SHri-Lanka oroli. SHri-Lanka Hindiston yarim orolidan janubi-sharqda
joylashgan va undan 60 km kenglikdagi Polkskiy bo‘g‘ozi orqali ajralib turgan
o‘rtacha kattalikdagi oroldir. Maydoni 65,6 ming km
2
. Orol geotektonik struktura
jihatidan Hindiston platformasining peneplenlashgan bir qismi hisoblanadi. Uning
janubiy qismi bir oz ko‘tarilgan, shimoli-g‘arbiy va sharqiy qismlari ancha
pasaygan va yosh yotqiziqlar bilan qoplangan. Orolning janubiy qismida gnsys va
kvarsitlardan tuzilgan Markaziy massiv joylashgan. Massivni chuqur vodiylar,
botiqlar palaxsali tog‘larga va platolarga bo‘lib yuborgan. Uning eng baland
nuqtasi Pidurutapagala tog‘ida 2524 m ga va piramida shaklidagi qoyali Adamov
cho‘qqisida 2243 m ga teng. Markaziy massivning atrofi pasttekisliklar bilan
o‘ralgan.
SHri-Lankaning shimoli-sharqiy katta qismi subekvatorial iqlim mintaqasiga
va janubi-g‘arbiy chekka qismi ekvatorial iqlim mintaqasiga qaraydi.
Pasttekisliklarda yil davomida o‘rtacha harorat 24°S dan 28°S gacha o‘zgarib
turadi. Markaziy massivning 2000 m balandligida harorat 16°S gacha pasayadi.
YOg‘ingarchilikning asosiy qismini yozgi janubi-g‘arbiy va qishki shimoli-sharqiy
mussonlar keltiradi. Ayniqsa janubi-g‘arbiy musson orolning janubi-g‘arbiy
sohilini va Markaziy massivning yon bag‘rlarini juda katta miqdordagi namlik
bilan ta’minlaydi. Bu erda yillik yog‘in
-
miqdori 3000-5000 mm gacha etadi.
Orolning shimolida va shimoli-sharqida yog‘ingarchilik bir oz kam bo‘lib, yiliga
1000-2000 mm atrofida yomg‘ir yog‘adi. SHri-Lankaning janubi-g‘arbida yog‘in
yil bo‘yi bir tekisda taqsimlangan bo‘lsa, shimoli-sharqida ikkita mavsum namlik
va qurg‘oqchil mavsumlari yaqqol ifodalanadi.
Orolning
oqar
suvlari
Markaziy
massivdan
boshlanib,
atrofdagi
pasttekisliklarga tarqaladi. Daryo suvlari qurg‘oqchil shimoli-sharqiy rayonlarda
madaniy ekinlarni sug‘orishda foydalaniladi. Musson yomg‘irlari paytida daryolar
tongib dengizbo‘yi pasttekisliklarini suv bosadi.
Orolning katta qismi qizil va laterit tuproqlar bilan, daryo vodiylari va sohillar
allyuvial tuproqlar bilan qoplangan. Tuproqlarning asosiy qismi o‘zlashtirilib, uzoq
yillar davomida tropik madaniy ekinlarini etishtirishda foydalanib kelinmoqda.
SHri-Lankaning qurg‘oqchil shimoliy va shimoli-sharqiy rayonlari savanna
tipidagi tikanli butazorlar va kserofit tropik o‘rmonlar bilan band. O‘rmonlarda
atlas daraxti, palu va boshqalar o‘sadi. Janubi-g‘arbiy rayonlarning o‘simlik
qoplami nam tropik o‘rmonlardan tashkil topgan. Qadimda qirg‘oqbo‘yi
pasttekisliklari, Markaziy massivning yon bag‘rlari nam tropik o‘rmonlar bilan
band bo‘lgan. Hozir o‘rmonlarning katta maydoni o‘zlashtirilib, ularning o‘rnini
tropik ekinlari, kauchuk beradigan geveya daraxtlari egallagan. Terrasalashtirilgan
tog‘ yon bag‘rlarida choy plantatsiyalari barpo etilgan. Dengiz sohillari uchun
mangra o‘rmonlari va kokos palmazorlari xarakterli. Markaziy massivning baland
yon bag‘rlari va keng platolari turli xil o‘tlar bilan qoplangan.
Hayvonot olami turlarga juda boy. Ularning ko‘pchiligi Hindiston va
Hindixitoyda yashaydigan hayvonlarga o‘xshash. O‘rmonlarda Seylon ayig‘i,
qoplon, silovsin, bug‘u, viveralar, maymunlarning bir necha turlari yashaydi.
Daryo vodiylaridaga chakalakzorlarda yovvoyi buyvol, yovvoyi cho‘chqa, hind
bo‘risi uchraydi. YOvvoyi fillar juda kam qolgan. Sudralib yuruvchilardan
timsoxlar, ilonlar va toshbaqalar keng tarqalgan. SHri-Lanka florasi va faunasini
muhofaza qilish uchun botanika bog‘lari, milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar tashkil
etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |