Sudan. Sudan tabiiy geografik oblasti SHimoliy Afrika subkontinentining
tropik cho‘llari va fasliy nam subekvatorial o‘rmonlari oralig‘ida joylashgan.
Oblast hududi shimoldan janubga qarab 1000 km masofaga va g‘arbdan sharqqa
qarab 5500 km masofaga cho‘zilgan. Maydoni 5 mln km
2
ga teng. Uning shimoliy
va janubiy chegaralari uncha aniq ifodalanmagan. Zonal landshaftlari utkinchi
polosa hosil qilib bir-biri bilan almashinadi. Tabiiy geografik oblastning janubiy
chegarasi Gvineya balandligi va Kamerun tog‘ining shimoliy yon bag‘rlaridan, nil
daryosining chap irmog‘idan va Kongo daryosining o‘ng irmoqlaridan o‘tadi.
Sudan oblasti tabiiy geografik farqlari jihatdan uch qismga bo‘linadi G‘arbiy,
Markaziy va SHarqiy.
Sudan tabiiy geografik oblastining relefi oddiy tuzilgan bo‘lib Past
Afrikaning qushni o‘lkalari relefidan keskin farq qilmaydi. Er yuzasi tuzilishining
asosiy xususiyati shundan iboratki, qadimiy sineklizalarda shakllangan keng yassi
botiqlar bir-biridan kristall jinslardan tarkib topgan tog‘ massivlari orqali ajralib
turadi. Botiqlar bo‘r, paleogen, neogen va to‘rtlamchi davrlarga mansub bo‘lgan
katta qalinlikdagi cho‘kindi yotqiziqlar bilan qoplangan. G‘arbdan sharqqa qarab
ketma-ket joylashgan Niger, CHad, Ok, Nil botiqlarining er yuzasi okean sathidan
200-400 m gacha ko‘tarilgan. Ular balandligi 1500-2000 m ga etadigan tog‘lar va
platolar bilan bir-biridan ajralib turadi. Sudanning garbiy chekkasida, Atlantika
okeaniga yaqin joyda allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan Senegembiya
pasttekisligi joylaщgan. Bu pasttekislik Senegal va Gambiya daryo havzalarining
katta qismini egallab olgan va janubi-sharqda SHimoliy Gvineya balandligi bilan
chegaralangan. Balandlikdan shimol tomonda G‘arbiy Sudan platosi joylashgan.
Plato hududida platformaning kristall jinsli poydevori qalin qatlamli qumtoshlar
tagida kumilib qolgan. Daryo vodiylari platoni bir necha tepaliklarga bo‘lib
yuborgan.
G‘arbiy Sudan platasidan sharq tomonda Niger daryosi kesib o‘tgan Niger
botig‘i joylashgan. Toshqin paytida botiqning katta qismini suv bosadi. Ayrim
joylarda esa bir necha tepaliklar keng akvatoriyadan orollar shaklida ko‘tarilib
turadi. Niger botig‘ining shimoliy qismida qumoq jinslar ko‘p, siyrak o‘simliklar
bilan qoplangan dyunalar uchraydi. Niger botig‘ining sharqiy qismida maksimal
balandligi 1735 m bo‘lgan, kristall jinslardan tarkib topgan Bauchi (Jos) platosi
qad ko‘tarib turibdi. SHarq tomonda Bauchi platosi tik yon bag‘r hosil qilib CHad
ko‘li botig‘i bilan tutashadi. Botiqning eng past qismi Bodele chukmasi bo‘lib,
uning yuzasi okean sathidan atigi 200 m baland, joylashgan. Plyuvial iqlim davrida
bu chukma o‘rnida yirik ko‘l bo‘lgan. CHad ko‘li botig‘i sharqda Darfur platosi
(eng baland nuqtasi Marra tog‘i. 3088 m) va janubda Adamava toshari bilan
o‘ralgan.
Sudan tabiiy geografik oblastining sharqiy qismida Ok Nil botig‘i
joylashgan. U sharqda Efiopiya tog‘ligi bilan va janubda. SHarqiy Afrika yassi
tog‘ligi bilan chegaralangan. CHad va Ok Nil botiqlarining bir-biridan balandligi
500-700 m keladigan kristall jinsli plato ajratib turadi. Oq Nilning yuzasi yassi
tekislik bo‘lib daryo vodiylari chuqur ishlamagan. Pastqam joylarda daryo
qayirlarida botqoqliklar keng tarqalgan. Daryo toshqini paytida katta-katta tekis
maydonlarni suv bosib ketadi.
Sudanning iqlimi subekvatorial, musson harakterga ega. Qishda shimoli-
sharqiy passat shamollari (xarmattan) esadi. Kontinental tropik havo
hukmronlik qiladi. Eng salqin oyning o‘rtacha harorati 20°, 26°S ni tashkil
etadi. YOzda janubi-g‘arbiy musson shamollari
:
hukmronlik qiladi. Nam
ekvatorial havo massasi o‘zi bilan katta miqdorda namgarchilik olib keladi.
Harorat 30°, 35°S atrofida bo‘ladi. Maksimal harorat 40°S dan oshadi. Jazirama
issiq quruq fasl bilan nam faslning almashinish davriga tug‘ri keladi. SHu paytda
kuchli chang buronlari (xabub) va momokaldiroklar bo‘lib o‘tadi. YOg‘ingarchilik
fasli shimolda 2 oydan janubda 10 oygacha davom etadi. YOg‘in miqdori ham
shimolda 300 mm dan janubda 1500-2000 mm gacha kupayadi. Sudanning.
janubiy qismida yog‘ingarchilik miqdori g‘arbda 2000 mm dan sharqda 1000 mm
gacha kamayadi.
G‘arbiy va SHarqiy Sudan hududlaridan yirik daryolar oqib o‘tib. Atlantika
okeani havzasiga qo‘yiladi. G‘arbiy Sudaning acociy suv tarmokqarini Niger,
Senegal va Gambiya daryolari tashkil etadi. SHarqiy Sudanning eng yirik daryosi
Ok Nil va uning sekin oquvchi irmoqlari hisoblanadi. Daryo vodiylari bo‘ylab
kuchli botqoqlangan erlar uzoq masofaga cho‘zilgan. Markaziy Sudan SHarqiy va
G‘arbiy Sudandan farq qilib, ichki berk havza hisoblanadi. Bu regeon atrofidagi
platodar va tog‘lardan boshlanuvchi SHari, Komadugu-Yobe, Ngadda, Mbuli
daryolari CHad ko‘liga quyiladi. CHad ko‘lining qirg‘oqlari past, yassi tekis,
botqoqlangan. YOmg‘ir faslida ko‘lning akatsiyasi kengayadi va maydoni ikki
xissaga ortadi.
Sahroi Kabir cho‘l landshaftlaridan Sudan savannalariga utishda dag‘al
boshoqli o‘tlardan, butalardan, akatsiyalardan va dum palmalaridan tarkib
topgan siyrak o‘simliklar polosasi chala cho‘llar va quruq savannalar o‘tkinchi
zona vazifasini bajaradi. Bu polisa ko‘pincha saxel zonasi deb ham ataladi. Saxel
zonasida qizil-qo‘ng‘ir va qora tuprorqlar yaxshi rivojlangan. Biroq bu zonada
cho‘llanish jarayoni tez
sur’atlar bilan katta-katta maydonlarni qamrab
olmoqda. Tropik cho‘llarning savannalarga bostirib kelishi ko‘p yillardan beri
davom-etib kelmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Sahroi Kabir cho‘llari
janubga qarab yiliga 1 km atrofida kengayib bormoqda. Bunga sabab tabiiy va
antropogen omillarning hamkorlikdagi salbiy ta’siridir.
Saxel zonasidan janubga borgan sari o‘t o‘simliklari qalinlashib, boabablar,
soyabonsimon akatsiyalar, dum palmalari va boshqa daraxtlarning soni
orta boradi. Bu tipik savannalardir. Sudanning
janubiy qismi sudan zonasi deb
atalib, bu erda qizil tuproqlarni qoplab olgan baland bo‘yli boshoqli o‘tlar,
o‘rmonli savannalar Keng tarqalgan. Doimiy yashil va bargni tukuvchi o‘rmonlar
daryo vodiylarida ko‘pchilikni tashkil etadi. Vodiy o‘rmonlarida palmalar, kola,
kdrite, va seyba daraxtlari o‘sadi. Daraxtlarning ko‘plab kesilishi sudan
zonasida o‘rmonlar maydonini keskin qamayishiga olib keldi.
CHad ko‘li qirg‘oqlaridagi va Oq Nil botig‘idagi botqoqlilarida
qamishzorlar, qiyoqzorlar va papiruszorlar katta-katta maydonlarni egallab
olgan. Botqoqlangan erlarda hayvonot dunyo yaxshi saqlangan. CHad ko‘li
atrofida fillar, karkidonlar, arslonlar va boshqa hayvon turlari yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |