Arabiston yarim oroli. Arabiston yarim oroli Yevrosiyoning eng katta va
arid iqlilmi tabiiy geogarfik o‘lkalaridan biri bo‘lib, uning cho‘l landshaftlari
shimolda Suriya cho‘li va Sinay yarim oroligacha kirib boradi. Bu erdagi cho‘llar
Afrika tropik cho‘lparining davomi hisoblanadi. Arabiston yarim orolining
maydoni 3 mln km dan ziyodroq. Uning katta qismi Saudiya Arabistoniga, qolgan
qismi YAmai Arab Respublikasi, Oman, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt,
Iordaniya, Iroq va Suriyaga qaraydi. YArim orol janubi-g‘arbda Qizil dengiz bilan,
janubi-sharqda Adan qo‘ltig‘i va Arabiston dengizi bilan, shimoli-sharqda
Mesopotamiya pasttekisligi, Fors va Oman qo‘ltiqlari bilan, g‘arbda O‘rta dengiz
bilan chegaralanadi.
O‘lkaning Oman ko‘ltig‘iga yaqin uchastkasidan boshqa barcha qismi Afrika
platformasidan ajralgan qadimiy kristall massivdan shakllangan. Arxey kristall
jinslari yarim orolning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismida er yuzasiga chiqib yotadi.
Qolgan rayonlarda ular yura, bo‘r va paleogen dengiz yotqiziqlari tagida qolgan. Er
yuzasining hozirga tuzilishi neogevda yuz bergan vertikal tektonik harakatlar va
vulkanizmning mahsulidir.
Tog‘lar Arabiston yarim orolining Qizil dengiz sohili bo‘ylab tik yon bag‘r
hosil qilib ko‘tarilgan. Ularning platosimon tekislangan tepalari chuqur
pastqamliklar bilan alohida massivlarga bo‘lingan. Massivlarning balandligi
shimolda 2000-2500 m dan janubda 2700-2800 m gacha ko‘tariladi. Makkaning
janubida joylashgan Hijoz tog‘larining maksimal balandligi Daka cho‘qqisida 3353
m ga etadi. O‘lkaning janubi-g‘arbiy chekkasidagi tizmalarning eng baland joyi
Xisha tog‘ida 3268 m ga, En-Nabishaib tog‘ida 3600 m ga teng. Tog‘li relef yarim
orolning sharqiy chekkasi uchun ham harakterli. Bu erdagi Oman tog‘lari kelib
chiqishiga ko‘ra alp burmalanish zonasigi qaraydi va tektonik jihatdan Zagros
tog‘larining davomi hisoblanadi. Oman tizmasining eng baland nuqtasi SHam
tog‘ida 3353 m ga teng.
Arabiston yarim orolining ichkari qismi turli xil balandliklardagi plato va
tekisliklardan tarkib toptan. Ularning geologik tuzilishi va relef shakllari ham
xilma-xil. Relefini shakllanishida sahroviy nurash va eol jarayonlar etakchi rol
o‘ynagan. Ichki Arabistonning eng baland ko‘tarilgan qismi O‘rta Arabiston
platosidir. U Hijoz va Al-Asir tog‘laridan sharq tomonda joylashgan va qadimiy
kristall jinslardan tuzilgan. Bu jinslar ayrim joylarda lavalar bilan qoplangan. O‘rta
Arabiston platosi relefida orollar shaklida 1000-1500 m gacha ko‘tarilib turgan
balandliklar ko‘p uchraydi. Laxu (1574 m), Tuvayk (1143 m), Ibn-Axmar (1371
m), kabi tog‘lar shular jumlasidandir.
O‘rta Arabiston platosidan shimolda Katta Nefud cho‘li va sharqda Kichik
Nefud (Daxna) cho‘li joylashgan. Bu cho‘llarda sochma qumlar, balandliga 80-100
m gacha etadigan qum gryadalari va qum tepaliklari keng tarqalgan.
YArim orolning janubiy qismida maydoni 650 ming km
2
atrofida bo‘lgan
Rub’-ul-Xoli cho‘li joylashgan. Qumli cho‘l g‘arbda Jihoz va Sirot tog‘ etaklaridan
sharqda Oman tog‘ etaklarigacha cho‘zilgan. Er yuzasi g‘arbda 500-1000 m dan
sharqda 100-200 m gacha pasayib boradi. Uzoq masofalarga cho‘zilib yotgan
ko‘chma kum barxanlari va qum gryadalariiing balandligi 100-200 m gacha etadi.
CHo‘llarning er yuzasi ueddalar-quruq o‘zanlar bilan kesilgan.
Katta Nefud cho‘lidan shimol tomonda SHimoliy Arabiston va Suriya cho‘li
yastanib yotibdi. Ularning poydevori kristall jinslardan iborat. Ustki qatlami bo‘r
va paleogen cho‘kindi jinslari bilan qoplangan. SHimoliy Arabiston platosining
o‘rtacha balandligi 400-500 m, eng baland nuqtalari Al-Garais ko‘tarilmasida 1182
m ga, Katob-esh-SHama ko‘tarilmasida 1010 m ga etadi. Suriya cho‘lida qum
gryadalari, dyunalardan tashqari keng pastqam joylar ham uchraydi. Atrofdagi
ko‘p tarqalgan quruq o‘zanlar ueddalar berk botiqlarga kelib tugaydi.
Arabiston yarim orolining er bag‘ri neft konlariga boy. Ayniqsa Qatar,
Quvayt, Saudiya Arabistoni, Dammam rayonlari neftga nihoyatda boy. Bu
regiondagi neftlar yura davrining ohaktoshlaridan, Baxreyn orollaridagi neft bo‘r
yotqiziklaridan qazib olinadi.
YArim orolning katta qismi tropik cho‘llar zonasida joylashganligi tufayli
yil bo‘yi kontinental tropik havo massasi hukmronlik qiladi. SHuning uchun
atmosfera yog‘inlari nihoyatda kam tushadi. O‘lkaning ichki rayonlarida va g‘arbiy
sohillarida yillik yog‘in miqdori 30-50 mm ga ham etmaydi. Yil bo‘yi quruq davr
davom etib, harorat yuqori bo‘ladi. Arabistonning faqat shimoliy kismi subtropik
mintaqaga qaraydi. O‘lkaning tekisliklari va platolarida yoz oylarining o‘rtacha
harorati 25°, 30°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat Arabistonning markaziy
rayonlarida 55°S gacha borgan. Tog‘ massivlarida harorat bir oz pasayadi. YArim
orolning shimoliy qismiga va Suriya cho‘ligi sovuq havo to‘lqini kirib kelgan
paytlarda eng sovuq oyning harorati 10°, 15°S gacha tushadi. O‘lkaning
yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan joylari Oman va YAman tog‘laridadir. Yillik
yog‘in miqdori Oman tog‘ yon bagrlarida 750 mm ni tashkil etadi.
Arabiston yarim orolining hozirgi iqlim sharoiti daryo to‘rlarini
rivojlanishiga imkon bermaydi. SHu sababdan uning katta qismida oqar suvlar
uchramaydi. Keng tarqalgan quruq daryo o‘zanlari qadimda nam iqlim davri
bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu o‘zanlardan ahyon-ahyonda bo‘lib turadigan
yomg‘irlar vaqtidagina suv oqadi. Arabistonni suv bilan ta’minlashning asosiy
manbai er osti suvlari hisoblanadi. Voha landshaftlarining mavjudligi ham bevosita
grunt suvlari bilan bog‘liq.
Arabistonning asosiy qismini tropik cho‘l va chala cho‘l landshaftlari
egallab olgan. Bunday joylarda tuproq-o‘simlik qoplami kam rivojlangan.
O‘simliklari sukkulentlardan (aloy, sutqon), butalardan va tomiri yaxshi
rivojlangan astragal, shuvoq, aristidalardan iborat. YAman tog‘larining
mussonlarga ro‘para bo‘lgan yon bag‘rlari tabiiy va madaniy o‘simliklarga boyroq.
O‘rmonlar ko‘pincha 1000-2000 m balandliklar oralig‘ida tarqalgan. Ular akatsiya,
mimoza, daraxtsimon sutqon, ulkan ajdar daraxta kabilardan iborat. O‘rmonlar
mintaqasidan pastda o‘simlik qoplami cho‘l qiyofasiga, yuqorida esa cho‘l-dasht
harakterga ega. Vohalarda finik palmasi, ayrim sug‘oriladigan sohillarda kokos
palmasi o‘sadi.
Arabiston faunasi G‘arbiy Osiyo, O‘rta dengiz Yevropasi va Afrika
faunasiga o‘xshash. CHo‘llarda antilopa, gizol, yovvoyi eshak-onagr, katta kuloqli
tulki - fenek, ola sirtlon va chiyabo‘rilar yashaydi. Tog‘larda daman, qoplon,
gamadrillar uchraydi. CHo‘llarda sudralib yuruvchilardan zaharli qora ilon, kobra
yoki ko‘zoynakli ilon, ko‘k ilon (gurza), agama va kaltakesaklar ko‘p tarqalgan.
CHo‘l parrandalaridan to‘rg‘aylar, chillar, kakliklar xarakterli. Tropik
savannalarda deyarli qirilib, ketgan va hozirgi vaqtda juda kam qolgan tuyaqushlar
ahyon-ahyonda uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |