iqlimi yanada kontinental va quruq bo‘lgan joylarda rivojlangan. Chala cho‘llarda
asosan boshoqli o‘simliklar va shuvoqlar keng tarqalgan. O‘t o‘simliklar
dashtlardagiga nisbatan siyrak o‘sadi. Chalovlarga nisbatan betaga ko‘proq
uchraydi. Chala cho‘lning shimoliy qismida boshoqli o‘simliklar, janubiy qismida
esa shuvoq va sho‘ra o‘tlar keng tarqalgan.
Chala cho‘l o‘simliklarining geografik tarqalishi mahalliy sharoitni muayyan
ravishda o‘zida aks ettiradi. Masalan, bir oz sho‘r bosgan tuproqli yerlarda shuvoq
ko‘proq sho‘r bosgan yerlarda qora shuvoq, sho‘r yerlarda sho‘ra o‘tlar tarqalgan.
Sochilma qumlarda boshoqli o‘simliklardan ayg‘irqiyoq, past-baland qumli
yerlarda. qumerkak va chiy, botiq joylarda pakana tol, jiyda o‘sadi. Bahorda chala
cho‘llarda lola, boychechak, ayiqtovon, qo‘ng‘irboshlar gullaydi, efsmerlar yam-
yashil maydonlar hosil qiladi. Chala cho‘l o‘simliklaridan chorva mollarini
boqishda foydalaniladi.
Cho‘l.
O‘rta va Markaziy Osiyo tekisliklarini hamda tog‘ tizmalarini
past yon bagrlarini cho‘l o‘simliklari qamrab olgan. Lekin bu yerlarda chala
cho‘l va dashtlarga nisbatan o‘simliklar nihoyatda siyrak usadi. O‘simlik
bilan qoplangan yerlarga Qaraganda ochiq yerlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Cho‘llarda o‘simliklarning turiga, ularning qalin yoki siyrak bo‘lishiga
tuproqlarning mexanik tarkibi nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘z
tuproqlarda xilma-xil shuvoqlar, shurtob va shurxok yerlarda sho‘ra o‘tlar
ko‘p o‘sadi. Billi cho‘llarda bahor faslida efemer va efemeroidlar bark urib
usib, tezda kurib koladi. Bular boshoqlilar, qiyoqlar va ikki pollali
o‘simliklardan iborat.
Barxan qumlarida bo‘yi bir metrga yetadigan, ildizi uzun boshoqlilar
oilasiga kiradigan selin, bo‘yi 5-7 m gacha yetadigan kuyonsuyak (qum
akatsiyasi) o‘sadi. Do‘ng qumlarda qora qandim, daraxsimon cherkez, oq
saksovul, sho‘rxok botiflarda qora saksovul, elak, qizilchalar keng
tarqalgan. Juyak qumlarda bug‘doyiq elak, yaltirboshlar, daraxtlardan oq
saksovul, quyonsuyaklar, qumli tekisliklarda esa shuvoqlar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Balxashbo‘yi cho‘llarida kumsag‘iz ko‘p uchraydi.
Cho‘llardagi yirik daryo vodiylarida to‘qayzorlar yaxshi rivojlangan.
Tuqayzorlar daraxt, buta va o‘t o‘simliklaridan tarkib topgan. Daryo qayiri
bo‘ylab har xil teraklar, tollar, turangalar keng tarqalgan. Butalardan
pakana tollar, jiydalar, yulg‘unlar, xilma-xil oktikanaklar, chakandalar,
jing‘illar o‘sadi. Utloq o‘simliklari ildizpoyali boshoqlilardan iborat.
Botqoqlangan va suv bosgan qayirlar savag‘ich hamda qamishlar bilan
qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: