O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

 


Ko‘llari va ularning tiplari 

Yevrosiyoda ko‘llar juda ko‘p va ular kelib chiqishiga, hajmiga, suv rejimiga 

ko‘ra  xilma-xil.  Materikning  shimoli-g‘arbiy  qismida,  ayniqsa  FsnnoSkandiyada 

muz-tektonik kullar keng tardalgan. Bu tipdagy kullarga Venern, Vettern, Melaren, 

Payyane,  Sayma,  Inari,  Imandra,  Umbozero,  Pyaozero,  Topozero,  Segozero, 

Ladoga, Onega, Chad va. boshk,alar kiradi. Dastlab bu ko‘llarning botig‘i neogen-

antroggagen davrlarda hosil bo‘lgan tektonik yoriqlarda shakllangan. Keyinchalik 

ularni  materik  muzliklari  qaytadan  ishlagan  va  cho‘qurlashtirgan.  Muz-tektonik 

ko‘llarning qiyofasi notekis, cho‘ziqrod shaklga ega va ancha cho‘duq. 

Yevrosiyoning  tog‘li  o‘lkalarida  kelib  chiqishi  tektonik  harakaglar  bilan 

bog‘lik  bo‘lgan  ko‘llar  juda  ko‘p.  Ular  Yer  pustining  tektonik  chukmalarida 

joylashgan bo‘lib, boshqa ko‘llarga nisbatan cho‘qurligi bilan farq qiladi. Eng yirik 

tektonik  ko‘llarga  Tyanshandagi  Issiqkul,  Janubiy  Sibirdagi  Baykal, 

Mongoliyaning  shimolidagi  Xubsugul,  Nanshandagi  Kukunor,  Armaniston 

tog‘ligidagi Van, Urmiya (Rezaye), Alp tog‘laridagi Jeneva, Boden, Syurix, Lago-

Majore,  Komo,  Vengriyadagi  Balaton  va  Levantdagi  O‘lik  dengiz  kiradi. 

Shulardan Baykal ko‘lining chudurligi  1620 m. ni tashkil etadi, O‘lik dengizi esa 

okean sathidan -400 m pastda joylashgan. 

Kamchatka  yarim  oroli,  Kuril,  Yaponiya,  Filippin  va  Zond  orollari  vulkanik 

ko‘llarga  boy.  Bu  regionlardagi  sungan  vulkanlarning  kraterlari  suv  bilan  to‘lib, 

ko‘l hosil bo‘lgan, Masalan, Kamchatkada Kronotskoye, Kuril va boshqa vulkanik 

ko‘llar mavjud. 

Yevrosiyoning  shimolida,  ayniqsa  Sharqiy  YYevropa, tekisligining  shimoliy 

va  shimoli-g‘arbiy  qismlariga  kelib  chiqishi  materik  muzligi  bilan  bonliq  bo‘lgan 

ko‘llar  ko‘p  uchraydi.  Bular  morena  tipidagi  ko‘llar  bo‘lib,  muzliklarning 

akkumulyativ faoliyati tufayli hosil bo‘lgan. Morena ko‘llari morena tepaliklari va 

qoyadalari  oralig‘idagi  botiqlarda,  pastdan  joylarda  suvning  to‘planib  qolishi 

natijasida 

vujudga  kelgan.  Ular  maydon  jihatidan  kichik  va  chuqur  bo‘lmagan 

qo‘llardir. 

Materikning  ba’zi  bir  dengiz  sohillarida,  daryolarning  dengizga  bo‘yiladigan 

joylarga liman ko‘llar joylashgan. Bu ko‘llarning 

shakllanishida dingiz trapstressiyasi va daryolarning akkumulyativ ishi aososy rol 

o‘ynaydn.  Liman  ko‘zllar  Qora  dengiz  va  Azov  dengazi  sohillarida  ko‘plab 

uchraydi.  Bu  tipdagi  ko‘llarga.  Hojibek,  Yeya,  Kuyalnitskiy  va  boshqa  limanlar 

misol bo‘la oladi. 

Ohaktoshlar  keng  tarkalgan  rayonlarda.  karst  ko‘llari  rivoj  Topgan.  Karel 

ko‘llarining ko‘pliga jihatidan Markaziy Apennin, Bolqon yarim orolining g‘arbi, 

Tavr  tog‘lari,  Hindixitoynint  Shan  tog‘liga,  Tog‘li  Qrim  alohida  ajralib  turadi. 

Parst  ko‘llari  O‘rta  Osiyo  tog‘larida  va  O‘rta  Irndiya  tekisligada  ham  ko‘plab 

uchraydi.  Suffozion-chukma  ko‘llarning  kelib  chikishi  ham  karst  ko‘llariga 

o‘xshaydi.  Lekin  bu  tipdagi  ko‘llar  G‘arbiy  Sibir  tekisligining  o‘rmon-dasht  va 

dasht  zonalarida,  Rossiya  tekisligining  janubida  ko‘plab  uchraydi.  Suffozion-

cho‘kma  ko‘llarning  chuqurligi  2-3  m  gacha  bo‘lib,  namgarchilik  kam  bo‘lgan 

yillarda  qo‘rib  qoladi.  Tog‘  muzlik  relef  shakllaridagi  kar  cho‘kmalarini  qoplab 



olgan  kar  ko‘llari  baland  tog‘lar  uchun  harakterli.  Bu  tipldagi  ko‘llar  juda 

xushmanzarali  tabiatga  ega.  Kavkaz  tog‘li  o‘lkasining  Teberda  daryosini  yuqori 

oqimida  va  Kluxori  davonida  joylashgan  Baduk,  Murujin,  Kluxori  va.  boshqalar 

tipik kar ko‘llaridir. 

Sibirning shimoliy rayonalaridagi ko‘p yillik muzlor yerlarda va qazilma muzlarda 

germokarst  ko‘llari  uchraydi.  Bu  ko‘llar  o‘pirilish  yoki  chu  kish  jarayonlar 

natijasida  hosil  bo‘ladi.  Lekin,  o‘pirilish  va  cho‘kish  jarayoni  tog‘  jinslani  erishi 

tufayli emas, balki muzloq yerlarni va qazilma muzlarni yozda erishi natijasida yuz 

beradi.  Daryo  vodiylarida,  ayniqsa  qayirlarda  va  quyi  terrasalarda  qayir  ko‘llari 

ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Kayir  ko‘llari  Shimoliy,  Janubi  Sharqiy  va  Janubiy 

Osiyoning yirik daryo vodiylarida keng tarqalgan. 

Relikt  ko‘llar  plyuvial  davrning  yirik  suv  havzalari  o‘rnida  saqlanib  qolgan 

qoldiq  ko‘llardir.  Bu  tipdagi  ko‘llar  arid  o‘lkalarda  Old  Osiyo  tog‘liklarida 

Markaziy va O‘rta Osiyo tekisliklarida joylashgan. Eng yirik relikt ko‘llar - Kichik 

Osiyodagi  Tuz,  Eron  tog‘ligining,  Sistan  cho‘kmasidagi  Hamun,  Markaziy. 

Osiyodagi Lobnor, Katta Ko‘llar botig‘idagi Xirgis-Nur, Turon tekisligidagi Orol 

va boshqalar hisoblanadi. 

Tog‘li  o‘lkalarda  tektonik,  muzlik,  karst  ko‘llaridan  tashqari  to‘g‘on  ko‘llar 

ham alohida genetik tipni tashkil etadi. Bunday ko‘llar tog‘ yon bag‘irlarini qo‘lab 

tushib  daryo  vodiylarini  tusib  qolishi  natijasida  vujudga  keladi,  Bu  tipdagi 

ko‘llarga Pomirdaga Yashil ko‘l va Sarez ko‘llari misol bo‘ladi. 

Namlanish  kam  bo‘lgan  yoki  yer  usti  suvlari  yetishmagan  rayonlarda,  yirik 

GES  lar  qurilgan  joylarda  sun’iy  ko‘llar-suv  omborlari  barpo  etilgan.  Suv 

omborlarning asosiy maqsadi daryolarning oqim rejimini mavsumlararo rostl ashga 

qaratilgan  bo‘lib,  daryolarda  keragidan  ortiqcha  suv  oqqan  davrlarda  suvni 

jamg‘arib qolish va uni suv yetishmagan vaqtlarda sarflashdan iborat. O‘rta Osiyo 

daryolarida  ko‘plab  suv  omborlari  qo‘rilgan.  Jumladan,  Sirdaryoda  Qumqurg‘on, 

Chordara,  Surxondaryoda  Janubiy  Surxon,  Zarafshonda  Kattaqurg‘on  va 

boshqalar. Ularning maydoni o‘nlab va yuzlab kvadrat kilometrdan bir necha ming 

kvadrat  kilometrga  yetadi.  Qayroqqum  suv  omborining  maydoni  513  km2, 

Chordaraniki 900 km2, Volga daryosida qo‘rilgan Kuybishev suv omboriniki esa 

6448 km2. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish