Qazilma boyliklarning xilma-xil bo‘lishi oblast hududining geologik tuzilshi
bilan CHambarchas bog‘liq. Mezozoy intruziyalarida temir, magnetit, mis
rudalari, polimetallar ko‘p uchraydi. Tog‘li rayonlardagi molibden, marganets,
qo‘rg‘oshin, rux, qalay konlari katta ahamiyatga ega. Botiq va tekisliklarda neft,
tabiiy gaz, toshko‘mir konlari bor.
Oblastning katta maydoni subtropik iqlim mintaqasida joylashgan, faqat
shimoliy qismigina mo‘‘tadil mintaqaga qaraydi. Bu er uchun harakterli bo‘lgan
musson iqlimniig xususiyati havo massalarining fasliy almashinib turishidir. YA’ni
yozda okean, qishda kontinental havo massalari o‘zining yorqin ifodasini topgan.
YAnvarning o‘rtacha harorati Buyuk Xitoy tekisligining shimolida -6 , -2°S, o‘rta
qismida 0°, +2°S, janubida +3°, +4
0
S, Sichuan botig‘ida +10°S dan yuqori. YOzda
okeandan iliq va nam havo massasi kirib keladi. Iyulning o‘rtacha harorati dengiz
sohillarida 26°S dan ichkari rayonlarda 29°S gacha ko‘tariladi. YOg‘in mikdori
tekislikda shimoldan janubga tomon 400-500 mm dan 750-1000 mm gacha
o‘zgarib boradi. Nam iqlimli Sichuan botig‘ining o‘rta qismida yillik yog‘in
miqdori 800-1200 mm ni, chekkalarida 1250-1750 mm ni tashkil etadi.
YOg‘ingarchilikning qariyb 80% yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Musson yomgirlari
vaqtida tekislik daryolari juda to‘lib oqadi, suv toshqinlari tez-tez takrorlanib
turadi.
Daryo to‘ri yaxshi rivojlangan va to‘lin suvli. Bu erdan Xitoyning eng yirik
daryolari oqib o‘tadi. Bular Xuanxe, YAndzi, Veyxey, Xayxe va boshqa
daryolardir. Barcha daryo tizimlari uzunligi 1782 km bo‘lgan Buyuk kanal orqali
tutashtirilgan. Buyuk kanal shimolda Pekindan boshlanib janubda Xanchjougacha
davom etadi. Daryolar tog‘ muzliklaridan va musson yomg‘irlaridan to‘yinib
yozda toshib oqadi. Ularning suvidan ekin maydonlarini sug‘orishda va transportda
keng foydalaniladi. Tekisliklarda ko‘llar va suv omborlari ko‘p uchraydi. Eng yirik
ko‘llari Tayxu, Xunszeku, Gaoyuxu, Veyshan’xu va boshqalar. Daryo vodiylarida
qayir ko‘llar va botqokliklar keng tarkalgan.
Tuproq qoplamida kuchli o‘zlashtirilgan qo‘ng‘ir, jigar rang va allyuvial
tuprolar asosiy o‘rin egallaydi. Pastqam joylarda botqoq va o‘tloq tuproqlar hosil
bo‘lgan. Sichuan botig‘ida qizil va sariq tuproqlar rivojlangan. Dengiz sohillarida
sho‘r tuproqlar uchraydi.
SHarqiy Osiyoning markaziy landshaft oblastida tabiiy o‘simliklardan
subtropik o‘rmonlar yaxshi rivojlangan. Ular doimiy yashil eman, magnoliya,
dafna, tunga, kamfar daraxtlarndan hamda igna bargli janub qarag‘ayi, sarv
daraxtidan tarkib topgan. O‘rmonlarning quyi yarusida elpig‘ichsimon palma,
kameliya, rododendronlar o‘sadi. Ayrim joylarda bambukzorlar uchraydi.
Subtropik o‘rmonlar 700-1000 m dan balandda bargini to‘kadigan mo‘‘tadil
tipdagi o‘rmonlar mintaqasi bilan almashinadi. Bu mintaqada buk, eman, grab va
igna bargli daraxtlar o‘sadi. O‘rmonlardan yuqorida tog‘ o‘tloqlari va butazorlar
hosil bo‘lgan. Tayxanshan tizmasiniig‘ yon bag‘ri keng bargli o‘rmonlar bilan
qoplangan.
SHarkiy Osiyo Xitoyning aholi zich joylaщgan regioni hisoblanadi. SHu
sababli Buyuk Xitoy tekisliti qadimdan maksimal darajada o‘zlashtirilgan. Qishloq
xo‘jalshida sholi, paxta, makkajo‘xori, araxis, dukkaklilar, gaolyan, shakar qamish,
tamaki ekiladi. Tog‘larning terrasalashtirilgan yon bag‘rlarida sitruslar, choy
butalari, tut va tunga daraxtlari o‘stiriladi. Natijada o‘rmonlarning maydoni keskin
kamayib ketgan. Maydon jihatidan tabiiy landshaftlarga nisbatan antropogen
landshaftlar ustunlik qiladi.
Antropogen landshaftlar maydonining kengayishi munosabati bilan yovvoyi
hayvonlarning soni keskin kamaygan va ularning arellari qisqargan. Tog‘li
rayonlarda saqlanib qolgan o‘rmonlarda Himolay qora ayig‘i, qoplon, panda,
enotsimon itlar yashaydi. Janubiy o‘rmonlarda boshqa hayvonlar bilan bir qatorda
gibbonlar, makakalar, lemurlar uchraydi. Qushlardan tustovuklar, to‘tilar, kurlar
ko‘pchilikni tashkil etadi. Daryo va ko‘llari baliqlarga boy.
Do'stlaringiz bilan baham: |