O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Efiopiya-Somali.  Efiopiya-Somali  tabiiy  geografik  o‘lkasi  Efiopiya 

tog‘ligidan  va  Somali  platosidan  yoki  yarim  orolidan  tashkil  topgan  bo‘lib, 

shimoli-sharqda  Qizil  dengiz  va  Adan  qo‘ltig‘i  bilan,  sharqda  va  janubi-sharqda 

Hind  okeani  bilan,  g‘arbda  Ok  Nil  botig‘i  va  janubda  Rudolf  ko‘li  botig‘i  bilan 

chegaralangan.  O‘lkaning  hozirgi  relefini  shakllanishida  qadimiy  kristall  jinslar, 

mezozoyning  oxiridan  boshlab  yuz  bergan  tektonik  harakatlar  natijasida  otilib 

chiqqan  lavalardan  hosil  bo‘lgan  trapplar  va  tuflar  ishtirok  etadi.  Kristall  jinsli 

poydevorning  kamroq  qismini  qalinligi  bir  necha  yuz  metr  keladigan  chukindi 

jinslar - ohaktoshlar va qumtoshlar qoplab olgan. Katta qismi neogan - to‘rtlamchi  

davrda  otilib  chiqqan  va  qalinligi  1000  m  gacha  etadigan  yosh  lavalar  bilan 

qoplangan.  Lavalar  quyi  qismida  bazaltlardan  va  doleritlardan,  yuqori  qismida 

ishqorli bazalt, traxit va riolitlardan iborat. 

 

Efiopiya  tog‘ligi  gorst  tipidagi  palaxsa  tog‘lardan  bo‘lib,  neogenda  er 



pustining  uzilmalari  va  yoriqlari  bo‘ylab  okean  sathidan  2000-3000  m 

balandlikkacha  ko‘tarilgan.  Tog‘likning  sharqiy  va  janubiy  yon  bag‘rlari  juda  tik 

koyali, g‘arbiy yon bag‘ri zinapoyasimon pasayib Sudan tekisligi bilan tutashadi. 

Tog‘lik  yuzasi  chuqur  tektonik  daryo  vodiylari  bilan  bir  necha  massivlarga 

bo‘lingan. Massivlarning tepalik qismida qoldiqli bazalt tog‘ cho‘qqilari ko‘tarilib 

turibdi. 

Efiopiya tog‘ligining eng baland va tik yon bag‘rli massivi Atbar va Takkaze 

daryolari  yuqori  oqimining  oralig‘ida  joylashgan  Semien  tog‘idir.  Efiopiyaning 

eng  baland  cho‘qqisi  Ras-Dashan  (4620  m)  ham  shu  tog‘  massivida  joylashgan. 

Undan  janubroqda  balandligi    4100  m  (Talo  cho‘qqisi)  bo‘lgan  CHoke  tog‘i 

submeridional  ravishda  chuzilgan.  Baland  ko‘tarilgan  bu  ikki  tog‘  massivi 

oralig‘ida tektonik botiq vujudga kelgan. Uning eng past qismi 1830 m balandlikda 

joylashgan. Tana tektonik ko‘li bilan band. 

Efiopiya tog‘ligining shimoli-sharqiy qismida Qizil dengizdan Danakil tog‘i 

orqali  ajralib  turgan  Afar  tektonik  chukmasi  joylashgan.  Uning  ajralmas  qismi 

bo‘lgan  Assal  botig‘i  okean  sathidan  -153  m  pastda  joylashgan.  Bu  butun 

Afrikaning  ham  eng  past  joyi  hisoblanadi.  Afar  chukmasi  lavalar,  tuflar  kabi 

vulkanik jinslar bilan hamda dengiz, ko‘l va eol yotqiziqlar bilan qoplangan. Uning 

atrofida  Alu  (496  m),  Gobuli  (960  m),  Umnuna  (690  m),  Afdera  (1200  m)  va 

boshqa vulkanlar tizimi polosa bo‘lib joylashgan. 

Efiopiya  tog‘ligi  janubi-sharqda  chuqur  o‘zilma  vodiy  orqali    Haud 

platosidan  ajralib  turadi.  Bu  plato  kristall  jinslardan  tarkib  topgan    Somali  yarim 

oroli  platosi  tomon  zinapoya  hosil  qilib  pasayib  boradi.  Somali  platosi  ham  o‘z 

navbatida janubi-sharqqa Hind  okeani Ugomon asta-sekin pasayib borib,  qirg‘oq 

bo‘yi  tekisligi  bilan  tutashadi. Platoning shimoliy  qismi  2200-2400  m  (SHimbiris 

tog‘i  2416  m)  balandlikacha  ko‘tarilib  bir  necha  massivlarga  bo‘lingan.  Uning 

shimoliy yon bag‘ri Adan qo‘ltig‘iga tutashgan. Somali platosi Efiopiya tog‘ligiga 

nisbatan  ancha  past,  tektonik  o‘zilmalar  va  yoriqlar  kam  tarqalgan,  lavalar  bilan 

qoplangan erlar oz maydonni egallagan. 

Efiopiya-Samali  tabiiy  geografik  o‘lkasining  iqlimi  asosan  ekvatorial, 

musson iqlim.Uning shimoliy qismi tropik cho‘l va chala-cho‘l iqlimiga mansub. 

Efiopiya tog‘ligiga va Somali platosiga yog‘ingarchilikni Hind okeanidan esadigan 




musson shamollari olib keladi. YOg‘ingarchilikning katta qismini tog‘likning yon 

bag‘rlari  to‘sib  qolib,  yiliga  o‘rtacha  1000  mm  dan    ortiq  yog‘in  tushadi. 

Tog‘likning,  ichki  vodiylarida,  berk  botiqlarda  va  Somali  yarim  orolining  katta 

qismida yillik yog‘in miqdori 250 mm ga, Afar chukmasida esa 200 mm ga ham 

etmaydi.  O‘lkaning  eng  qurg‘oqchil  rayyoni  Qizil  dengiz  sohili  hisoblanadi.  Bu 

erda  yillik  yog‘in  miqdori  125  mm  atrofida  bo‘lib    haviviy  cho‘l  sharoiti 

hukmronlik  qiladi.  Qizil  dengiz  sohilida  yog‘ingarchilikning  nihoyatda  kam 

bo‘lishiga  sabab  qish  oylarida  Arabiston  yarim  oroli  tomonidan  esadigan  quruq 

shimoli-sharqiy passat shamollarining ta’siridir. 

Ulkaning baland tog‘ massivlaridan boshqa barcha hududida havo juda issiq 

va harorat yuqori bo‘ladi. O‘rtacha oylik va yillik harorat 20°S

dan past bo‘lmaydi. 



Adan qo‘ltig‘i sohilida yanvar oyining o‘rtacha harorati 24°S ga, iyulning o‘rtacha 

harorati 36°S ga teng. YOz oylarida maksimal harorat 40°-50°S gacha ko‘tariladi. 

Bu er yuzidaga eng issiq rayonlardan biri hisoblanadi.  

Efiopiyaning  baland 

TOF 

massivlari  uchun  iqlimning  baland  tog‘ 

mintaqaligiga harakterli.  Tog‘likning 1700-1800  m  balandlikkacha  bo‘lgan  qismi 

issiq va nam iqlim mintaqa (kolla) ga qaraydi. Bu erda o‘rtacha oylik harorat 20°S 

dan pastga tushmaydi. Undan yuqorida  2400 m balandlikkacha bo‘lgan 

TOG




 

yon 


bag‘rlaridagi  mu’tadil  iqlim  mintaqa  (voyna-dega)  da  o‘rtacha  oylik  harorat  yil 

davomida 15°-20° S atrofida




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish