Golotsen fauna kompleksi muzlik davridan keyin shakllangan hozirgi zamon
fauna tipidir. Golotsenga kelib yuqori paleolit fauna kompleksining ko‘plab
vakillari - mamontlar, serjunli karkidonlar qirilib ketadi. Ularni faqat qazilma
shaklida uchratish mumkin. Ayrim hayvon turlari, jumladan qo‘chqorlar o‘zining
arealini keskin qisqartiradi. Golotsen fauna kompleksi tarkibida hozirgi hayvonlar
bilan bir qatorda uy hayvonlarining roli ham katta.
Hayvonot olamining tabiiy rivojlanish tarixiga insonning xo‘jalik faoliyati haa
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Paleolit davridagi qadimgi odamlar ovchilik bilan
shug‘ullanib, mamont va serjun karkidonlarni ko‘plab ovlagan. Insonning xo‘jalik
faoliyati rivojlangan sari uning tabiatga, jumladan hayvonot dunyosiga bo‘lgan
tasiri kuchaya boradi. Buning natijasida ayrim hayvon turlari umuman Yer yuzidan
yo‘qolib ketdi, boshqalari esa o‘zining geografik tarqalish chegaralarini keskin
o‘zgartirdi. Ko‘pchilik hayvon turlari uy hayvonlariga aylantirildi.
Yevrosiyoning hayvonot dunyosi asosan geografik zonalar bo‘yicha tarqalgan. Har
qaysi ladshaft zonasining hayvonot dunyosi boshqa zonalar hayvonot dunyosidan
farq qiluvchi mustaqil fauna kompleksi bo‘lib hisoblanadi. Lekin o‘rmon-tundra,
o‘rmon-dasht, chala cho‘l va boshqa o‘tkinchi zonalarda fauna komplekslari
aralash holda uchraydi. Shunga qaramasdan har bir zonaning hayvonot dunyosi
o‘rtasidagi tafovut yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Arktika sahrolari hayvon turlariga juda kambag‘al. Muz sahrolarinyng tipik
hayoni oq ayiq hisoblanadi. Yoz faslida muz zonasi uchun qushlar bozori harakteli.
Ular Arktika orollarining va materikning baland qoyali qirg‘oqlarida uya qo‘yib
yashaydilar. Bu yerlarga ming-minglab oq chaykalar, kayralar, gagalar, lyuriklar
uchib keladi.
Tundrada hayvon turlari muz zonasiga nisbatan bir oz ko‘proq. Bu zona uchun
endemik bo‘lgan qutb tulkisi-peseslar, lemminglarning bir necha turlari (Norvegiya
lemmingi, Ob lemmingi, sariq to‘shli lemming), Shimol bug‘usi harakterli. Boshqa
hayvonlardan bo‘rilar, oq quyonlar, oq sichkonlar uchraydi. Qushlardan qutb
boyqushi, oq kaklik va tundra kakligi yashaydi. Tundra hayvonlaridan oq va havo
rang peseslar, oq quyonlar, oq sichkonlar va tundraning janubiy qismida tulkilar
ko‘plab ovlanadi.
O‘rmonlar boshqa zonalarga nisbatan hayvonot olamiga juda boy. O‘rmonlar
zonasi tayga, aralash o‘rmonlar va keng barg‘li o‘rmonlarga xos bo‘lgan bir necha
fauna komplekslarini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa aralash o‘rmonlarning fauna
kompleksi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. G‘arbdan sharqga keng tarqalgan los,
qo‘ng‘ir ayiq, olmaxon, rossomaxa, oq quyon va boshqalar tayga hayvonlarining
tipik vakillaridir. YYevropaning aralash va keng barg‘li o‘rmonlari uchun o‘rmon
mushugi, zubr, o‘rmon suvsari, asl butu, uyquchi olmaxon, kunduz, yovvoyi
cho‘chqa, malla quyon, dala sichqonlari harakterlidir. Sharqiy Osiyodagi keng
barg‘li o‘rmonlarning fauna kompleksi ancha murakkab bo‘lib, u yerlarda chipor
bug‘u, qora ayiq, qizil bo‘ri, yenotsimon it, Manchjuriya quyoni, Uzoq Sharq
yumshok toshbaqasi, Ussuriya yo‘lbarsi, o‘rmon mushugi hamda tayga
o‘rmonlariga xos hayvonlar yashaydi. O‘rmonlarda qushlardan qizil ishton, chil,
karqur, kedrovka, g‘arb bulbuli, O‘rmon to‘rg‘ayi, sufito‘rgaylar keng tarqalgan.
O‘rmonlar zonasi qimmatbaho muyna beradigan hayvonlarning asosiy makoni
hisoblanadi. O‘rmonlarda olmaxon, sobol, kunduz, tulki, o‘rmon suvsari,
yenotsimon it, oq quyon va boshqa mo‘yna beruvchi hayvonlar ovlanadi.
Qushlardan oq kaklik, chil va karqurlar ovlanadi.
Dasht zonalarida ochiq, joylarda yashaydigan hayvonlar keng tarqalgan. Ularning
aksariyati tabiiy pana joy bo‘lmaganligi sababli in qazib yashashga moslashgan,
boshqalari esa tezharakat qilishga o‘rgangan. Dashtlarda tuyoqlilardan oqquyruq,
antilopa-sayrok, kemiruvchilardan baybak-sug‘ur, kichik yumronqoziq, chipor
yumronqoziq, katta qo‘shoyoq, yelik, dasht dala sichqoni, krotsimon ko‘rsichqon,
sassiqko‘zan, bo‘ri, qarsov tulki, olaxurjun, kul rang dala sichqoni kabilar
yashaydi. Sudralib yuruvchilardan dasht qora iloni, dasht kichik kaltakesagi
uchraydi. Qushlardan tuvaloq, bizg‘aldoq, bedana, to‘rg‘ay, dasht bo‘ktargisi va
kichik turnalar harakterli. Zabaykale dashtlarida Mongoliya jayroni, Mongoliya
sug‘uri, Mongoliya dala sichkoni, Dauriya yumronqozig‘i, Dauriya pishchuxasi
ko‘pchilikni tashkil etadi. Dashtlarda tulki, malla quyon, oqish sassiqko‘zan va
turli xil yumronqoziqlar ovlanadi. Lekin ularning muynasi o‘rmonlardagi
hayvonlarning muynasi singari u qadar qimmatli emass.
Cho‘l hayvonlari boshqa zonalarning fauna komplekslariga nisbatan o‘ziga xos
xususiyatlari bilan farq qiladi. Ularning bunday xususiyatlari yozda jazirama
issiqda, qishda sovuqda, yil davomida namning yetishmasligiga, o‘simlik
qoplamining siyrakligiga, turli tipdagi cho‘llarning ekologik sharoitiga
moslashganligidadir.
Cho‘l hayvonlari endemik turlarga ancha boy. Chavkar uzunburun, sariq
yumronqoziq, gekkon kaltakesaklar, saksovul chumchug‘i, xo‘jasavdogar kabilar
endemik turlarga kiradi. O‘rta va Markaziy Osiyo cho‘llarining shimoliy qismida
qadimiy hayvonlardan oqquyruq, sakrovchi ko‘shoyoq, sariq olasichqon, O‘rta va
Old Osiyo cho‘llari uchun harakterli bo‘lgan yirik echkemar, qora ilon, zaharli
charx ilon, cho‘l bug‘ma iloni, o‘q ilon, cho‘l toshbavasi va boshvalar yashaydi.
Cho‘l hayvonlari suv tanvisligiga turlicha moslashgan. Ayrim hayvonlar o‘simlik
tarkibidagi namlik bilan qanoatlansa, ba’zilari suv qidirib uzoq, masofalarni bosib
o‘tadi. Cho‘l hayvonlari orasida yozda uyquga kiradiganlari ham bor.
O‘rta Osiyo cho‘llarida sutemizuvchi hayvonlardan jayron, kulon, O‘rta Osiyo
bug‘usi, chiyabo‘ri, sirtlon, baxmalmushuk, chipor mushuklar bor. Cho‘llarda
yashaydigan arharlar, yovvoyi cho‘l qo‘ylari yo‘qolib ketish arafasida. Cho‘l
zonasidagi to‘qayzorlarda yovvoyi cho‘chqa, tuqay mushugi, tuqay bug‘usi,
chiyaburi, yo‘lbars, qirg‘ovullar yashaydi. Cho‘llarda uy hayvonlaridan tuyalar va
qorako‘l qo‘ylari keng tarqalgan.
Bir xil hayvon turlari o‘zining geografik tarqalishida Markaziy Osiyoning
ayrim oblastlari bilan chegaralansa, boshqalari uning barcha regionlari bo‘ylab
tarqalgan. Masalan, yovvoyi yak (qo‘tos) faqat Tibetda, Kunlunda va Pomirda
uchraydi. Yaklar (qo‘toslar) hozirgi paytda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan uy
hayvoni hisoblanadi. Tibet tog‘ligida va Markaziy Osiyo tog‘larida antilopa,
orongo, antilopa ada, tog‘ qo‘yi arhar, tog‘ echkilari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Yirtqich hayvonlardan qor qoploni irbis, Tibet qo‘ng‘ir ayig‘i, Tibet bo‘risi
uchraydi.
O‘rta dengiz, Old Osiyo tog‘liklari va Arabistoning fauna komplekslari
o‘ziga xos bo‘lganligi sababli ular Golarktikaning alohida O‘rta dengiz kichik
zoogeografik oblasti qilib ajratilgan. Bu yerda endemik hayvonlarning tog‘ va
tekislik turlari bilan bir qatorda Shimoliy Afrika hayvonlariga o‘xshash turlar ham
uchraydi. Pireney yarim orolida va Fransiyaning janubida kichikroq yirtqich
hayvon Yevropa genettasi yashaydi. Pireney yarim orolining janubida YYevropa
uchun yovvoyi holda yashaydigan maymunlarning bitta turi-dumsiz makak
uchraydi. Yaqingacha Qorsika va Sardiniya orollarida keng tarqalgan yovvoyi tog‘
qo‘yi - muflonlar hozirgi kunda deyarli qirib yuborilgan.
Old Osiyo tog‘liklari fauna kompleksi tarkibida tipik O‘rta dengiz elementlaridan
tashqari Markaziy Osiyoga xos hayvonlar ham uchraydi. Tuyoqlilardan g‘izollar,
antilopalar, yovvoyi eshaklar, Markaziy Osiyo tog‘ qo‘ylari va echkilari keng
tarqalgan. O‘rmonlarida Eron tog‘ligi uchun endemik tur bo‘lgan Eron olmaxoni
yashaydi. Yirtqich hayvonlardan qoplon, silovsin, giyena, chiyabo‘ri, tulkilar bor.
Kemiruvchilardan quyonlar, qo‘shoyoqlar, jayralar keng tarqalgan.
Yevrosiyoning eng janubiy qismini fauna kompleksi xilma-xilligi, turlarga
boyligi va vujudga kelish tarixiga ko‘ra qadimiyligi bilan harakterlanadi.
Faunasining asosiy tarkibiy qismi tropiklarga xos bo‘lgan hayvon turlaridan tashkil
topgan. Shuning uchun ham materikning bu qismi Hind-Malay zoogeografik
oblastiga qaraydi. Ayniqsa Malakka yarim oroli, Zond va Filippin orollarining
hayvonot olami nihoyatda boy va rang-barang. Bu o‘lka fauna kompleksining boy
va xilma-xil bo‘lishiga Janubi-Sharqiy Osiyoni Avstraliya bilan qadimda tutash
bo‘lganligi ham ta’sir etgan.
Malay arxipelagida yashaydigan tuyoqli hayvonlarning eng yorqin
namoyondalari ikki xil rangli tapir, bir shoxli va ikki shoxli karkidonlar, yovvoyi
ho‘kkiz banteng, hind qo‘tosi, gaur va boshqalardir. Tapirlarning ajdodi Janubiy
Amerikada yashagan. Banteng sungga yillarda Bali xalqining asosiy uy hayvoniga
aylangan. Tog‘larda va balandliklardagi o‘rmonlarda uncha katta bo‘lmagan
muntjak bug‘usi tarqalgan. Yirtqich hayvonlardan Malay kalta junli ayig‘i va
yo‘lbarslar ko‘p. Yo‘lbarslar Kalimantan orolidan tashqari barcha orollarda
uchraydi.
Sumatra va Kalimantan orollarida odamsimon maymunlardan orangutan
yashaydi. Lekin ularning soni juda kam kolgan. Gibbonlar oilasiga mansub bo‘lgan
maymunlar, makaklarning ayrim turlari barcha orollarda keng tarqalgan.
Qo‘shlardan go‘zal tustovuq argus, tovus, kelib chiqishi Avstraliya materigi bilan
bog‘lik bo‘lgan jannat qushlari, katta oyoqli tovuqlar qishilarning e’tiborini jalb
etadi.
Sudralib yuruvchilar turlarga boyligi va g‘oyat kattaligi bilan qishilarni
hayratda qoldiradi. Komoda orolida uzunligi 3-4 m keladigan kaltakesaklarga
taalluqli ulkan echkemar-varan, Kalimantan daryolarida yirik timsoh gavial
yashaydi. Zaharli ilonlar jo‘da ko‘p. Bo‘g‘ma ilonlar, ko‘zoynakli ilonlar yoki
kobralar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bulardan eng kattasi chipor piton bo‘lib, uning
uzunligi 8-10 m gacha va og‘irligi 100 kg gacha boradi. Pitonlar inson uchun ham,
yirik hayvonlar uchun ham juda xavfli hisoblanadi.
Hindiston va Hindixitoy yarim orollarida hamda Shri-Lanka orolida Hind-
Malay zoogeografik oblastiga mansub bo‘lgan faunalardan tashqari Golarktika va
Efiopiya oblastlariga xos hayvon turlari ham uchraydi. Bu o‘lkalar qaraydigan
Hind-Hindixitoy kichik zoogeografik oblasti faqat turlargagina boy bo‘lib
qolmasdan, balki hayvonot dunyosining soni jihatidan ham boy. Hayvonlarning
bunday rang-barangligi va serobgarchiligi ayniqsa Hindiston uchun harakterlidir.
Chunki Hindistonda har qanday jonivorni, xatto zaharli hayvonni ham o‘ldirish din
tomonidan qatiyan man etiladi.
Hindiston va Hindixitoy faunasi tarkibida hind fili alohida o‘rin tutadi.
Yovvoyi fillar hozirga qadar Himolayning tog‘oldi rayonlarida, Shri-Lanka
o‘rmonlarida uchraydi. Fillar hind xalqining uy hayvoni hisoblanadi va ularning
yordamida og‘ir ishlarni bajarishadi. Mahalliy axoli keng tarqalgan yovvoyi hukiz
gauralarni va hind qo‘toslarini qo‘lga o‘rgatib, ularning kuchidan yuk tashishda,
yerlarni haydashda foydalanadilar. O‘rmon massivlari yaxshi saqlangan joylarda
yirik antilopa nilgau, to‘rt shoxli antilopa, muntjak bug‘usi, aksis bug‘usi yashaydi.
Yirtqichlardan yo‘lbars, koplon, koplonlarning aloxida turi bo‘lgan qora palang,
Tar cho‘lida Efiopiya oblastidan kelib qolgan arslon uchraydi. Bular
chorvachilikka juda katta zarar keltiradi.
Hindiston va Hindixitoyning hamma regionlarida maymunlar keng tarqalgan. Ular
o‘rmonlarda, savannalarda, bog‘larda, shahar va qishloq atroflarida, hatto
shaharlarda ham yashaydi. Hindistonda itsimon maymunlar, Hindixitoyda
gibbonlar, makaklar ko‘p uchraydi. Lemurlar o‘rmonlarda ham, qishloqlarda ham
ko‘pchilikni tashkil etadi. Hindistonda yovvoyi arslonlar juda ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |