Janubi-sharqiy Osiyo
Yevrosiyoning eng janubi-sharqiy qismida joylashgan Hindixitoy yarim oroli
va uning janubiy davomi bo‘lgan Malakka yarim oroli Janubi-SHarqiy Osiyo
regionini tashkil etadi. Hindixitoy yarim oroliga yaqin joylashgan Malay arxipelagi
ham orollar tabiiy geografik o‘lkasi sifatida Janubi-SHarqiy Osiyo regioni
tarkibida o‘rganiladi. Quyida bu o‘lkalarning tabiiy geografik xususiyaglariga
tavsilot berib o‘tamiz.
Hindixitoy yarim oroli. Hindixitoy yarim oroli Yevrosiyoning eng janubi-
sharqiy qismida joylashgan tabiiy geografik o‘lkadir. Uning maydoni 2 mln km
2
atrofida bo‘lib, sharqiy va janubiy qirg‘oqlarini Tinch okean dengizlari, g‘arbiy
qirg‘oklarini hind okeani dengiz va qo‘ltiq suvlari yuvib turadi. Hindixitoy yarim
oroli materikning janubiy qismida joylashgan yarim orollardan qirg‘okparining
kuchli kesilganligi, geologik strukturasining murakkabliga va er usti tuzlishining
xilma-xilligi bilan farq qiladi. O‘lka hududida Vetnam, Laos, Kampuchiya,
Tailand, Birmaning katta qismi va Malayziya, joylashgan.
Hindixitoy yarim orolining o‘rtalik qismi eng qadimiy Hindsina kristall
massividan, sharqiy qismi mezozoy burmali strukturadan va g‘arbiy qismi
kaynozoy burmali strukturadan tarkib topgan. SHuning uchun tog‘ tizmalarining
yo‘nalishi submeridional yo‘nalishga ega. Er yuzasining umumiy qiyaligi
shimoldan janubga tomon pasayib boradi. SHimoliy va markaziy qismlarida
tog‘liklar va platolar, janubiy qismida allyuvial pasttekisliklar joylashgan.
O‘lkaning barcha tog‘ tizmalari va tog‘liklari shimoldan janubga qarab cho‘zilgan
g‘arbiy, markaziy va sharqiy orografik mintaqalarga bo‘linadi.
YArim orolning g‘arbiy chekka qismida Rokxayn yoki Arakan tog‘ tizmasi
Bengal ko‘ltig‘i qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilgan. Uning janubiy davomi Andaman,
Nikobar, Sumatra va YAva orollarigacha kirib borgan. Arakan tog‘lari parallel
tizmalardan iborat bo‘lib, aksariyat qismi paleogen davrining yotqiziqlaridan
tuzilgan. Uning eng baland nuqtasi Viktoriya cho‘qqisida 3053 m ga etadi. Arakan
tog‘ tizmasidan janubda balandligi 1898 m bo‘lgan Sun tog‘i, sharq tomonda
baland nuktasi 800 m ga ko‘tarilgan Pegu past tog‘lari joylashgan. Arakan va Pegu
tog‘ tizmalarini bo‘ylama cho‘zilgan Iravadi vodiysi va shu nomli allyuvial
pasttekislik ajratib turadi.
G‘arbiy mintaqadan sharqroqda joylashgan markaziy orografik mintaqa
shimolda SHan tog‘ligidan boshlanib Malakka yarim orolining janubiy qismigacha
davom etadi. SHan tog‘ligi va uning janubiy davomi bo‘lgan tizmalar kembriydan
oldingi qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan. Ularning ustki qismi
paleozoyning ohaktoshlari va qumtoshlari bilan qoplangan. Bu qadimiy
burmalangan zona mezozoy va kaynozoyda vertikal tektonik harakatlar natijasida
qaytadan ko‘tarilib burmali-palaxsali tog‘larga aylangan. SHan tog‘ligi chuqur
vodiylar va tog‘oralig‘i botiqlari bilan kuchli parchalangan. Uning g‘arbiy
ohaktoshli pastrok qismida karst relef shakllari yaxshi rivojlangan. SHarqiy qismi
tik yon bargli va dengiz sathidan 2000-2500 m baland ko‘tarilgan. Ular Saluin
daryosining chuqur vodiysi orqali ajralib turadi.
SHan tog‘ligidan janubda Tanentaunji (Intixanon cho‘qqisi 2595 m) va
Bilau tizmalari joylashgan. Malakka yarim orolida markaziy mintaqa ancha
kengayib balandligi orta boradi. Malakkaning shimoliy qambar qismini Punet
(1465 m) va Luang (1793 m) tog‘lari, janubiy kengaygan qismini Taxan (2187 m)
va Korbu (2183 m) tog‘lari egallab olgan.
Hindixitoyning markaziy qismida maydoni 160 ming km
2
atrofida bo‘lgan
Korat platosi joylashgan. Uning balandligi 150-500 m dan 1000 m gacha boradi.
Qorat platosi bilan Pasak vodiysi oralig‘ida meridian bo‘ylab Dongpxrayafay
tizmasi (Miang cho‘qqisi 2320 m) cho‘zilib yotibdi. Undan janubi-sharq tomonda
Kravan (Kardamon) tog‘i cho‘zilgan. Baland nuqtasi Samkax cho‘qqisida 1744 m
ga etadi.
Hindixitoyning sharqiy qismidagi sharqiy orografik mintaqa shimoldan
janubga dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilgan. Uning shimoliy qismidagi kuchli
parchalangan tog‘likda yarim orolning eng baland nuqtasi
Fansipan cho‘qqisi
dengiz sathidan 3143 m ko‘tarilib turibdi. Undan janubga tomon cho‘zilgan
CHionshon tizmasidagi Saylayleng tog‘ida maksimal balandlik 2711 m ga, Raoko
tog‘ida 2286 m ga etadi. SHarqiy mintaqa tog‘lari janubga tomon pasayib boradi.
Iravadi, Menam va Mekong daryolarining quyi qismlarida allyuvial pasttekisliklar
katta maydonlarni egallab olgan. Hindixitoyning janubi-sharkiy qismida yuzasi
yassi tekis bo‘lgan Dongrek botig‘i joylashgan. Daryo vodiylari va pasttekisliklar
aholi eng zich joylashgan va maksimal o‘zlashtirilgan erlar hisoblanadi.
O‘lkaning qadimgi burmali strukturalardan tarkib topgan markaziy tog‘
mintakasi foydali qazilmalarga boy. SHan tog‘ligidan ko‘rg‘oshin, rux, volfram,
qalay, kumush va boshqa rudalar qazib olinadi. Malakka yarim orolidagi tog‘larda,
Annam tog‘ida oltin, volfram, qalay konlari joylashgan. SHarqiy mintakaning
kaynozoy yotqiziqlarida neft konlari bor. Kravan’ (Kardamon) tog‘lari sapfir,
yoqut kabi qimmatbaho toshlarga boy.
Hindixitoy yarim orolining katta qismi subekvatorial mintaqada va janubiy
(Malakka yarim oroli) qismi ekvatorial mintaqada joylashgan. Mintaqalar
o‘rtasidagi chegara taxminan 10° sh.k. dan o‘tadi. Subekvatorial iqlim mintakasida
harorat, yog‘ingarchilik va musson sirkulyasiyasining fasliy o‘zgarishi aniq
ifodalangan. Bundan tashqari o‘lka hududida tog‘ tizmalarining meridional
yo‘nalishi qish oylarida shimoldan kontipental sovuq havoni kirib kelishiga
to‘sqinlik qila olmaydi. SHuning uchun o‘lkaning shimoliy qismida eng sovuq
oyning o‘rtacha harorati 1000 m balandlikda +16°S dan yuqori ko‘tarilmaydi.
Ayrim paytlarda yanvarda harorat +4°S gacha pasayadi. 15° sh.k. dan janubda
kontinetal havo massasining ta’siri sezilmaydi. Bu erda eng sovuq oyning harorati
+21°, +23°S gacha boradi. Pasttekisliklarda iyulning o‘rtacha harorati 26°, 27°S.
YArim oroada eng issiq oy iyul emas, aprel hisoblanadi. Aprelning o‘rtacha
harorati Rangunda 29°S ga teng, tekisliklarning ichkari rayonlarida esa 30°S dan
oshadi.
Janubi-g‘arbiy ekvatorial mussonlar o‘lkaning katta qismiga nam havo
massalarini keltiradi. Natijada yarim orolning g‘arbiy qirg‘oqlariga yiliga 3000
mm atrofida yog‘in tushadi. YOg‘ingarchilikning 80% i yoz oylariga to‘g‘ri keladi.
Ichki rayonlarda yog‘in miqdori 1000 mm gacha kamayadi. Hindixitoyning
shimoliy qismida Janubi-Xitoy dengizidan esadigan janubi-sharqiy mussonlar
harakat qiladi. Bu erda ham yog‘ingarchilikning asosiy qismi yoz fasliga to‘g‘ri
keladi. Dengiz tomondan tropik tayfunlar kelib turadi. YArim oroning sharqiy
qirg‘oqlariga yomg‘irni shimoli-sharqiy yo‘nalishdagi qishki mussonlar keltiradi.
Maksimum yog‘ingarchilik kuz va qish oylarida kuzatiladi, yozda esa g‘arbiy
mussonlar sharqiy qirg‘oklarga orografik to‘siq tufayli etib bora olmaydi va u erlar
yoz faslida quruq bo‘ladi. SHunga qaramasdan sharqiy sohillarga yiliga 1500 mm
dan 3000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi.
Ekvatorial iqlim mintaqasida o‘rtacha oylik harorat ham yog‘ingarchilik
miqdori ham bir tekisda taqsimlangan. Yil davomida harorat 26°, 29°S ni tashkil
etadi, yog‘in miqdori 1500-2000 mm va undan ham ko‘proq. Kuchsiz shamollar
esib turadi.
Hindixitoy yarim orolining barcha yirik daryolari Tibet tog‘ligidan va
Himolayning sharqiy qismidagi tog‘lardan boshlanadi. Ular yuqori oqimida tog‘
tizmalarini va tog‘liklarni kesib o‘tib, quyi oqimida keng allyuvial pasttekisliklar
hosil qilib oqadi. Kichik daryolar o‘lka hududidagi tog‘liklardan va tizmalardan
boshlanadi. Barcha daryolar uchun musson rejim harakterli.
Mekong daryosi va faqat Hindixitoyda, balki Yevrosiyoda eng uzun
daryolardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 4500 km, havzasining maydoni 810
ming km
2
, maksimal suv sarfi 30000 m
3
/sek. ga, minimali 1500 m
3
/sek ga teng.
Mekong Tibetning Tangla tizmasidan boshlanib, Tinch okeanning Janubi-Xitoy
dengiziga quyiladi. Quyi oqimida Mekongni suv rejimi Tonlesap ko‘li boshqarib
turadi. Uzunligi jihatidan ikkinchi o‘rinda Saluin daryosi turadi. Uning uzunligi
3200 km, havzasining maydoni 325 ming km
2
. Bu daryo ham Tangla tizmasining
4000 m balandligidan boshlanib, Hind okeanining Andaman dengizidagi Martaban
qo‘ltig‘iga quyiladi. Saluin yuqori oqimida qor suvidan, o‘rta va quyi oqimida
yomg‘ir suvidan to‘yinadi.
Iravadi daryosi uzunligi jihatdan Mekong va Saluin daryolaridan keyin
uchinchi o‘rinda turadi. Uzunligi 2150 km ga, havzasining maydoni 430 ming km
2
ga teng. O‘rtacha yillik suv sarfi 13600 m
3
/sek. Iravadi Tibetning janubiy yon
bag‘ridan boshlanib Andaman dengiziga quyiladi. Menam daryosi yuqorida
ta’riflangan daryolardan fark qilib, o‘lka hududidagi tog‘lik va platolardan
boshlanib, quyi qismida Menam allyuviai pasttekisligidan oqib o‘tadi va Janubi-
Xitoy dengizininng Siam qo‘ltig‘iga quyiladi. Barcha daryolar kemalarning
katnovi uchun juda kulay.
Hindixitoyda laterit tuproqlarining bir necha xillari, tog‘larning quyi
mintaqalarida podzollashgan lateritlar keng tarqalgan. Savannalarda sariq, qizil,
qizg‘ish-qo‘ng‘ir tuproqlar, yirik daryo vodiylarida va deltalarda allyuvyal
tuproqlar rivojlangan. Baland tog‘lar uchun qora tusli qo‘ng‘ir va tog‘-o‘tloq
tuproqlar xarakterli.
O‘lka hududida tropik kengliklarga xos bo‘lgan barcha o‘simlik tiplari
uchraydi. Ayniqsa nam tropik o‘rmonlar, mangrazorlar, savannalar, Malakka yarim
orolida tipik ekvatorial o‘rmonlar yaxshi rivojlangan. Hindixitoyning pastqam
sohillarini mangra o‘rmonlari egallab olgan. Mantrazorlarda lipa palmasi ham
uchraydi. Bu o‘rmonlar polasasi vaqti-vaqti bilan suv bosadigan sohilbo‘yi
o‘rmonlari bilan almashinadi. Sohilbo‘yi o‘rmonlarida kokos palmasi, kazuarina,
panduslar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eng ko‘p tarqalgan o‘simlik tipi nam tropik o‘rmonlardir. Ular Hindixitoyning
tekisliklarini, tog‘ yon bag‘rlarining quyi qismini, Malakka yarim orolini va
sharqiy qirg‘oqlarining katta maydoning egallab olgan. O‘rmonlar tarkibida
palmalar, fikuslar, bambuklar, daraxtsimon paporotniklar ustunlik qiladi.
Qimmatbaxo daraxtlardan qizil, nim pushti rang tiko va kauchuk beradigan
daraxtlar o‘sadi. Muskat, qalampir munchoq, koritsa daraxtlari ham uchraydi.
Malakkadagi o‘rmonlarda havoning katta namligi tufayli daraxtlarda mox va
lishayniklarning qalin qoplami hosil bo‘lgan.
Hindixitoy tog‘larining 700-800 m dan yuqori qismlari doimiy yashil
emanlar, bambuklar, paporotniklar bilan, tog‘larning balandroq qismi bargini
to‘kuvchi keng bargli (kashtan, dafna daraxti) o‘rmonlar bilan qoplangan.
Tog‘larning eng baland cho‘qqilarida qing‘ir-qiyshiq o‘rmonlar va subalp
o‘tloqlari tarkib topgan. O‘lkaning namgarchilik kam bo‘ladigan shimoliy va ichki
rayonlarida savanna o‘simlik tipi vujudga kelgan. Ular kesilib ketgan o‘rmonlar
o‘rnida shakllangan bo‘lib, antropogen savannalar hisoblanadi. Savannalar uchun
boshoqli o‘tlar va yovvoyi shakar qamishlar harakterli.
Tekisliklarda va tog‘ etaklarida janubiy o‘simlik o‘rnini madaniy ekinlar
egallagan. Pastqam erlarda sholi, shakar qamish, bananlar etishtiriladi. Qurg‘oqchil
sug‘oriladigan rayonlarda paxta, sal daraxti, kokos palmasi, geveya daraxti ekiladi.
Tog‘larning terrasalashtirilgan yon bag‘rlarida choy plantatsiyalari barpo etilgan.
Hindixitoy yarim orolining‘ fauna tarkibida o‘rmon hayvonlari hukmronlik
qiladi. Ular orasida gibbonlar, makakalar, Hindixitoy fili, qora ayiq, Malay ayig‘i,
yo‘lbars, qoplon, karkidon, yovvoyi mushuk, bug‘u jayra, bambuk kalamushi
ko‘pchilikni tashkil etadi. Suvda va quruqlikda yashovchi xayvonlardan timsohlar
uchraydi. Qushlardan jannat qushlari, tustovuqlar, kakliklar, to‘tildr, yovvoyi
tovuqlar, tovuslar ko‘p tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |