O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Tropik  iqlimli  SHarqiy  Osiyo.  Tropik  (yoki  subekvatorial)  iqlimli 

landshaft  oblastiga  SHarqiy  Osiyoning  janubiy  qismi,  Tayvan  va  Xaynan  orollari 

(Janubiy  Xitoy)  kiradi.  Bu  erdagi  fasliy  nam  tropik  o‘rmonlarning  issiqlik  va 

namlik  rejimi  subekvatorial  musson  o‘rmonlaridan  kam  farq  kilganligi  uchun 

Janubiy SHarqiy Osiyoning iqlimini subekvatorial iqlim deb ham qarashadi. 

Oblast hududi. o‘rtacha va past tog‘lar hamda sertepa balandliklar bilan band. Ular 

qadimgi burmalangan strukturalardan tarkib topgan bo‘lib,  Janubiy Xitoy burmali 

tog‘lari deb ataladi. Bu tog‘lar mustaqil nomlarga ega bo‘lgan YUnnan-Guychjou 

tog‘ligi,  Nan’lin  past  tog‘lari  va  Uishan  tizmalariga  bo‘linadi.  Janubiy  Xitoy 

tog‘larining  maksimal  balandligi  Uishan  tog‘ida  2120  m,  YUnnan-Guychjou 

tog‘ligida 2050 m (YUanbaoshan tog‘i), Nanlin tog‘ida 1922 m. 

Landshaft oblastining materik qirg‘oqlari kuchli parchalangan, mayda tog‘li 

orollar nihoyatda ko‘p. Eng yiriklari Tayvan (36000 km

2

) va Xaynan (34000 km



2

orollaridir. Janubiy Xitoy tog‘larining eng baland nuqtasi Tayvan orolida 3997 m 



ga  (ayrim  manbalarda  3950  m  )  etadi.  Bu  Tayvanshan  tizmasining  YUyshan’ 

cho‘qqisidir.  Orolning  shimolida  13  ta  so‘ngan  vulkanlar  mavjud.  Uniig  g‘arbiy 

qismi sohil bo‘ylab chuzilgan pasttekislik bilan band. 

Janubiy  SHarqiy  Osiyo  tropik  (  yoky  subekvatorial  )  iqlim  mintakasida 

okeanga  yaqin  joylashganligi  tufayli  ilimi  nam,  yog‘in-sochini  musson  rejimiga 

ega, havo harorati yil davomida yuqori. YAnvarning o‘rtacha harorati +15°, +20° 

S,  iyulniki  27°,  28°S.  YOg‘in-sochin  miqdori  oblastning  materik  qismida  1500-

2000  mm,  Tayvan  orolining  g‘arbida  1000  mm,  tog‘li  qismida  2000-4000  mm. 

Nisbiy namlik 80°/

atrofida. 



Daryo  to‘ri  qalin,  lekin  yirik  daryolar  kam.  Eng  katta  daryosi  Sinzyan  YUnnan 

tog‘ligining‘  sharqiy  qismidan  boshlanib  Janubi-Xitoy  dengiziga  quyiladi. 

Uzunligi  2129  km,  havzasining  maydoni  357  ming  km

2

  ga  yaqin,  o‘rtacha  yillik 



suv sarfi 8049 m

3

/sek. Musson yomg‘irlaridan to‘yinib, aprel-maydan to sentyabr-



oktyabrgacha to‘lib oqadi. Nisbatan kichiq bo‘lgan Ounzyan, Minszyan, Xanszyan, 

Beyszyan daryolari ham sersuv va musson rejimli. 




Tropik  iqlim  sharoitida  rang-barang  o‘simliklarr,  ayniqsa  ularning  tropik 

elementlari.  yaxshi  rivojlangan.  Birgina  Tayvan  orolining  florasi  3265  tur 

o‘simliklardan iborat bo‘lib, shundan 1605 turi evdemikdir. Tog‘ etaklarida va 500 

m balandlikkacha bo‘lgan mintaqada palma, fikus, pandus, bambuk va lianalardan 

tarkib topgan doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar o‘sadi. 500-1800 m balandlikda 

kamfar  dafnasi,  tunga  daraxti,  magnoliya,  daraxtsimon  paporotnik  va  janub  igna 

barglilaridan  iborat  subtropik  tipdagi  doimiy  yashil  keng  bargli  o‘rmonlar 

mintakasi  joylashgan.  1800  m  dan  balandda  igna  bargli  (sarv  daraxti,  pixta,  el) 

o‘rmonlar  tarqalgan.  Tayvanshanning  3700  m  dan  yuqori  qismida  baland  tog‘ 

butazorlari  joylashgan.  Tropik  o‘rmonlar  tagida  qizil,  sarg‘ish-kizil,  kizg‘ish-

qo‘ng‘ir  tog‘  tuprokdari  rivojlangan.  Daryo  vodiylarida,  tekisliklarda  va 

terrasalashtirilgan tog‘ yon bag‘rlarida agrolandshaftlar barpo etilgan. 

Oblastning dehkonchilik qilinadigan erlarida banan, kokos palmasi, ananas, 

shakar kamish kabi tropiklarga xos madaniy ekinlar etishtiriladi. Daryo vodiylarida 

va  pastqam  joylarda  sholikorlik  rivojlangan.  Terrasddashtirilgan  tog‘  yon 

bag‘rlarida  choy  butasi,  limon,  apelsin,  mandarin  va  boshqa  subtropik  ekinlar 

ekiladi. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish