Eron tog‘ligi. Old Osiyo tog‘liklari orasida maydoni jihatidan eng kattasi
Eron tog‘ligidir. Uning maydoni 2,7 mln km
2
, g‘arbdan sharqqa 2500 km,
shimoldan janubga 1500 km masofaga cho‘zilgan. Eron tabiiy geografik o‘lka
sifatida shimolda Turon tekisligi va Kaspiy dengizi bilan, g‘arbda Armaniston
tog‘ligi bilan, janubi-g‘arbda Mesopotamiya pasttekisligi bilai, janubda Fors,
Omon qo‘ltiqlari va Arabiston dengizi bilan, sharqda Hind daryosi tekisligi va
Hinduqush tog‘lari bilan chegaralanadi. O‘lka uchun yoysimon shaklda cho‘zilgan
chekka tizma tog‘lar, ichki keng yassi tog‘liklar va berk botiqlar, kam rivojlangan
gidrografik to‘r, quruq iqlim, cho‘l va chala cho‘l landshaftlarining xukmronligi
xarakterli.
Eron tog‘ligining yoysimon cho‘zilgan chekka tizma tog‘lari ikki polosaga
bo‘lingan. SHimoliy polosa Elburs, balandligi 2000-3000 m atrofida bo‘lgan
Turkman-Xuroson, Paropamiz tog‘ tizmalaridan tashkil topgan. Bu tizmalarning
eng baland joylari Elbursda 5604 m (Demovend vulkani), Turkman-Xurosonning
shimoliy qismm Kopetdog‘da 3117 m (Xazormasjid cho‘qqisi), janubiy qismi
Nishapurda 3314 m (Ko‘hi Binlaud massivi) va Bandi Turkistonda 3809 m.
Kopetdog‘ va Nishapur tizmalari oralig‘ida Kuchan-Mashhad botig‘i joylashgan.
G‘arb tomonda bu tog‘lar Turkmaniston Kaspiybo‘yi pasttskisligining janubiy
qismi hisoblangan Gorgan pasttekisligiga tik tushgan. Janubiy polosa Zagros,
Makran va Sulaymon tizmalaridan iborat. Janubiy tizmalarning maksimal
balandliklari Zagrosning markaziy qismidagi Baxtiar tog‘ massivida 4548 m
(Zardko‘h cho‘qqisi), Sulaymon tog‘idagi Obashta cho‘qqisida 3441 m va
Markaziy Makran tizmasida 2293 m.
Eron tog‘ligining‘ ichki qismi O‘rta Eron, O‘rta Afg‘on tog‘lari bilan keng
cho‘l tekisliklarga va botiqlarga bo‘lingan. Ichki tog‘larning balandligi 1500-2000
m atrofida. Ularning‘ ayrim cho‘qqilari 4000 m dan ham oshadi. Jumladan
Ko‘hirud tizmasining Xazar cho‘qqisi dengiz sathidan 4419 m, SHirko‘h cho‘qqisi
4075 m, Sarhad tog‘idagi Teftan so‘ng‘an vulkani 4042 m baland. Ichki regionda
joylashgan Dashti Kabir, Dashti Lut, Jazmuriyon, Seyiston, Registon, Dashti
Margoh tekisliklari va botiqlari sho‘rhok, gilli, toshloq va qum cho‘l landshaftlari
bilan band. Tekislik va botiqlar yuzasining balandligi 200 m dan 600 m gacha, tog‘
etaklariga yaqin joylarda 800 m gacha boradi.
Eron tog‘ligidagi kristall, vulkanik va cho‘kindi jinslarda xilma-xil foydali
qazilmalar vujudga kelgan. Eronning‘ janubi-g‘arbiy qismida, Zagros tog‘
etaklarida, Kaspiybo‘yi pasttekisligida neft konlari ishlab turibdi. Ichki va chekka
tog‘ tizmalarida temir, mis, rux, qo‘rg‘oshin ruda konlari, oltin keng tarqalgan.
SHimoliy botiqlarda toshko‘mir qazib olinadi. Zagros tizmasining janubiy qismida,
ichki rayonlardagi sho‘r ko‘llar atrofida katta zaxdraga ega bo‘lgan osh, kaliy va
glauber tuz konlari mavjud.
Eron tog‘ligi subtropik iqlim mintakasida joylashgan. Ichki tekisliklari va
botiqlari tog‘ tizmalari bilan o‘ralgangili sababli uning hududida quruq kontinental
iqlim, yozda yuqori harorat ustunlik qiladi. Tog‘likning katta- kismida iyulning
o‘rtacha harorati 24°S atrofida. Markaziy tekisliklarda va janubda harorat 30°,
32°S gacha boradi. YOzda tropik havo shakllanib haroratni 40°, 50°S gacha
ko‘taradi. YAnvarning o‘rtacha harorati Kaspiybo‘yida +10°S, janubda +15°S.
Ichki botiqlarda va tog‘likning katta qismida esa 0°S atrofida. Ichki cho‘llarda
yog‘in miqdori 50-100 mm dan oshmaydi. CHekka tog‘larning ichki yon
bag‘rlarida 200-300 mm gacha ko‘payadi. Elburs tog‘ining shimoliy yon bag‘rida
va Kaspiy sohilida 1000-2000 mm ni tashkil etadi. Musson ta’sirida bo‘lgan
Xayber va Sulaymon tog‘larining janubi-sharqiy yon bag‘rlariga 1000 mm yog‘in
tushadi.
O‘lka er usti suvlariga juda kambag‘al. Daryolari Kaspiy dengizi, Fors va
Oman qo‘ltiqlari hamda berk havzalarga qaraydi. Eng yirik daryolari Atrek,
Gorgan, Gerirud, Keshefrud, Gilmend, Xashrudoardir. Ko‘pchilik vohalar daryo
vodiylari bo‘ylab joylashgan. Er usti suvlari aholining suvga bo‘lgan talabini to‘liq
qondira olmaydi. SHuning uchui kishilar ko‘pchilik joylarda kuduqlar va karizlar
qazib er osti suvlaridan ham foydalanadilar.
Eron tog‘ligida ko‘llar mo‘‘tadil tarqalgan. Biroq ular sayoz, sho‘r, aksariyati
yozda qurib qoladigan ko‘llardir, Bular Daryochai-Namak, Bextegan,
Jazmurian, Gaudi-Zira, Sabari va boshqa ko‘llardir. Ularning atrofini sho‘rxoklar
qoplab olgan. Ko‘llarning suv rejimi va qiyofasining o‘zgarishi atmosfera
y
o
g
‘
i
n
l
a
r
i
g
a
b
o
g
‘
l
i
q
.
O‘lka hududida cho‘l bo‘z tuproqlari va chala cho‘l qo‘ng‘ir tuproqlari keng
tarqalgan. Tekislik va botiqlarda sho‘rxok tuproqlar rivojlangan. Ayniqsa Dashti
Kabirning katta maydoni sho‘rxok cho‘llar bilan band. Tog‘larda och tusli va
qoramtir kashtan tuproqlar, Elburs va Sulaymon tog‘lari yon bag‘rlarida o‘rmon
qo‘ng‘ir tuproqlari uchraydi.
O‘simlik qoplamida tog‘ cho‘liga va quruq dashtlarga xos kserofitlar
formatsiyasi hukmronlik qiladi. Ular ichki tekisliklarda, platolarda, kam yog‘in
tushadigan tog‘ yon bag‘rlarida quruq iqlimga moslaщgan holda o‘saveradi.
Kserofit flora tarkibida astragallar, akantolimonlar, esparsetlar ko‘p uchraydi. Gilli
cho‘llarda tropik mintaqaga xos akatsiyalar, baland bo‘yli boshrqli o‘tlar, cho‘l
lshiayniklari o‘sadi.
Keng bargli o‘rmonlar Janubiy Kaspiy pasttekislig‘ida va Elburs tog‘ining
2000 m balandlikkacha bo‘lgan shimoliy yon bag‘rida o‘sadi. Ularning tarkibida
kashtanbargli eman, boshqa turdagi emanlar, buk, grab, gledichiya, doimiy yashil
shamshod, temir daraxti ko‘pchilikni tashkil etadi. Turkman-Xuroson, Paropamiz
va Sulaymon tog‘larida pistazorlar, daraxtsimon mojjevelniklar uchraydi.
Balandroqda ular butazorlar va alp o‘tloqlari bilan almashinadi. Daryo vodiylari
bo‘ylab qamishzorlar, yulg‘unzorlar va oleandrazorlar polosasi cho‘zilgan. Dengiz
sohillarida, vodiylarda va tog‘ etaklarida yirik voxalar joylashgan. Sug‘oriladigan
vohalarda paxta, sholi, tamaki etishtiriladi, mevali bog‘lar, sitruszorlar va
xurmozorlar barpo etilgan. Janubiy rayonlarda shakar qamish, finik palmasi
plantatsiyalari bor.
Ichki tekisliklarda va tog‘larda antilopa jayron, tog‘ echkisi, tog‘ qo‘yi,
yovvoyi cho‘l mushugi, chiya bo‘ri va kemiruvchi hayvonlar yashaydi. Tog‘
o‘rmonlarida qo‘ng‘ir ayiq, kosulya, yo‘lbars, qoplonlar uchraydi. To‘qayzorlarda
yovvoyi cho‘chqa, janubiy cho‘llarda g‘izol, bengal echkemari, mangustalar bor.
Daryo va ko‘l bo‘yi chakalakzorlari qushlarga boy.
Do'stlaringiz bilan baham: |