Turkum – tripslar – Thysanoptera.
Tamaki tripsining kattaligi 0,8-0,9 mm keladi. Tanasi cho’zinchoq shaklda urg’ochisi uzunroq, ikki juft tor qanoti bor. Og’iz apparati sanchib so’rishga moslashgan. Tamaki tripsi lichinka va voyaga yetgan lichinka bosqichlarida rivojlanadi. Tamaki tripsi o’simlik qoldiqlari ostida qishlaydi. Mart oyida trips begona o’tlarda rivojlana boshlaydi, keyinchalik esa g’o’zaga o’tadi. Har bir urg’ochisi o’simlik to’qimasiga 100 donagacha tuxum qo’yadi. O’zbekiston sharoitida tamaki tripsi 7-8 marta avlod beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |