Subtropik zonalar. Subtropik landshaft zonalari Afrikaning shimoli-g‘arbiy
va eng janubiy qismlarida joylashgan. Subtropiklar materikinng shimoli-g‘arbiy
qismida, O‘rta dengiz sohillarida va Atlas tog‘larining chekka qismlarida tarkib
topgan. Zona iqlimi O‘rta dengiz subtropik iqlim tipiga ega. YOg‘in miqdori
tekisliklarda va tog‘ etaklarida 450-600 mm ga boradi, tog‘ yon bag‘rlarida esa
1200 mm dan ortadi. O‘rta dengiz subtropiklari yoz jazirama issiq va qish sernam
iliq bulanganligi sababln doimiy yashil o‘simliklar keng tarqalgan. Bu erdagi
o‘simliklar yozgi qurg‘oqchil davrga yaxshi moslashgan, ularning bargi mayda va
dag‘al bo‘ladi.
O‘rta dengiz iqlim sharoitida jigar rang, uncha qalin bo‘lmagan qizg‘ish-
jigar rang tuproqlar hosil bo‘lgan. Ular unumdor joylar hisoblanadi. Sitruslarninng
asosiy qismi ana shu erlarda etishtiriladi. Subtropiklar zonasining tabiiy
o‘simliklari zaytunlardan, pistalardan, mitti palmalardan iborat. Butalardan makvis,
ladannik, mirta, oleandralar o‘sadi. Past tog‘larning yon bag‘rlarida O‘rta dengiz
zonasiga xos eman daraxtlaridan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi. SHimoliy
Afrikada bu zona sharqqa borgan sari subtropik cho‘l va chala cho‘l zonalari bilan
almashinadi.
Janubiy Afrikadagi O‘rta dengiz tipidagi subtropiklar zonasi materikning
eng janubi-g‘arbiy qismida uchraydi. Bu erda yozning o‘rtacha harorati 21
0
S
ga
qishning o‘ratcha harorati 12°, 15°S ga teng. Qishshing ayrim kunlarida tuproq
qoplami muzlashi mumkin. YOg‘in 300-600 mm atrofida tushadi. Qish oylarida
yomg‘ir maydalab uzoq yog‘adi. Bu esa tuproqlarni yaxshi namlantiradi va ularni
yuvilib ketishidan saqlaydi. Janubiy subtropiklar zonasi o‘simlik turlariga juda
boy. Bu erda SHimoliy Afrikaga, Evrosiyoga va Avstraliyaga xos bo‘lgan
o‘simliklar uchraydi. Daraxt turlaridan kap zaytuni, kumush daraxti, afrika
yong‘og‘i, kap kashtani, sariq, daraxt, kedr deb ataladigan ulkan qora archalar
o‘sadi. Hayvonlardan kap arsloni, kanna antilopasi, buballar deyarli qirilib
yuborilgan. Qurikxonalarda ko‘p miqdorda fillar saqlanib qolgan.
YIRIK REGIONAL TABIIY GEOGRAFIK O‘LKALARI.
Afrika hududining asosiy qismida geologik strukturaning va relef
shakillarining deyarli bir xil tuzilishi tufayli katta-katta maydonlarda landshaft
komplekslari ham bir xilday ko‘rinish xususiyatiga ega. Ularning o‘zgarishi
iqlimning o‘zgarishiga bog‘lik holda asta-sekin yuz beradi. SHimoliy Afrikaning
relefi asosan tekis bo‘lganligi uchun landshaft zonalarining shimoldan janubga
qarab o‘zgarishi va almashinishi muayyan ravishda sodir bo‘ladi. Bu erning
orografiyasi ham landshaftlarning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsata
olmaydi.
Materikning sharqiy qismida tektonik harakatlar faollashgan zonaga duch
kelgan Afrika platformasida baland
TOF
massivlari vujudga kelgan, tektonik
yoriqlar va uzilmalar hosil bo‘lgan, vulkanizm rivojlangan. Bunday orografik
o‘zgarishlar atmosfera yog‘inlarini va haroratni notekis taqsimlanishiga, balandlik
mintaqalarining shakllanishiga va ularning strukturasini murakkablashishiga olib
kelgan, Natijada Afrika hududida xilma-xil zonal-regional landshaft komplekslari
vujudga kelgan.
Materikni tabiiy geografik rayonlashtirishda T.V.Vlasova uning hududini 4
ta yirik qismga SHimoliy, SHarqiy, Markaziy va Janubiy Afrikaga bo‘ladi.
A.M.Ryabchikov, L.A.Mixaylovalar materik yuzasining tuzilishiga va balandlik
xususiyatlariga asoslanib dastlab uni ikkita katta qismga Past va Baland Afrikaga
bo‘lishadi. Sungra ularning tarkibida bir necha tabiiy geofafik o‘lkalarni
ajratishadn. Quyida Siz Afrikaning Past va Baland qismlari va ularga taalluqli
bo‘lgan tabiiy geografik o‘lkalari bilan tanishasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |