Past Afrika
Past Afrika materikning shimoli-g‘arbiy katta qismini tashkil etadi. Uning
aksariyat qismini absolyut balandligi 1000 m dan oshmaydi. Past Afrika tarkibiga
Atlas tog‘lari, Sahroi Kabir cho‘llari, Sudan-Gvinщya tekisliklari va Kongo botig‘i
geografik o‘lkalari kiradi.
Atlas tog‘lari. Atlas tog‘lari materikning shimoli-g‘arbiy chekka qismida
joylashgan mustaqil tabiiy geografik o‘lka hisoblanadi. O‘lka shimol va sharqda
O‘rta dengiz, g‘arbda Atlantika okeani va janubda Sahroi Kabir cho‘li bilan
chegaralanadi. Uning tabiiy xususiyatlarida O‘rta dengiz subtropik landshaftlaridan
Sahroi Kabir tropik landshaftlariga o‘tish harakteri yaqqol sezilib turadi. Atlas
tog‘larining shimoli-g‘arbiy sohil qismi Pireney yarim orolini janubiy tog‘li sohil
qismini tabiatini eslatadi. O‘lkaning ichki va janubi-sharqiy qismlarining tabiati
Sahroi Kabirning shimoliy cho‘l landshaftlari tabiatiga juda yaqin. Hatto
tog‘larning pastqam joylarida Sahroi Kabir cho‘l landshaftlari o‘lkaning ichki
rayonlarigacha kirib boradi.
Atlas tog‘lari orografik jihatdan juda murakkab tuzilgan. O‘rta dengiz sohili
bo‘ylab balandligi 2000-2500 m keladigan yosh burmali tog‘lar chuzilgan. O‘rta
dengiz qig‘og‘ining g‘arbiy qismida joylashgan Er-Rif yoki Rif Atlasi va sharqiy
qismida joylashgani Tell Atlas tog‘laridir. Er-Rif tog‘ining baland nuqtasi Tidigin
chuqqisida 2456 m ni, Tell Atlasining baland cho‘qqisi Lalla-Xadija tog‘ida 2308
m ni tashkil etadi. Bu tog‘lar Alp burmalanishida vujudga kelgan.
O‘lkaning janubida Atlantika okeanidan shimoli-sharqqa qarab Baland Atlas
tog‘lari chuzilgan. Bu tog‘larning asosiy qismi gersin burmalanish bosqichida
vujudga kelgan. Baland Atlasning maksimal cho‘qqisi Tubkat massivida 4165 m ni
tashkil etadi. Bu cho‘qqi butun o‘lkaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi.
Baland Atlasdan janubroqda Antiatlas tog‘i joylashgan. Uning eng baland joyi
2531 m ga teng. Undan janubroqda balandligi 1635 m ga etadigan Jabal-Bani
tizmasi cho‘zilib yotibdi.
Baland Atlas tog‘ tizmasidan shimoli-sharq tomonda uning davomi bo‘lgan
Sahroi Kabir Atlasi joylashgan. Bu tizmaning eng baland nuqtasi Aysa tog‘i
okean sathidan 2336 m ko‘tarilgan. Sahroi Kabir Atlasidan sharqda SHeliya (2328
m) tog‘i bor. Bu tog‘dan shimoli-sharqda Gabes va Tunis Atlasi joylashgan.
Umuman Atlas tog‘lari g‘arbda Atlantika okeani sohilidan sharqda O‘rta dengiz
sohilidagi Ras-Engela burnigacha 2000 km masofaga cho‘zilgan.
Atlas tog‘ tizmalarining oralig‘ida ichki tekisliklar va Baland platolar
polasasi joylashgan. Platolarning o‘rtacha balandligi 800-1200 m ni tashkil etadi.
Bu polosa Atlantikabo‘yi tekisligidan zinapoyasimon ko‘tarilib, O‘rta dengiz
sohiligacha davom etadi va hududiy jihatdan tog‘oralig‘i chukmasiga to‘g‘ri
keladi. Baland platolar Atlas tog‘larining sharqiy qismida keng polosa hosil qilib
cho‘zilgan.
Tog‘li o‘lkaning barcha qismi, jumladan shimoldagi yosh tog‘lar ham
neogenning oxirida yuz bergan kuchli vertikal tektonik harakatlarni boshdan
kechirgan va usha davrda Atlas tog‘larining hozirgi qiyofasi shakllangan. Vertikal
tektonik harakatlar natijasida ayrim tog‘ tizmalari ko‘tarilgan, vulkanik jarayonlar
faollashgan bir qancha vulkanlar otilib turgan jumladan Tubkal
TOF
massivi, Aysa
togi va boshqalar dastlabki davrda harakatdaga vulkanlar bo‘lib, hozir ular sungan
vulkanlarga aylangan. Tektonik harakatlar hozirga qadar ham o‘z faoliyatini
tuxtatgan emas. SHuning uchun o‘lka hududida kuchli zilzilalar tez-tez takrorlanib
turadi.
Atlas tog‘li o‘lkasining quruq va keskin kontinental iqlim sharoiti uning
relefini shakllanishiga ham ta’sir etadi. Intensiv ravishda nurayotgan
TOF
jinslari
tog‘ etaklarida, ichki platolarda to‘planib, katta-katta maydonlarda toshloq erlarni
hosil qilgan. Ayrim joylarda tosh uyumlari o‘rtasidan o‘tkir qirrali va tik qoyali
baland tog‘lar ko‘tarilib turibdi. Atlas tog‘lari erozion kuchli parchalangan.
Ularning yon bag‘rlari chuqur vodiylar va daralar bilan uyilgan. Bazand
platolarning yuzasi quruq vodiylar tizimi bilan kesilgan.
Atlas tog‘larining iqlimi xilma-xil. Uning shimoliy qismi O‘rta dengiz
iqlimiga ega. YOzi quruq issiq va qishi nam iliq bo‘ladi. Qishning o‘rtacha harorati
12°, 15°S. YOz oyining o‘rtacha harorati esa 24°, 27°S ga teng. Atmosfera
yog‘inlarining asosiy qismini g‘arbiy shamollar Atlantika okeanidan olib keladi.
YOg‘inlarning ko‘proq miqdori tog‘larning g‘arbiy va shimoliy yon bag‘rlariga
hamda
QIPFOQ
bo‘ylariga tushadi. SHarqqa borgan sari yog‘ingarchilik miqdori
keskin kamayadi. Masalan, yog‘in miqdori g‘arbda 800 mm ni tashkil etsa, sharqda
Gabes qo‘ltig‘i yaqinida 200-300 mm gacha kamayadi. Dengiz sohilida qor
kamdan-kam yog‘adi va tezda erib ketadi. YOz oylarida shimolda, qirg‘oqlar
tomon tog‘lardan fyon tipidagi sirokko shamoli esadi. SHu paytlarda havo harorati
35°, 40°S gacha ko‘tariladi. Atlas tog‘larining janubiy qismi doimo tropik cho‘l
iqlimi ta’sirida bo‘ladi. Bu erda havo harorati ancha yuqori, yog‘ingarchilik
miqdori kam. SHuning uchun dehqonchilikning hamma turlari sun’iy sug‘orishga
asoslangan.
Ichki platolar va berk vodiylarning iqlimi keskin kontinental, quruq va
baland bo‘lganligi uchun sovuq. Tog‘ tizmalari okeandan keladigan nam havo
massalarini to‘sib qo‘yganligi sababli o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 500 mm dan
oshmaydi. YOg‘ingarchilikning asosiy qismi qish oylariga to‘g‘ri keladi.
Qish kunlari sovuq bo‘lib harorat -10°, -17°S gacha pasayadi. Qor qoplami
kapin bo‘ladi va ichki vodiylar qattiq qiziydi. O‘rtacha harorat 26°, 28"S ni,
maksimal harorat 50°S ni tashkil etadi.
Atlas tog‘larining tuproq-o‘simlik qoplamida, uning iqlim sharoitiga
o‘xshash, ichki farqlar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Bunday farqlar ayniqsa tog‘
tizmasining qirg‘oq bo‘yilari va ichki rayonlari uchun xosdir.
Tog‘ yon bag‘rlarining pastki qismlarida va dengiz sohillarida jigar rang
tuproqlar tarqalgan. Ular doimiy yashil makvis tipidagi butazorlar, pakana bo‘yli
palmazorlar va doimiy yashil pukak eman o‘rmonlari bilan qoplangan. Ralandlikka
ko‘tarilgan sari aralash holda igna barglilardan atlas kedri va tisa daraxtlari
uchraydi. 1500-3000 m balandliklarda bargini tukuvchi O‘rta Yevropaga xos keng
bargli o‘rmonlar o‘sadi. 3000 m dan baland joylarda alp o‘tloqzorlar tarkib topgan.
Atlas tog‘ etaklaridagi, ayniqsa Atlantika okeani va O‘rta dengiz
sohillaridagi keng maydonlar yaxshi o‘zlashtirilgan. Sug‘oriladigan erlar sitrus
plantatsiyalari, zaytun daraxtlari, don ekinlari bilan band. Arab qishloqlarining
atrofida shaftoli, urik va anorzorlar ko‘p. Zinapoyasimon tog‘ yon bag‘rlarida
tokzorlar barpo etilgan.
Atlas tog‘larining ichki qurg‘oqchil kontinental iqlimli platolarida,
vodiylarida va janubiy yon bag‘rlarida buz tuproqlar keng tarqalgan. Bu erlar
quruq dasht va chala cho‘l landshaft komplekslaridan tarkib topgan. O‘simliklari
tikanli yostiqsimon butachalardan, shuvoqlardan, boshoqli alfapardan, uncha
baland bo‘lmagan yuyuba, akatsiya va pista daraxtlaridan iborat.
Atlas tog‘larining hayvonot dunyosi Afrika va Janubiy Yevropaga xos
hayvon turlaridan tarkib topgan. Yirqichlardan chiyaburi, yovvoyi mushuk,
gienalar yashaydi. Boshqa hayvon turlaridan quyonlar, qushoyoqlar, o‘txur
damanlar, qoyali tog‘larda dumsiz makaklar uchraydi. Kaltakesaklar va ilonlar
juda ko‘p. Agrolandshaftlarga zarar keltiruvchi chigirtkalar keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |