O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

O‘simligi 

Yevrosiyoning flora kompleksi rang-barang bo‘lib, uning hududida Shimoliy 

yarim  shar  uchun  xos  bo‘lgan  barcha  o‘simlik  tiplari  mavjud.  Materik  hududi 

botanika-geografik  rayonlashtirish  sxemasiga  muvofiq  Golarktika  va  Paleotropik 

floristik oblastlariga karaydi. 

Golarktika  floristik  oblasti  materikning  tropik  chizg‘idan  shimoldagi  katta 

qismini  egallab  olgan  Janubda  Paleotropik  oblasti  bilan  chegaradosh  Golarktika 

oblasti,  florasi  yuqori  bo‘r  va  paleogen  davrlarida  shakllana  boshlagan.  Lekin 

paleogening  oxirida  iqlimning  sovishi,  keyinchalik  yangi  tektonik  harakatlar 

natijasida  janubiy  rayonlarda  baland  tog‘  tizimlarining  ko‘tarilishi  iqlimi 

kontinentallashtirib,  o‘simliklar  qoplamining  o‘zgarshpiga  sabab  bo‘lgan. 

Golarktika  florasining  qadimiy  namunalari  uning  janubiy  qismlarida,  ayniqsa 

Sharqiy Osiyo, Kavkaz, Karpat va G‘arbiy YYevropa o‘lkalarida ko‘proq saqlanib. 

qolgan.  Shimoliy  qismida  esa  sovuq  iqlim  va  materik  muzligi  ta’sirida  ko‘plab 

issiqsevar o‘simlik turlari yo‘qolib ketgan. Shuning uchun Golarktika oblastining 

janubiy qismlari uning shimoliy qismlariga nisbatan o‘simlik turlariga ancha boy, 

Arktika,  Turoy,  Markaziy  Osiyo  chullari  aksincha,  o‘simlik  turlariga  nihoyatda 

kambag‘al. Bundan tashqari tekislik o‘lkalariga nisbatan subtropik tog‘li o‘lkalarda 

xilma-xil  o‘simliklar  va  uning  endemik  turlari  kup  uchraydi.  Misol,  maydoni 

qariyib  2  mln.  km2  bo‘lgan  tekislik  Ob  floristik  rayonida  1150  tur  yuqori 

o‘simliklar  aniqlangan  bo‘lsa,  maydoni  29,2  ming  km2  keladigan  tog‘li.  Janubiy 

Zakavkaze  floristik  rayonida  3103  tur  yukori  o‘simliklar  borligi  aniklangan. 

Shimoliy  Tyanshan  bo‘ylab  o‘simliklarning  67  ta  endemik  turi  tarkalgan  bulsa, 

undan  shimoddagi  rayonlarda  endemik  o‘simliklar  o‘rn  deyarli  uchramaydi. 

Binobarin,  Golarktika  floristik  oblasti  o‘simlik  qoplamining  ichki  farqlariga  va 

rivojlanish  tarixiga  ko‘ra  Arktika,  Boreal,  O‘rta  YYevropa,  O‘rta  dengiz  bo‘yi, 

Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo kichik floristik oblastlariga bo‘linadi. 

Materikning  eng  janubiy  maydon  jihatidan  kichikroq  qismi-Hindiston  va 

Hnndiston  yarim  orollari,  Arabiston  yarim  oroli  va  Eron  tog‘ligining  janubiy 

qismlari,  Malay  arxipelagi  hamda  Filippin  orollari  Paleotropik  floristik  oblastiga 

qaraydi.  Bu  oblastning  o‘simlik  qoplami  turlarga  va  endemiklarga  boy,  qadimiy, 

tropiklarga xos o‘simliklar hukmronlik qiladi. 

Yevrosiyoning  o‘simlik  qoplamiga  tavsif  berishda  insonning  ming  yillar 

davomida  tabiatga  ta’sir  etib  kelayotgan  xo‘jalik  faoliyatini  ham  hisobga  olish 

kerak.  Chunki  o‘rmonlarning kesilishi,  yerlarning  haydalishi,  madaniylashtirilgan 

daraxtzorlarni  barpo etilishi, boshqa  materiklardan  va  o‘lkalardan  daraxtlarni  olib 

kelib  o‘stirilishi  kabi  tadbirlar  o‘simliklar  qoplamini  dastlabki  kurinishlarini, 

tarkibini  ma’lum  darajada  o‘zgartirib  yubordi.  Shuning  uchun  katta-katta 




maydonlardagi  o‘rmon  massivlari  o‘ziniig  dastlabki  bokiralik  xolatiii  yuqotib, 

ikkilamchi antropogen o‘rmonlarga aylangan. Jumladan, YYevropaning ko‘pchilik 

mamlakatlarida tabiiy holdagi o‘simliklar o‘ziniig qadimiy qiyofasini va tarkibini 

90%  gacha  o‘zgartirgan.  Buyuk  Xitoy  tekisligida,  aholi  eng  zich  joylashgan 

Xuanxe xavzasida ayrim rayonlar borki, ularni o‘simlik qoplamini dastlabki holati 

qay darajada bo‘lganligini tiklashni iloji ham yo‘q. 

O‘simliklar  tabiiy  geografik  sharoitni  nihoyatda  his  etuvchi  bioindikator 

hisoblanadi.  Shuning  uchun  ko‘pchilik  landshaft  zonalariga  (tayga,  aralash 

o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht, nam ekvatorial-o‘rmonlar) nomlar 

hukmronlik qiluvchi o‘simlik tipiga qarab berilgan. O‘simlik qoplami iqlim, tuproq 

va relef bilan bevosita boqliq bo‘lib, uning uchun tuproq qoplamiga o‘xshash uchta 

qonuniyat-tekisliklarda  kenglik.  zonallik,  provinsiallik  yoki  o‘zoqlik  zonallik  va 

tog‘larda  balandlik  mintaqalik  harakterli  Yevrosiyo  materigida  kenglik  zonallik 

shimolda  arktik  sahrolar  o‘simlik  tipidan  boshlab,  janubda  nam  ekvatorial 

o‘rmonlar o‘simlik tipigacha qonuniy ravishda birin-ketin almashinib boradi. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish