Kavkaz. Kavkaz g‘arbda Qora va Azov dengizlari bilan, sharqda Kaspiy
dengizi bilan chegaralangan. SHimolda Kuma-Manich botig‘i orqali SHarqiy
Yevropa tekisligidan, janubda Rioni-Kura cho‘kmasi orqali Armaniston tog‘li
o‘lkasidan ajralib turadi. Kavkaz hududining katta qismini alp bosqichida paydo
bo‘lgan yosh baland tog‘lar va kichikroq qismini paydo bo‘lishi tog‘lar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan tekisliklar va balandliklar egallagan.
Kavkazning geologik rivojlanish tarixi juda murakkab. Uning hududida
burmalanish dastlab kaledonda, so‘ngra gersin bosqichida sodir bo‘lgan.
Kavkazning hozirgi tektonik strukturasi yura davridan shakllana boshlagan.
Paleozoydagi ko‘tarilishlar Katta Kavkazda orollar shaklidagi quruqlik
massivlarini hosil qilgan. Neogenda Katta Kavkaz va Zakavkaze geosinklinallarida
vertikal harakatlar kuchayib tog‘larning maydoni kengayadi, tog‘oldi va
tog‘oralig‘i cho‘kmalari vujudga keladi. Neogenda burmalanish bilan birga
vulqanlar faoliyati ham kuchayadi. Bu davrda Katta Kavkaz Zakavaze tog‘ligi
bilan tutashadi. Antropogenda yangi ko‘tarilishlar natijasida Katta Kavkaz tog‘lari
yoshardi, Elbrus va Kazbek cho‘qqilari harakatdagi vulkanlar bo‘lgan.
Kavkaz geologik tuzilishi jihatidan Kavkazoldi va Katta Kavkazga bo‘linadi.
Kavkazoldining shimoliy va o‘rta qismlari gersin burmalanishida vujudga kelgan
platformali strukturaga ega bo‘lib, u Skif platformasining bir qismi hisoblanadi.
Katta Kavkaz bilan Kavkazoldi oralig‘ida kambar tektonik bukilma cho‘zilgan.
Uning g‘arbiy qismi Indol-Kuban bukilmasi, sharqiy qismi Terek-Kaspiy
bukilmasi deb ataladi. Kavkazoldining o‘rta qismidagi Stavropol balandligini
asosini kam o‘zgargan gersin burmali platformasi tashkil etadi. Beshtov lakkolitlari
to‘rtlamchi davr magmatizmi vujudga keltirgan vulkanogen shakllardir.
Katta Kavkazning yadrosi yuqori proterozoy, paleozoy, trias jinslaridan
tuzilgan. Ularning yura, bo‘r, paleogen va neogen davrlarining cho‘kindi
qatlamlari o‘rab olgan. Uning o‘ziga xos geologik xususiyati antiklinal tuzilishga
ega ekanligidir. Katta Kavkaz Alp geosinklinal oblastning chekka magaantiklinoriy
zonasiga kiradi. Kolxida, Kura-Arakas pasttekisliklari, Kichik Kavkaz, Tolish tog‘i
va Javaxet-Armaniston tog‘ligi Katta Kavkazdan farq qilib Alp geosinklinal
oblastining ichki burmali-sgruktura zonasiga qaraydi.
Kavkazning shimoliy rayonlarida - Kuban tekisligi, Stavropol balandligi,
CHecheniston va Dog‘istonda neft va tabiiy gaz konlari keng tarkalgan. Ular
paleogen va neogen yotqiziqlaridan qazib olinadi. Katta Kavkazning o‘q qismida
metall rudalar, shimoliy yon bag‘rida, ayniqsa Sadonda tarkibida rux, ko‘rg‘oshin,
kumush ko‘p bo‘lgan polimetall konlari, volfram va molibden ruda konlari
mavjud. Kavkaz shifobaxsh mineral suvlarga juda boy. Mineral buloqlar asosida
ko‘plab kurortlar va sanatoriyalar tashkil etilgan.
Kavkazning geomorfologik strukturasi asosan yirik tog‘ massivlaridan,
balandliklaridan, pasttekisliklardan tarkib topgan. U genetik jihatdan bir xil
bo‘lgan ikkita geomorfologik oblastga Kavkazoldi va Katta Kavkazga bo‘linadi.
Kavkazoldi G‘arbiy va O‘rta Kavkazoldi hamda Kaspiybo‘yi
pasttekisligining bir qismi bo‘lgan Terek-Kuma pasttekisligidan iborat. G‘arbiy
Kavkazoldi Kuban-Azovbo‘yi pasttekisligi deb atalib, o‘rtacha balandligi 50-100
m atrofida. O‘rta Kavkazoldining asosiy orografik birligi Stavropol balandligidir.
Uning mutloq balandligi Strijament tog‘ida 831 m, balandlikdan janubi-sharqda
dasht zonasi o‘rtasida 18 ta orol shaklidagi lakkolitlar ko‘tarilib turibdi. Ularnipg
eng baland nuqtasi Beshtov tog‘ida 1401 m ni tashkil etadi. Lakkolit tog‘lardan
janubi-sharqda Terek va Sunja balandliklari, ularning oralig‘ida Alxanchurt vodiy
botig‘i joylashgan. Balandliklarga g‘arbdan va jaunbdan Kabarda, Osetin va
CHechen kiya tekisliklari tutashgan. SHarqiy Kavkazoldi yoki Terek-Kuma
pasttekisligi suglinkali, gilli va sho‘rxok chala cho‘l tekisliklardan, Terek va Kuma
qum massivlaridan, Terek va Sulak daryolarining deltalaridan iborat.
Katta Kavkaz tipik tog‘ landshaft oblasti bo‘lib, 1100 km masofaga cho‘zilgan, eng
keng joyi Elbrus rayonida 180 km, maydoni 145000 km
2
. U garbda Taman va
sharqda Agpperon yarim orollari bilan tugaydi. Landshaft oblasti relef
xususiyatlariga ko‘ra uch qismga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy va SHarqiy Kavkaz.
Ular o‘rtasidagi chegara Elbrus va Kazbek meridianlari orqali o‘tadi. Katta
Kavkazning baland tog‘ o‘q zonasi ikkita tizmadan Bosh yoki Suvayirg‘ich yaxlit
tizmadan va unga shimol tomondan hamroh bo‘lib cho‘zilgan YOn tizmadan
iborat. Ularning tuzilishida kristall jinslar, ohaktoshlar, gilli slanetslar,
konglomeratlar ishtirok etadi.
Katta Kavkaz landshaft oblastining zng baland qismi Markaziy Kavkazdir.
Uning ko‘pchilik cho‘qqilarini balandligi 5000 m dan oshadi. Jumladan, Elbrus
cho‘kqisi dengaz sathidan 5642 m, Dixtov 5204 m, Kashtantov 5151 m, SHxara
5068 m, Kazbek 5033 m baland.
G‘arbiy Kavkaz Markaziy qismga nisbatan pastroq. Uning eng baland
cho‘qkilari Domboyo‘lgan (4046 m), Gvandra (3983 m), Pshish (3785 m) lardir.
Tizmaning janubiy yon bag‘rida kanonsimon vodiylar bilan kesilgan Abxaz,
Gagra, Bzib, Kodor nalaxsali tog‘lari ko‘ndalang joylashgan. G‘arbiy Kavkaz sohil
tomon pasayib borib Qora dengiz Kavkazini hosil qiladi.
SHarqiy Kavkaz G‘arbiy Kavkazga nisbatan balandroq. Uning bir necha tog‘
cho‘qqilari 4000 m dan yuqori ko‘tarilgan. Bular Tebulosmta (4493 m),
Bozordyuzi (4466 m), SHak (4451 m), Diklosmta (4285 m), SHoxdog (4243 m) va
boshqalardir. SHarqiy Kavkazning shimoliy yon bag‘rlarida Dog‘istonning yirik
burmali tog‘ tizmalari Andiya, Bogos, Gimri, Samur joylashgan. Uning sharqiy
chekka past qismi Kaspiy Kavkazi deb ataladi.
Kavkaz mo‘‘tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Katta
Kavkazning suvayirg‘ich zonasidan shimoliy qismi mo‘‘tadil iqlim, janubiy qismi
subtropik iqlim xususiyatlariga ega. Kavkazoldida qish sovuq keladi, yanvarning
o‘rtacha harorati -2°, -5°S, janubiy tog‘ etaklarining g‘arbida esa +5°S, sharqida
+3°. YOz issiq, iyulning o‘rtacha harorati g‘arbda 23°, 24°S ga sharqda 25°, 29°S
ga teng. Katta Kavkazda iqlim balandlik mintaqalari bo‘ylab o‘zgarib boradi.
Yillik yog‘in miqdori Qora dengiz Kavkazida 1200-1600 mm, Kuban-Azovbo‘yi
pasttekisligi, Ichki Dog‘istonda 400-600 mm, Terek-Kuma pasttekisligining
g‘arbida 350 mm va sharqida 200 mm.
Hozirgi zamon muzliklarning keng tarkalishi Katta Kavkazning harakterli
xususiyatlaridan hisoblanadi. Muzliklarning soni 2047 ta, umumiy maydoni 1424
1sm
2
. Ularning 70% ga yaqini shimoliy yon bag‘rda, 30% ga yaqini janubiy yon
bag‘rda joylashgan. Eng yirik muzliklar Markaziy Kavkazga to‘g‘ri keladi.
Kavkazning daryolari Kaspiy (Sulak, Terek, Kuma, Samur, Alazani), Qora
(Rioni, Inguri, Kodori, Bzib) va Azov (Kuban irmoqlari bilan) dengizlari
havzalariga karaydi. Ular asosan yomg‘ir, qor va muzliklardan to‘yinib bahorda va
yozda to‘lib oqadi.
Kavkaz hududida tuproq va o‘simliklarning taksimlanishi kenglik zonallik va
balandlik mintaqalik qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Azovbo‘yi pasttekisligida va
Stavropol balandligining g‘arbiy qismida qalin gumusli qora tuproqlar keng
tarqalgan. Stavropolning sharqida to‘q tusli kashtan, undan sharqroqda och tusli
kashtan guproqlar shakllangan. Terekning quyi qismida sho‘r tuproqlar va qumlar,
Kubanning quyi qismida botqoq va o‘tloq tuproqlar katta maydonlarni egallab
olgan. Kolxida pasttekisligiga qaragan tog‘ etaklarida qizil, sarik, podzol sariq
tuproqlar rivoj topgan. Katta Kavkazda qora va kashtan tuproqlar tog‘ o‘rmon
ko‘ng‘ir va tog‘ podzol tuproqlari baland, undan yukorida baland tog‘ o‘tloq
tuproqlari bilan almashinadi.
G‘arbiy va O‘rta Kavkazoldida dasht landshaftlari,. SHarqiy Kavkazoldida
chala cho‘l landshaftlari hukmron. Lekin qora va kashtan tuproqli dashtlar kuchli
o‘zlashtirilgan va ularning o‘rnini agrolandshaftlar egallagan. Ahyon-ahyonda
betaga-chalov, turli o‘tlar-chalov dashtlari saqlanib qolgan. Katta Kavkazning
shimoliy yon bag‘rida dasht mintaqasi 200-400 m balandlikda, o‘rmon-dasht
mintaqasi 400-800 m balanddikda joylashgan, Keng barg‘li o‘rmonlar mintaqasida
(600-1200 m) buk, eman, grab, shumtol, ilm, zarang, qayrag‘ochlar o‘sadi. Igna
bargli o‘rmonlarda (1000-2200 m) baland bo‘yli Kavkaz pixtasi, eador qarag‘ayi,
pitsund qarag‘ayi, Pallas qora qarag‘ayi va oddiy qarag‘aylar ko‘pchilikni tashkil
etadi. G‘arbiy Kavkazda 2200-2600 m SHarkiy Kavkazda 2600-3500 m
balandliklarda subalp va alp o‘tloqlari keng tarqalgan. Bu erda alp qo‘ng‘irboshi,
yaltirbosh, tog‘ yo‘ng‘ichkasi, Kavkaz zirasi o‘sadi. Eng yuqorida nival mintaqa
joylashgan.
Kavkaz faunasining asosiy qismi kelib chiqishiga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yi
va Old Osiyo faunasi bilan bevosita bog‘lik. Kavkazoldi dashtlarida yumronqoziq,
qo‘shoyok, olaxurjun, mala quyon, tulki va bo‘rilar ko‘p, SHarqiy Kavkazoldida
to‘g‘ay qo‘shoyog‘i, qumsichqon, dala qumsichqoni uchraydi. Terek va Sulak
deltalaridagi to‘qayzorlar uchun yovvoyi cho‘chqa, chiya bo‘ri va to‘qay mushugi
xarakterli. Tog‘ o‘rmonlarida asl buru, o‘rmon savsari, o‘rmon mushugi, tog‘
echkisi, uykuchi olmaxonlar yashaydi.
Kavkazda noyob landshaftlarni muhofaza qilish va ularni tabiiy holda
saqlash maqsadida Rida, Pitsunda- Myusser, Arxiz, Teberda, Kabarda-Balkar,
SHimoliy Osetiya, Zakatali va boshqa ko‘riqxonalar tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |