joylashgan va allyuvial pasttekislikdan tashkil topgan landshaft oblastdir. Uning
nomi ham "ikki daryo oralig‘i" degan ma’noni bildiradi. Mesopotamiyaning katta
qismi Iroqqa, shimoli-g‘arbiy qismi Suriyaga va janubi-sharqiy qismi Eronga
qaraydi. Uning tabiatini shakllanishida shimolida qurg‘oqchil subtropik iqlim,
janubida tropik cho‘l iqlimi, yassi tekis relef va ikki buyuk daryo etakchi rol
o‘ynaydi. Mesopotamiya pasttekisligi Arabiston platformasi kristall massivi bilan
alp burmali zonasi oralig‘idati bukilmada joylashgan. Bukilma Fors qo‘ltig‘inipg
dengiz cho‘kindilari, tog‘lardan keltirilgan nuragan toshlar, Dajla va Furot
daryolarining allyuvial yotqiziqlari bilan to‘lgan. Relefida gipsometrik jihatdan
aniq ifodalangan va bir-biridan farq qiluvchi ikki xil zinapoya yuza ajralib turadi.
Birinchisi Mesopotamiyaning Armaniston tog‘ligi va Surnya cho‘li platosiga yaqin
joylashgan shimoli-sharqiy qismi. Uning yuzasi daryo vodiylari bilai parchalangan
sertepa baland tekislik hisoblanadi. O‘rtacha balandligi 200-400 m atrofida. Ayrim
joylarining balandligi 1000 m ga etadigan qirlar kesib o‘tgan. Ikkinchisi
Mesopotamiyaning janubi-sharqiy yassi allyuvial pasttekislik qismi bo‘lib, uning
balandligi 100 m ga ham etmaydi. Bu pasttekislik Fors qo‘ltig‘ida yirik delta bilan
tugallanadi.
Mesopotamiya landshaft oblasti neft konlariga nihoyatda boy. Neftli
qatlamlar mezozoyning va paleogenning dengiz yotqiziqlarida hosil bo‘lgan. Neft
qazib olinadigan rayonlar YUqori Mesopotamiyaning Mosul va Kirchuk
shaharlari atrofida, Quyi Mesopotamiyaning Basra, Xuziston shaharlari yaqinida
joylashgan.
YOzda Mesopotamiya hududini tropik havo massasi qamrab oladi. Qishda
oblastning shimoliy qismiga Atlantika okeanidan siklonlar kirib keladi, janubiga
esa juda kam tarqaladi. Bu erda deyarli yil bo‘yi kontinental tropik havo
hukmronlik qiladi. SHu boisdan oblastning shimolida uzok davom etmasada
yomg‘irli davr vujudga keladi, janubida esa bunday davr kuzatilmaydi. Binobarin,
yog‘in miqdori ham shu yo‘nalishda o‘zgarib boradi. SHimolda yillik yog‘in
miqdori 300 mm, balandliqlarda 500-700 mm bo‘lsa, janubga tomon 200-100 mm
gacha kamayadi. Ayrim rayonlarda 100 mm ga ham etmaydi. YOzda harorat juda
yuqori bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 30°S dan oshadi. Mutloq maksimum
55°S ga teng. Sovuq oyning o‘rtacha harorati shimoldan janubga tomon 7°S dan
10
N
S gacha o‘zgarib boradi. SHimoldan antitsiklonlar kirib kelganda harorat -
10°,-16
0
S gacha pasayadi.
Mesopotamiya pasttekisligini shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa qarab ikkita
daryo kesib o‘tadi. Bular Dajla va Furot daryolari bo‘lib, ular Al-Qurn shahri
yaqinida uzunligi 195 km ga cho‘zilgan va Fors qo‘ltig‘iga quyiladigan SHatt-ul-
Arab daryosiga birlashadi. Uning maksimal suv sarfi 8000-10000 m
3
/sek ga,
minimai suv sarfi .1000-1700 m
3
/sek ga teng. Daryoning har ikkala sohili
xurmozorlar bilan band. Daryo suvidan qishloq xo‘jalik landshafglarini
sug‘orishda keng foydalaniladi. Kemalarning qatnovi uchun juda qulay.
Dajla daryosi Armaniston Tavri tog‘lari yon bag‘ridan oqib tushadi. Unga
Katta Zab, Kichik Zab, Diala kabi irmoqlar kelib qo‘shiladi. Dajlaning uzunligi
1950 km, havzasining maydopi 375 ming 1sm
2
, o‘rtacha yillik suv sarfi Bog‘dod
yaqinida 1240 m
3
/sek. Furot daryosi ham Armaniston tog‘ligidan boshlanadi.
Uning uzunligi 3065 km, havzasining maydoni 674 ming km
2
, o‘rtacha yillik suv
sarfi Hit shahri yaqinida 840 m
3
/sek. Pasttekislikning kesib o‘tgan joylarda Furot
o‘zanining kengligi 150-500 m ga, chuqurligi 10 m ga etadi. Ikkala daryo ham qor
va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. Mesopotamiada mavjud bo‘lgan barcha voha
landshaftlari Dajla va Furot Daryolar suvi bilan sug‘oriladi.
Mesopotamiyaning katta kismi uchun cho‘llarga va chala cho‘llarga xos
tuproqlar, o‘simliklar harakterli. SHimoliy qismida tarkibida 1 % dan ham kam
chirindi bo‘lgan bo‘z tunroqlar, janubida oddiy skeletli cho‘l tuproqlari uchraydi.
Toshloq va qumli cho‘llarda tuproq-o‘simlik koplami rivojlanmagan. Pastqam
joylarda taqirlar va sho‘rxoqlar keng tarqalgan. Daryo vodiylarida hosildor
allyuvial tuproqlar rivojlangan. O‘simlik qoplami siyrak tarqalgan kserofitlardan
iborat. SHimoliy qismida shuvoq, sho‘ra va efemerondlar, janubdagi tropik
cho‘llarda butalar va o‘t o‘simliklari o‘sadi, efemeroidlar kam uchraydi. Balandlik
yon bag‘rlarida u er-bu erda eman, yovvoyi pista va boshqa butalar ko‘zga
tashlanadi. Daryo vodiylarida Furot teragi, tol, yulg‘un va qamishlar o‘sadi.
Janubiy rayonda madaniy va yovvoyi finik palmalari keng tarqalgan. CHo‘llarda
kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar ko‘p uchraydi. Sut emizuvchilardan g‘izol,
yovvoyi eshak, sirtlon, chiyabo‘rilar bor. Daryo bo‘ylarida suvda suzuvchi qushlar
yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: