika
sohillari va yassi tog‘likning ichki rayonlari hisoblanadi. Bu erlarda yillik yog‘in
mikdori 120-150 mm atrofida bo‘ladi. And tog‘ etaklari va unga yaqin joylarda
yog‘ingarchilik 300-400 mm gacha ko‘payadi. O‘lkaning eng janubiy qismida ham
And tog‘laridagi ko‘ndalang vodiylar orqali nam havo massalarining kirib kelishi
hisobiga yog‘ingarchilik miqdori 400-600 mm gacha ortadi. Maksimum
yog‘ingarchilik hamma joyda qish fasliga to‘g‘ri keladi.
YOz oylari yassi tog‘likning shimolida issiq, janubida salqin SHimolda Rio-
Negro vodiysida yanvarning o‘rtacha harorati 20
0
-22
0
ga shimol-g‘arbda esa 34°S
gacha ko‘tariladi. Qish oylari juda salqin sovuq bo‘lganda harorat -30°, -35°S
gacha pasayadi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +4°, +5°S ni, janubda -5°S ni
tashkil etadi.
Patagoniyaning quruq dasht va chala cho‘l iqlim sharoiti, qurg‘oqchilikni va
kuchli shamollarni uzoq davom etishi daraxtli o‘simliklarni o‘sishiga halaqit
beradi. YOg‘ingarchilik miqdori ko‘proq bulgan And tog‘ etaklaridagana
o‘rmonlar orollar tarzida uchraydi. O‘lkaning qoltai aksariyat qismida boshoklilar,
yostiqsimon va qattiq bargli butalar o‘sadi. SHimolning quruq dasht
landshaftlarida kumushrang argentina qo‘ng‘irboshi, yovvoyi suli, chalov va
betagalarning bir necha turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. YAssi tog‘likning chala
cho‘l landshaftlarida doimiy yashil kaktuslar, opunsiyalar, er bag‘rlab o‘sadigan
yosti butalar uchraydi. Janubdagi tundra landshaftlarida mox va lishayniklar keng
tarqalgan.
O‘lka hududida aholi punktlari juda kam uchraydi. Borlari ham
shamollardan himoyalangan va suv bilan ta’minlangan Rio-Negro, CHubut. Rio-
Desrada, Rio-CHiko daryolarining vodiylarida o‘rnashgan. Bu daryolar tranzit
daryolar bo‘lib, o‘z suvini And tog‘laridagi qorlardan, muzliklardan va ko‘llardan
oladi. Patagoniyaning quruq iqlim sharoitli qo‘ng‘ir, bo‘z va kashtan tuproqlarida
sun’iy sug‘orishni qo‘llamasdan dehqonchilik qilish mumkin emas. Aholining
asosiy kismi chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Kam o‘zlashtirilgan dasht va chala
cho‘llarda lama, magellan iti, sassiqqo‘zan pampa mushugi va zirhrlilar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |