(Kapimantan, Sumatra, YAva, Sulavesi), Kichik Zond (Bali, Lombok, Sumbava,
kirada- Maydoni 2 mln km
2
ga yaqin. Arxipelagning qirg‘oq chiziqlari turli xil
kesilgan. Ko‘pchilik orollarning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy tog‘li qirg‘oqlari kam
kesilgan, sharqiy va shimoli-sharqiy pasttekis va botqoqli qirg‘oqlari kuchli
kesilgan.
Arxipelag relefida o‘rtacha baland va past tog‘lar ustunlik qiladi. Barcha
tog‘lar alp burmalanishi jarayonida vujudga kelgan antiklinal ko‘tarilmalar
tizimida joylashgan. Aksariyat tog‘lar mezozoy va uchlamchi davr ohaktoshlari,
qumtoshlari va mergeshtaridan tuzilgan bo‘lib, ularni vulkanik jinslar yorib
chiqqan. Vulkan konuslari burmachangan poydevorlar ustida orollar shaklida
alohida-alohida ko‘tarilib turadi. Kalimantan va Sulavesi orollaridagi tog‘lar
paleozoy jinslaridan tarkib topgan va burmali-palaxsali harakterga ega. Sumatra,
YAva va Kalimantan orollaridagi pasttekisliklar sinklinal cho‘kmalarda hosil
bo‘lgan.
Malay arxipelagida vulkanlar keng tarqalgan. Sumatra orolida 15 ta
harakatdagi vulkanlar mavjud. SHulardan berinchi vulkani dengiz sathidan 3800
m, Marapi 2891 m va Pyoetsagu 2780 m baland. YAvadagi 136 ta vulkandan 30
tasi harakatda. Eng yiriklari Semeru (3676 m), Salamet (3428 m), Gede (2958 m)
vulkanlaridir. Filippin arxepelagidagi eng katta vulkanlar Mindano orolidagi Apo
(2954 m) va Luson orolidagi Mayon (2416 m) lardir. Sumatra va YAvani bir-
biridan ajratib turgan Zond bo‘g‘ozida balanligi 800 m bo‘lgan mashhur Krakatau
vulkanik orol joylshgan. Krakatau vulkanining eng dahshatli otilishlari 1883, 1973
yillarda sodir bo‘lgan va juda katta talofatlar keltirgan.
Malay arxipelagi orollari ichida eng kattasi Kalimantan oroli bo‘lib, uning
maydoni 734 ming km
2
. Orolning markaziy qismini janubi-g‘arbdan shimoli-
sharqqa qarab yirik palaxsali tog‘lik massivi kesib o‘tgan. Bu massiv SHvaner,
Myuller, Apo-Duat va Kroker tizmalaridan tarkib topgan. Kapimantanning eng
baland nuqtasi Kroker tog‘idagi Kinabalu cho‘kqisida 4101 m ga etadi.
Malay arxipelagining o‘rta qismi ekvatorial, shimoliy va janubiy qismlari
subekvatorial
iqlim
mintaqalarida
joylashgan.
Ekvatorial
mintaqadagi
pasttekisliklarda va tog‘oldi zonalarida havo harorati yil davomida 25°, 27°S ni
tashkil etadi. Tog‘larning 1500-2000 m balandliklarida eng sovuq oyning o‘rtacha
harorati +15°S ga, eng issiq oyniki +17°S ga teng. Xuddi shunday balandliklarda
harorat -2°, -3
M
S gacha pasayishi mumkin. Tekisliklarda o‘rtacha yillik yog‘in
miqdori 1500-2000 mm ga teng. Hind va Tinch okeanlaridan esadigan
mussonlarga ro‘para bo‘lgan tog‘ yon bag‘rlariga 4000-5000 mm dan 7000-8000
mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Havo namligi o‘rtacha 80%, ayrim joylarda 95%
gacha etadi. Subekvatorial mintaqalarda mussonlarning sirkulyasiyasida qishki
qirg‘okchil va yozgi namlik davrlari aniq ifodalangan.
Malay arxipelagida daryo turi yaxshi rizojlangan. Daryolari sersuv, gidrologik
rejimi kam o‘zgaruvchan qisqa daryolardir. Ulariing yuqori qismi tog‘li, ostonali
va tez oqar, tekislikka chiqandan keyin vodiylar kengayadi, oqim tezligi
sustlashadi. Eng yirik daryolari Klimantan orolidagi Kapuas va Barito,
Sumatradagi Jambi, Inderagiri va Musi, Lusondagi Kagayan, Mindanodagi Agusan
daryolaridir. Botqoqlangan pasttekisliklarda va daryo vodiylarida mayda ko‘llar
k
o
‘
p
.
Tekislik va tog‘larda qizil tuproqlar va podzollashgan turli xil laterit tuproqlar
keng tarqalgan. Atmosfera yog‘inlari kam tushadigan botiqlarda qizg‘ish-ko‘ng‘ir,
jigar rang savanna tuproqlari hosil bo‘lgan. Pasttekisliklarning katta qismini
o‘tloqn, o‘tloqi-botqoq tuproqlar egallab olgan. Tog‘larda vulkanik tuproklar ham
keng tarqapgan.
Malay arxipelagi Er kurasida floraga eng boy region hisoblanadi. Bu erda
o‘simliklarning 45000 dan ziyod turi mavjud. Arxigyulagning 1300-1500 m
balandlikkacha bo‘lgan qismida doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar hukmronlik
qiladi. Bu o‘rmonlar qalin, baland bo‘yli, ko‘p yarusli, liana va epifitlarga juda
boy. Tuproq yuzasini orxideylar, moxlar va lishayniklar qoplab olgan. Lianalar
orasida uzunligi 200-300 m ga etadigan va tevarak-atrofdagi daraxtlarni o‘rab
olgan rotang palmasi alohida o‘rin tutadi. O‘simlik qoplamida palmadoshlar
oilasiga mansub bo‘shgan palmalarning bir qancha turlari, bambuklar, fikuslar,
panduslar, daraxtsimon paporotniklar, yovvoyi bananlar ko‘pchilikni tashkil etadi,
1300-1500 m dan yuqoridagi tog‘ tropik o‘rmonlarida doimiy yashil eman,
rododendron, kashtan, zarang va igna bargli daraxtlar o‘sadi. 3000-3500 m
balandlikda past bo‘shsh tog‘ o‘rmonlari, undan yuqorida alp o‘tloqlari tarqalgan.
Kalimantanning yog‘in kamrok tushadigan ichki rayonlarida nam tropik o‘rmonlar
savannali o‘rmonlar yoki savannalar bilan almashinadi. Savannalarda baland bo‘yli
boshoqli o‘simliklar, alang-alanglar, yovvoyi shakar qamishlar o‘sadi. Aholi
punktlari atrofida banan, non daraxti, mango, palma, duryan plantatsiyalari barpo
etilgan.
Fauna tarkibida o‘rmonlarga xos hayvon turlari ko‘p uchraydi. Ayniqsa
maymunlar oilasiga mansub bo‘lgan orantugan, gibbon, baqaloqlari, pugalo,
makakalar keng tarqalgan. Ahyon-ahyonda fillar, karkidonlar, cheprachli tapirlar,
selebes babirussasi uchraydi. Endemik hayvonlardan makakalardan tashqari anoa
bo‘yvoli ham saqlanib qolgan.
Malay arxipelagi tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi bo‘yicha uchta
tabiiy geografik rayonga bo‘linadi: 1) Kapa Zond orollari. 2) Kichik Zond va
Malukka orollari. 3) Filippin arxipelagi.
Do'stlaringiz bilan baham: