Xazar fauna kompleksi o‘rta pleystotsenda tarkib topgan. Bu fauna kompleksi
tarkibida trogonteriy fili, Knoblox tuyasi, xazar otlari, german bug‘usi, uzun shoxli
bizon (ho‘kiz turi), shimol bug‘usi, serjun karkidonlar kabi hayvonlar bo‘lgan.
Yuqori paleolit fauna kompleksi yuqori pleystotsenni, arxeologlarning yuqori
paleolit davrini qamrab oladi. Bu o‘ziga xos aralash fauna kompleksi bo‘lib, uning
tipik vakillari mamont va serjun karkidonlar bilan bir vaqtda Arktika
hayvonlarining yangi turlari-shimol tulkisi (peses), lemminglar, qo‘chqor hamda
dasht hayvonlari - ohu, oqquyruq, yumronqoziq, sahro sug‘urlari yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |