O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Savannalar. Ekvatordan shimolga va janubga tomon uzoqlashgan sari nam 

ekvatorial  o‘rmonlar  utkinchi  polosa  hosil  qilib  fasliy  nam  subtropik  o‘rmonlar 

zonasi  bilan,  sungra  savannalar  bilan  almashinadi.  Savannalar  ekvator  atrofidagi 

nam  va  fasliy  nam  o‘rmonlar  zonalariga  nisbatan  quruq  va  sernam  fasllarning 

almashinishi  yaqqol  ifodalanganligi,  har  yer-har  yerda  yakka  darxt  yoki  siyrak 

o‘rmonlar  va  butalar  usgan  o‘tloqlarnpng  keng  tarqalganligi  bilan  ajralib  turadp. 

Ekvatorial va subekvatorial o‘rmonlar zonalari yorug‘likning kamligi, xavosining 

sernamligi va dimligi bilan farq qilsa, savannalar kunlarning yorug‘ligi, havosining 




tozaligi,  namlikning  kamligi  bilan  ajralib  turadi.  Atmosfera  yog‘inlari    ko‘p 

yog‘adigan  faslda  baland  buyli  to‘liq  o‘tlar  tekisliklarni,  platolarni,  vodiylarni, 

tog‘liklarni qamrab oladi. Hammayoq yashil gilamga burkanga uxshaydi. Afrikada 

boshqa  zonalarga  nisbatan  savannalar  juda  katta  maydonni  egallagan.  Materik 

hududining 40% ga yaqin qismi savannalar zonasi bilan band. 

Afrika  savannalarida  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayoni  yil  fasllari  bilan  uzviy 

bog‘liq.  Fasliy  yomg‘irlar  davrida  organik  moddalar  parchalanadi,  o‘simlik 

qoldiqlari yaxshi chiriydi, tuproqlar yuviladi. Qurg‘oqchil davrda nam etishmasligi 

tufayli  mikroorganizmlarning  hayot  faoliyati  sekinlashadi,  o‘t  o‘simlik  qoldiqlari 

sekin chiriydi. SHu tarzda tuproqni unumdor qiluvchi chirindi tuplanadi. 

Savannalarda  tuproq  va  o‘simlik  qoplamining  hosil  bo‘lishi  va  rivojlanishi 

zonaning  iqlim  sharoiti  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Subekvatorial  o‘rmonlarga 

yaqin  bo‘lgan,  yog‘in  miqdori  1000-2000  mm  atrofida  yog‘adigan  va  yomg‘irli 

mavsum  6-8  oy  davom  etadigan  joylarda  qizil  laterit  tuproqlar  yoki  ferralit 

tuproqlar  tarqalgan.  Bu  erlarda  balandligi  3  m  gacha  etadigan  bo‘liq  o‘t 

o‘simliklari keng tarqalgan va ular katta maydonlarni egallab yotgan o‘tloqzorlarni 

hosil  qiladi.  Har  er-har  erda  siyrak  daraxtlar  uchraydi,  bahaybat,  sershox 

baobablar,  yog‘  olinadigan  palmalar,  yolpig‘ichsimon  palmalar,  dum  deb  atalad

 

igan palmalar o‘sib yotadi. 



YOmg‘irli davr 4-5 oy davom etadigan hamda yog‘in miqdori 500-1000 mm 

atrofida  bulgan  savannalarning  o‘rta  polosasida  qizil-qo‘ng‘ir  tuproqlar 

shakllangan.  Bu  joylarda  uncha  baland  bulmagan  o‘t  o‘simliklar  tarkib  topgan 

tropik  savannalar  vujudga  kelgan.  Payonsiz  savanna  o‘tloqlarida,  ahyon-ahyonda 

soyabonsimon sershox akatsiyalarni uchratish mumkin. 

CHala  cho‘llarga  chegaradosh,  yomg‘irli  davr  1,5-2 oy  davom  etadigan  va 

yoshi  200-500  mm  atrofida  tushadigan  joylarda  cho‘llashgan  savannalar  vujudga 

kelgan.  U  erlarda  qattiq  o‘t  o‘simliklar,  tikanli  butalar  siyrak  holda  o‘sadi. 

Qurg‘oqchilikka  chidamli  semiz  tanali  daraxtsimon  o‘simlik-ixrojlar  ham 

uchraydi. Ixrojning bargi bulmaydi, lekin uning tanasi tikanlar bilan qoplangan. Bu 

o‘simlik quruq iqlimga moslashib, tikanlarida suv to‘plab oladi. 

Afrika  savannalari  boshqa  tabiat  zonalariga  nisbatan  hayvon  turlarining 

xilma-xillik  xususiyatlari  bilan  farq  qiladi.  Ayniqsa  savannalarda  yirik  hayvonlar 

ko‘p miqdorda tuplangan. Masalan antilopalar,    yo‘l-yo‘l    zebralar,    jirafalar,    

fillar,        qo‘toslar,

 

karkidonlar  shular  jumlasidandir.  CHo‘llashgan  savannalarda 



gizollar yashaydi. Daryolarda timsoxlarning bir necha turlari uchraydi, ulardan eng 

yirigi, uzunligi 5-6 m ga etadigan Nil timsoxlaridir. Oq Nil, CHad ko‘li va boshqa 

suv  havzalarining  botqoqlashgan  joylarida  katta  suv  echkilari,  daryo  va  ko‘l 

qirg‘oqlarida og‘irligi 3 t. gacha keladigan begemotlar yashaydi. Kemiruvchilardan 

in qazib yashaydigan er olmaxoni asosiy hayvonlardan hisoblanadi. 

Afrika  savannalari  turli-tuman  qushlarga  juda  boy.  Bu  zonada  dunyodagi 

eng  kichik  qushni  ham,  eng  katta  qushni  ham  uchratish  mumknn.  Nixoyatda 

kichik, guzal qushlardan nektarxur va o‘lkan qushlardan Afrika tuyaqushi, marabu 

qushi yashaydi. Yirtqich qushlardan o‘zining qurinishn va harakati bilan qotib qush 

alohida ajralib turadi. Yirtqich qushlar mayda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar 

bilan oziqlanadi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish