bo‘ladi. Qish oylarida harorat -5° S gacha pasayadi. YOg‘ingarchilik mikdori
1300 mm ni tashkil etadi. Bu mintaqa hududida Efiopiyaning poytaxti Addis
Abeba shahri joylashgan. 2400 m dan yuqorida sovuq iqlim mintaqasi (dega)
boshlanadi. Bu mintaqada havo ancha salqin, aprelning o‘rtacha harorati 16°S va
dekabrniki 13°S atrofida bo‘ladi. 4000 m dan balandda qish oylarida qor yog‘adi.
Tog‘larning asosiy qismiga va baland tog‘ massivlarining g‘arbiy yon bag‘irlariga
yog‘ingarchilikni Atlantika okeanidan esuvchi janubi-g‘arbiy va g‘arbiy nam
musson shamollari olib keladi.
Efiopiya tog‘ligidan ko‘plab ostonali, sharsharali sersuv daryolar boshlanadi
va chuqur vodiylar hosil qilib jushqin oqadi. Tog‘likning shimoliy qismidan Ko‘k
Nil, Atbara, Takkaze, Avash daryolari, janubiy qismidan Sobat, Omo, Juba, Vabi-
SHabali daryolari boshlanadi. Bulardan Omo daryosi Rudolf ko‘liga va Juba
daryosi Hind okeaniga quyiladi. Quruq iqlimli Somali yarim orolida, Qizil dengiz
sohilida va Afar botig‘ida doimiy oqib turadigan daryolar umuman uchramaydi.
Lekin yomg‘irdan keyin vaqtincha suv oqadigan quruq uzanlar juda ko‘p.
SHuning uchun bu rayonlarda o‘troq holda yashaydigan aholi juda kam uchraydi.
O‘lkaning cho‘l va baland tog‘ rayonlaridan boshqa hamma qismida issiq va
nam iqlim sharoitida vulkanik jinslarning em priliju natijasida hosil bo‘lgan qizil
rangli tuproqlar keng tarqalgar. Efiopiya tog‘ligida asosan
TOF QIZIL
va tog‘
qo‘ng‘ir qizil tuproqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning orasida ba’zi joylarda
TOF
laterit tuproqlari ham uchraydi. Tog‘ning g‘arbiy qismida va Somali platosida
lateritlashgan jigar rang-qizil tuproqlar, sharqiy cho‘l qismida qizg‘ish qo‘ng‘ir
tuproqlar yaxshi rivojlangan. SHur ko‘llar atrofida- shur va shurhok tuproqlar hosil
bo‘lgan.
Efiopiya tog‘ligida iqlim singari o‘simlik qoplami ham aniq ifodalangan
balandlik mintaqalari hosil qilib joylashgan. Tog‘likning quyi yon
bag‘irlari, janubiy qismi va daryo vodiylari doimiy yashil va bargini tukadigan
qalin tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda nam tropiklar uchun
harakterli bo‘lgan xilma-xil palmalar, yovvoyi bananlar, kauchukli lianalar,
epifitlar va boshqa tur o‘simliklar, uchraydi. 1700-1800 m dan yuqoridagi mu’tadil
iqlim mintakasida igna-barglilardan baland tanali kedrlar, tisa daraxtlari
hukmronlik qiladi. Efiopiya daraxtsimon sutlamadoshlari, mojjevelniklar (qora
archalar), soyabonsimon akatsiyalar mintaqa hududida yaxshi saqlangan. Ba’zi
joylarda tipik boshoqli savannalarga xos o‘simliklar uchraydi. Efiopiya
tog‘ligining bu rayonlari kofe daraxtining vatani hisoblanadi Mu’tadil
mintaqaning iqlim sharoiti aholi va qishloq xo‘jaligi uchun juda qulay. Bu
rayon dehqonchilik madaniyatining eng qadimiy markazlaridan biri
hisoblanadi. 2400 m dan yuqoridagi sovuq mintaqada o‘simlik ko‘pincha baland
tog‘ tropik dashtlariga
xos bo‘lgan turli xil o‘tlardan tarkib topgan. Ular yaylov
sifatida keng foydalaniladi. Voxalarda xurmo va kokos palmalari o‘sadi. Efiopiya-
Somali ulkasining hayvon
OT
olami turli xil va aralash harakterga ega. Bu o‘lkaning
fauna kompleksi o‘rmonlarga, savannalarga va cho‘llarga xos hayvon turlaridan
tarkib topgan. Efiopiya tog‘ligining quyi mintaqa o‘rmonlarida fillar, karkidonlar,
begemotlar yashaydi. Mu’tadil mintaka o‘rmonlarida maymunlarning bir necha
turlari-gamadrilla, gverets, yashil martishka, endemik geladlar keng tarqalgan
Somali savannalarida va Afar botig‘i cho‘llarida o‘txur sutemizuvchilardan
antilopalar, zebralar, qutoslar, jirafalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tog‘alikning
baland rayonlarida tog‘ echkilari uchraydi. Yirtqich hayvonlardan arslon, qoplon,
sirtlon va chiyabo‘rilar yashaydi. Daryolarda gippopotom va timsohlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |