Sahroi Kabir. Atlantika okeanidan Qizil dengizgacha hamda Atlas tog‘lari
etagi va O‘rta dengiz sohilidan savannalar zonasining shimoliy chegaralarigacha
cho‘zilib yotgan bepayon tropik cho‘llar Sahroi Kabir (Katta Sahro) deb ataladi. U
g‘arbdan sharqqa qarab 2000 km masofaga cho‘zilgan. Bu Er ko‘rrasidagi eng
katta tropik cho‘l bo‘lib, uning maydonn 7 mln. km
2
ga teng. Sahroi Kabirning
geografik chegaratari g‘arbda, shimolda va sharqqa aniq ifodalangan. Faqatgina
uning janubiy chegarasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Bunga sabab tabiiy geografik
sharoit janubga qarab borishda asta-sekinlik bilan o‘zgaradi. Natijada cho‘l va
chala cho‘l landshaftlari savanna landshaftlari bilan almashinishda keng o‘tkinchi
polosa hosil qiladi. SHuning uchun Sahroi Kabirning janubiy chegarasi uncha aniq
ifodalanmagan o‘tkinchi harakterga ega.
Sahroi Kabir tabiiy geografik o‘lkasi butunlay Afrika platformasi ustida
tarkib topgan. SHuning uchun uning asosini qadimgi kristall va vulkanik jinslar
tashkil etadi. Bu qadimiy jinslar gorizontal joylashgan qalin chukindi yotqiziqlar
bilan qoplangan. Ayrim joylarda burmalangan qadimgi poydevor vulkanik jinslar
er yuzasiga chiqib yassi platolarni, baland tog‘liklarni va gumbazsimon tepaliklar
hosil qilgan. CHukindi jinslar bilan qoplangan yuzalar uchun yassi platolar,
qoldiqli tog‘lar va kuest relef shakllari harakterli.
Sahroi Kabirning markaziy qismi g‘arbiy va sharqiy qismlarga nisbatan
ancha baland ko‘tarilgan. Bu erda Axaggar, Tibesti, Iforas tog‘liklari joylashgan.
Tibesti tog‘ligining Emi-Kusi cho‘qqisi okean sathidan 3415 m yuqori ko‘tarilgan
bo‘lib, Sahroi Kabir o‘lkasining ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. Emi-Kusi
tog‘i kelib chiqishiga ko‘ra vulkanik
TOF
bo‘lib, kraterining diametri 12 km ni
tashkil etadi. Tibesti tog‘ligining ikkiichi baland cho‘qqisi Tusida (3265 m)
tog‘idir. Axaggar tog‘ligining maksimal nuqtasi okean sathidan 2918 m ( Taxat
cho‘qqisi) baland. Tog‘liklar atrofini xalkasimon shaklda joylashgan Tanezruft.
Tassilin-Axaggar, Jado, Tademait va boshqa kuestli platolar o‘rab olgan. Tibesti
tog‘ligidan janubi-sharq tomonda tekis cho‘l landshaftlari o‘rtasida balandligi 1450
m keladigan Ennedch platosi alohida ko‘tarilib turibdi.
Markaziy Sahroi Kabir bilan Nil daryosi oralig‘ida Liviya cho‘li yastanib
yotibdi. Maydoni 2 mln. km
2
ga teng. CHo‘lning shimoliy katta qismini yirik qum
massivlari egallab olgan. Uzun masofaga cho‘zilib yotgan qum dyunalarining
balandligi 300 m gacha etadi. Liviya cho‘lining shimoliy qismi qum bilan
qoplangan pasttekisliklardan iborat. SHimoli-sharqda chuqur tektonik chukmalar
ko‘p uchraydi. Bular El-Fayyum, Siva, Jarabub va er yuzasi dengiz sathidan 133 m
past bo‘lgan Kattara botiqlaridir. Janubiy qismi balandligi 400-500 m atrofida
bo‘lgan platodan iborat. Liviya cho‘lida Baxariya, Daxda, Sivo, Fayyum Xarga va
boshqa voxalar mavjud.
Sahroi Kabirning eng sharqiy qismida Nil daryosi bilan Qizil dengiz oralig‘ida
Afrika platformasi antekliza shaklida bir oz ko‘tarilgan va ustki qismi ayrim
joylarda mezozoyning qumtosh jinslari bilan qoplangan. Qizil dengiz sohili
bo‘ylab Etbay tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Platformaning 2000 m balandlikkacha
ko‘tarilgan qismi quruq o‘zanlar va daralar bilan kesilgan yassi platolarni hosil
qiladi. Janubiy plato Nubiya cho‘li deb atalib, uning maksimal baland joyi
Asoteriba tog‘ida 2216 m ga teng. SHimoliy plato Arabiston cho‘li deb atalib,
uning maksimal balandligi SHaib-el-Banat tog‘ida 2187 m ni tashkil etadi.
Sahroi Kabirning 80% maydoni balandligi 200-500 m atrofidagi
tekisliklardan iborat. Ular bur va paleogen davrlarining ohaktoshlari, qumtoshlari
va gil yotqiziqlari bilan qoplangan. Ohaktoshlar va qumtoshlardan tarkib topgan
cho‘llarda nurash natijasida vujudga kelgan toshloq erlar keng tarqalgan. Ular
hammada deb ataladi. Sahroi Kabirda qumli cho‘llar keng maydonlarni egallab
olgan. Qum massivlaridan tashkil topgan katta-katta maydonlar Sahroi Kabirning
g‘arbiy qismida Erg deb ataladi. Katta G‘arbiy Erg, Katta SHarqiy Erg, Erg-SHesh,
Erg-Igidi shular jumlasidandir. Sahroi Kabir cho‘llari uchun mayda shag‘al
toshlardan tarkib topgan va ayrim joylarda yupqa qum qatlami bilan qoplangan
tekis uchaskalar ham harakterli. Ular peg yoki serir deb ataladi.
Sahroi Kabirning iqlimi keskin kontinental. Yil bo‘yi quruq tropik havo
massasi hukmronlik qiladi. SHuning uchun o‘lkaning deyarli hamma hududida
yog‘ingarchilik miqdori 50 mm dan oshmaydi. Nubiya cho‘lida yillik yog‘in
miqdori 25 mm ga ham etmaydi. Ichki rayonlarda ayrim paytlarda surunkasiga bir
necha yillar yog‘ingarchilik umuman bulmaydi. YOg‘ingarchilikning bir oz
ko‘payishi baland tog‘orliqlarning yon bag‘rlarida ko‘zatiladi. Ammo bu erlarda
ham yillik yog‘in mikdori 100 mm dan oshmaydi. Sahroi Kabirda yog‘ingarchilik
kam bo‘lishi bilan birga mumkin bo‘lgan bug‘lanish nihoyatda kuchlidir.
O‘lkaning jazirama issiq iqlim sharoitida bir yilda 6000 mm suv qatlami
bug‘lanish imkoniga ega. YOg‘ingarchilik cho‘lning shimolida qishda, janubida
yozda bo‘ladi. O‘lka hududida havo haroratining sutkalik va yillik farqi katta. YOz
oylari nihoyat darajada issiq bo‘lib, harorat 30°, 50°S gacha ko‘tariladi. Er
ko‘rasidaga eng yuqori harorat (+58°S) Sahroi Kabirda ko‘zatilgan. Tuproq yuzasi
60°, 80°S gacha qiziydi. Hatto kechalari harorat 30°S dan pastga tushmaydi. Qum
buronlari (samum) tez-tez takrorlanib turadi. Uning tezligi 50 m/sek. gacha boradi.
Samum paytida qum voxalarni bosib ketib, kishilar xayotiga xavf tug‘diradi.
Qish oylarida antitsiklon to‘liq o‘rnashib olganligi sababli havo salqin va
barqaror bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 20°, 25°S atrofida bo‘ladi. Kechalari
havo sovub 0°S gacha pasayadi. Tibesti tog‘ligida eng past harorat -18°C bo‘lgani
ko‘zatilgan. Sahroi Kabirning deyarli hamma joyida nisbiy namlik nihoyatda kam,
ayrim rayonlarda 25% ga ham etmaydi. G‘arbiy Atlantika qirg‘oqlariga yaqin
joylashgan qismida nisbiy namlik 75-80% ni tashkil etadi. Bunga sabab Kanar
sovuq oqimidan keladigan havoning ta’siridir.
Sahroi Kabirda oqar suvlar juda kam. CHulni faqatgina bitta yirik daryo-Nil
kesib o‘tgan. CHo‘lni katta qismida aholini suv bilan ta’minlaydigan asosiy manba
er osti suvidir. Poyonsiz cho‘llarda vohalarning bunyod etilishi ham er osti
suvlaridan unumli foydalanishning natijasidir. YAshil vohalar asosan buloq va
quduqlar atrofida vujudga kelgan. O‘lkaning chekka qismlarida va ayrim tog‘li
rayonlarida ko‘llar kam uchraydi.
Sahroi Kabirning tuproq qoplami tropik cho‘l va chala cho‘lga xos bo‘lgan
oddiy tuproqlardir. Qumli va toshloq cho‘llarda tuproqlar deyarli rivojlanmagan,
o‘simliklar umuman o‘smaydi. Boshqa joylarda o‘simliklar juda siyrak o‘sadi.
O‘lka hududida o‘simliklarning 1200 turi mavjud. Ular qurg‘oqchilikka chidamli
qattiq boshoqli o‘tlardan. butazorlardan va yog‘ingarchilikdan keyin o‘sib
chiqadigan efemerlardan tashkil topgan. CHo‘lning shimoliy qismida O‘rta dengiz
atrofiga xos oleandr, zaytun, yovvoyi pista, yuyuba kabi o‘simliklar, janubda
akatsiya, yulg‘un, chakanda o‘simliklari o‘sadi.
Hayvonot olami tuproq va o‘simlik qoplamiga nisbatan ancha xilma-xilroq.
Bu erda hayvonlarning 400 turi yashaydi. SHulardan 60 tasi sut emizuvchilardir.
Antilopalar, muflonlar, gizollar shular jumlasidandir. Yirtqichlardan tulki,
chiyabo‘ri, gepard, sirtlonlar, kemiruvchilardan qushoyoq qumsichqon, cho‘l
quyoni yashaydi. CHo‘l hayvonlarining ko‘pchiligi tungi hayot kechiradi.
Saxroi Kabirdagi mahalliy aholi chorvachilik bilan shug‘ullanib,
kuchmanchi va yarim kuchmanchi hayot kechiradilar. Ular quy, echki, tuya
boqadilar. Dehqonchilik faqatgina vohalardagina mavjud. Vohalarda arablar xurmo
etishtiradilar, xurmo soyasida meva va don ekinlari o‘stiriladi, sabzavot ham
etishtiriladi.
Saxroi Kabir foydali qazilmalarga boy. Uning hududida neft va gaz, temir va
mis rudalari, oltin, uran, volfram konlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |