O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Avstraliya materigining iqlimi va ichki suvlari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet346/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Avstraliya materigining iqlimi va ichki suvlari 

Avstraliya  shimolida  subekvatorial  kengliklar  bilan  janubda  subtropik 

kengliklar  orasida  bo’lib,  faqat  Tasmaniya  oroli  deyarli  butunlay  o’rtacha 

mintaqada.  Shunday  geografik  o’ringa  yarasha  materik  iqlimiga  ta’sir  etuvchi 

asosiy faktorlardan biri quyosh radiatsiyasining yuksakligidir. Quyosh radiatsiyasi 

shimoli-g’arbda har bir sm.kv. ga 140 k/kalga yetadi. 

Materik  ko’pchilik  qismining  iqlimi  kontinental.  Materikning  ichki 

oblastlariga  shimol  va  janubdan  ba’zan  juda  ichkari  kiradigan  dengiz  havosi 

(tog’larning yo’qligi shunga imkon beradi) tez isib quriydi. 

Materik, ayniqsa uning shimoliy va shimoli-g’arbiy qismlari dekabr-fevralda 

qattiq  isiydi.  Bu  oylar  yilning  issiq  mavsumi  hisoblanadi.  G’arbiy  platoning 

shimolida  va  Markaziy  pastekislikning  deyarli  butun  shimoliy  yarmida  havoning 

o’rtacha temperaturasi 300C dan oshadi. Chekka janubdan 200C li izoterma o’tadi. 

Quruqlik qattiq isiganidan shu izoterma ustida past atmosfera bosimi  - Avstraliya 

minimumi vujudga keladi. Past bosim oblastga janub tomondan janubi sharqiy va 

janubiy  shamollar  kirib  keladi.  Lekin  bu  shamollar  balandroq  kengliklardan 

kelgani uchun yog’ingarchilikka sabab bo’lmaydi. Shu tufayli Avstraliya janubida 

yoz juda quruq. 

Yilnng  shu  faslida  materikning  sharqiy  sohilida  ob-havo  o’ziga  hos  bo’ladi. 

Tinch okeanidan esuvchi shamollar tog’ to’sig’iga duch kelib, yomg’ir yog’ishiga 

sabab bo’ladi. 

  Yilning salqin mavsumida (iyun-avgustda) materik hiyla soviydi. 

Materik 

ustida 


baland 

bosim-Avstraliya 

maksimumining 

shimoliy 

chekkasidan  keluvchi  quruq  va  issiq  shamollar  ta’sir  etib,  shimoliy  sohil  va 

materik ichkarisida yog’ingarchilik bo’lmaydi. 

Bu  mavsumda  janubiy  sohil  bo’ylab  va  Tasmaniya  ustidan  o’rtacha 

kengliklarning  dengiz  havosi  ko’proq  g’arbga  tomon  harakat  qiladi.  O’rtacha  va 

tropik  havo  o’rtasida  tarkib  topadigan  qutbiy  front  polosasida  ob-havo  o’zgarib, 

siklon yomg’irlari yog’adi. 

Yillik  yog’inning  mavsumiy  o’zgarishi,  havo  harorati,  havo  bosimi  va  havo 

massalarining  taqsimlanishiga  ko’ra  materik  quyidagi  iqlim  mintaqalari  va 

oblastlariga bo’linadi: 

1. Subekvatorial iqlim mintaqasi (200 j.k. ga qadar) da harorat doimo yuqori 

va yil bo’yi bir tekis bo’lib, nam yoz mavsumi va quruq qish mavsumi almashinib 

turadi. 


2.  Tropik  iqlim  mintaqasi  (200  -  300  j.k.  orasida)  a)  kontinentlar  cho’l  va 

chala  cho’l  iqlimi  oblasti  -  Sharqiy  Avstraliya  tog’laridan  Hind  okeanigacha;  b) 

dengiz passat iqlimi oblasti - Tinch okean sohilining kambar polosasini egallaydi. 

Bu oblastda yoz issiq va juda nam, qish iliq va kamroq nam bo’ladi. 

3. Subtropik iqlim mintaqasi materikaning janubi va Tasmaniyaning shimoliy 

qismini  o’z  ichiga  oladi.  a)  O’rta  dengiz  iqlimi  tipi  -  materikning  janubi-g’arbi 




kiradi. Bu yerda yoz quruq va issiq, qishi salqin nam; b) subtropik musson iqlimi -

materikning  janubi-sharqi  kiradi.  Bu  yerda  yog’inning  ko’p  qismi  yozda  yog’adi; 



v)  kontinental  subtropik  iqlim  oblasti  -  yog’inning  asosiy  qismi  qishda  yog’adi, 

yozda  konvektiv  yog’inlar  yog’ib  turadi;  g)  balandlik  mintaqalari iqlim  oblasti  -

Avstraliya Alp tog’lari kiradi. 

4.  Mo’’tadil  iqlim  mintaqasiga  faqat  Tasmaniya  kiradi.  Okeanning  ta’siri 

kuchli seziladi, g’arbiy shamollar ko’p yog’in olib keladi, harorat o’rtacha. 

Materikning  ko’proq  qismi  cho’l  va  chala  cho’l  tropik  iqlimi  mintaqasida 

bo’lganligidan  tashqariga  oqadigan daryolar  ham,  ichki daryolar  ham  ko’p  emas. 

Yillik  umumiy  suv  oqimining  miqdori  jihatidan  Avstraliya  boshqa  materiklar 

o’rtasida  so’ngi  o’rinda  turadi.  Avstraliyaning  deyarli  butun  maydonida  oqim 

(stok)  qatlami  yiliga  50  mm  ga  yaqin.  Sharqiy  Avstraliya  tog’larining  shamolga 

o’ng nam yonbag’irlarida oqim qatlami qalinroq (400 mm va undan ortiq). 

Materikning 60% maydoni okeanlarga tomon oqadigan doimiy daryolar yo’q. 

Faqatgina  vaqtincha  oquvchi  suvlar  -  kriklar  bor.  lekin  ular  ham  ko’p  emas. 

Kriklar Markaziy havzada eng ko’p. Eng uzun kriklar Kuper-krik va Dayamantina 

o’zanlari Eyr ko’li yaqinida qurib qoladi. Eyr ko’li ham quruq faslda 1 m gacha tuz 

qatlami bilan qoplanadi yog’incharchilik mavsumida (yozda) 1500 km2 maydonga 

toshadi. 

Sharqiy  Avstraliya  tog’laridan  boshlanuvchi  Byordekin,  Fitsroy,  Bernett 

daryolari  yil  bo’yi  bir  xil  oqadi  va  sersuv.  Qirg’oqbo’yi  chala  cho’l  platolaridan 

boshlanuvchi  daryolar  Forteskyu,  Gaskoyn  va  boshqalar  suvi  kamroq  va  doimiy 

emas. 

Avstraliyada yirik daryolar faqat 2 ta - Murrey va Darling daryolaridan iborat. 



Avstraliya  Alp  tog’laridan  boshlanadigan  Murrey  Avstraliyaning  eng  sersuv 

daryosidir  (havza  maydoni  1072  ming  km.kv.uzunligi  1632  km  (Ryabchikov), 

2570  km  (Vlasova)).  Bu  daryo  asosan  yomg’ir  va  qisman  qor  suvlari  bilan 

to’yinadi.  Murrey  daryosi  Markaziy  pastekislikning  keng  janubi-sharqiy 

tekisliklari osha picha nishob bo’lib oqib, ko’p suvi bug’lanib ketadi va okeanga 

zo’rg’a yetib boradi. Murreyning asosiy irmog’i Darling daryosi materikning eng 

uzun daryosidir (havza  maydoni 590 ming km2, uzunligi 2450 km (Ryabchikov), 

2830 km (Vlasova), 2740 km (Shubaev)). 

Avstraliyaning  yer  osti  suvlariga  boyligi  bu  qit’aning  farq  qiladigan 

hususiyatdir.  Bunday  suvlar  artezian  havzalariga  to’planadi,  bu  havzalar  esa 

G’arbiy  platoning  chekkalaridagi  va  Markaziy  pastekislikdagi  qadimgi  poydevor 

bukilmalarini  egallaydi.  Yer  osti  suvlari  asosan  yog’ingarchilikdan  to’planadi. 

Avstraliyaning eng yirik yer osti suv havzasi Katta artezian havza deb ataladi. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish