10-rasm. Tamaki tripsi.
A- voyaga yetgani, V- lichinka.
Turkum – teng qanotlilar – Homoptera.
Katta g’o’za biti 2-3,5 mm keladi. Barcha rivojlanish bosqichlarida ko’kish yoki sarg’ish rangli bo’ladi.Chala o’zgaruvchan hasharot bo’lib, tuxum, lichinka va imago bosqichlarida rivojlanadi. Qanotsiz va qanotli ko’rnishlari mavjud. Katta g’o’za biti g’o’zapoyada va yantoqzorda qishlaydi. U mayning ikkinchi yarmida g’o’zada paydo bo’ladi. Yozda partenogenetik usulda tirik tug’ib, kuzda esa jinsiy yo’l bilan, tuxum qo’yib rivojlanadi. ғG’o’za barglar va g’unchalarini so’rib zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |