O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

O‘rmon-dasht.  O‘rmon-dasht  o‘simlik  tipi  materikning  kontinental  iqlimli 

ichkari  rayonlari  uchun  harakterli  bo‘lib,  g‘arbda.  Karpat  tog‘laridan  sharqda 

Oltoygacha  o‘zluksiz  davom  etadi.  Oltoy  tog‘laridan  sharqda  o‘rmon-dasht 

o‘simliklari  orolchalar  hosil  qilib  Lena-Vilyuy  pasttekisligigacha  kirib  boradi. 

O‘rmon-dasht  o‘simlik  tipini  o‘rmonlar  yoki  dashtlar  o‘simlik  tiplari  qatoriga 

kiritib bo‘lmaydi. Bu yerda o‘rmonlar turli xil dasht o‘simliklari bilan almashinib, 

tabiiy-tarixiy jihatdan mutloqa mustaqil zonal o‘simlik tipini hosil qiladi. 

O‘rmon-dasht  zonasining  o‘rmon  o‘simliklari  eman,  juka,  qayrag‘och, 

tog‘terak,  qayin,  shumtollardan  iborat.  Qarpatoldi  rayonlarida  buk  va  grab  ko‘p 

uchraydi.  Uraloldi  va  Kulundi  o‘rmon-dashtlarida  igna  bargli  Daraxtlardan 

qarag‘ay  va  yellar  o‘sadi.  Oltoydan  sharqda  esa  tilog‘ochlar  ko‘pchilikni  tashkil 

etadi.  Turli  xil  o‘tli  dashtlar  o‘rmon-dasht  o‘simlik  tipining  ikkinchi  komponenti 

hisoblanadi.  Dasht  joylarda  o‘tlar  qalin  o‘sadi,  ular  turlarga  juda  boy.  Masalan 

V.V.Alyoxin Strelesk dashtida 1 m2 maydonchada o‘simliklarning 77 turi borligini 

aniqlangan.  Boshqa  o‘simlik  tiplariga  nisbatan  o‘rmon-dasht  o‘simliklari  inson 

xo‘jalik faoliyati ta’sirida kuchli o‘zgargan va ularning o‘rnini madaniy o‘simliklar 

egallagan.  Tipik  va  ishqori  yuvilgan  qora  tuproklardagi  turli  xil  o‘tli  dashtlar 

butunlay haydalib, ularning o‘rnida poyonsiz agrolandshaftlar barpo etilgan. 



Dasht. O‘rmon-dashtlar. janubga tomon dasht o‘simlik tipi bilan almashinadi. 

Dashtlarda  iqlimning  quruqligi,  yog‘in  miqdorining  mumkin  bo‘lgan  bug‘lanish 

miqdoriga  nisbatan  kamligi  kserofit  o‘simliklarning  o‘sishiga  sabab  bo‘lgan.  Bu 

yerda  o‘rmon-dasht  uchun  harakterli  bo‘lgan  turli  xil  o‘t  o‘simliklar  o‘rnida 

boshoqli  o‘simliklar  keng  tarqalgan.  Dashtlar  uchun  xos  bo‘lgan  boshoqli 

o‘simliklar tukli chalov, Ukraina chalovi, betaga, keleriya, cho‘l arpasi, erkak o‘t 

kabilardan  tarkib  topgan.  Sharqqa  borgan  sari  boshoqli  o‘simliklarni  mahalliy 

turlari tarqala boshlaydi. 

Dashtlarni shimoliy  qora tuproqli qismida turli  o‘tlar aralash holda o‘sadigan 

chalov  assotsiatsiyalari  keng  tarqalgan.  Bahorda  qizil  va  sariq  qoragul,  dasht 

valerianasi, astragal, ayiq tovon, gulsapsarlar barq o‘rib gullaydi. 

Dashtlarda  ham  o‘rmon-dashtlardagi  kabi  tabiiy  o‘simliklar  antropogen 

omillar  ta’sirida  juda  o‘zgarib  ketgan.  Materikning  Yevropa  qismida  dashtlar 

ayrim  joylardagina  saklanib  qolgan  va  ularni  muxofaza  qilish  maqsadida 

quriqxonalar  tashkil  etilgan.  Osiyo  qismidagi  dashtlar  kam  o‘zlashtirilganligi 

sababli qo‘riq dasht o‘simliklari yaxshi saqlanib qolgan. 

Dashtlarning  tabiiy  sharoiti  don  va  texnika  ekinlari  yetishtirish  uchun  juda 

kulay.  Bu  yerda  kuzgi  bug‘doy,  grechixa,  kungaboqar,  makkajuxori,  tariq  qand 

lavlagi,  tamaki,  kanop,  kunjut,  poliz  ekinlari  va  boshqalar  yetishtiriladi.  Dasht 

zonasida  muntazam  ravishda  yuqori  hosil  olish  uchun  bir  qator  meliorativ 

tadbirlarni  amalga  oshirishni  taqazo  etadi.  Bular  tuproq  namini  saqlab  qolish, 

janubiy  rayonlarda  sug‘orishni  keng  joriy  qilish,  eroziyaga  va  qurg‘oqchilikka 

qarishi kurashish tadbirlaridir. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish