O’simlik bitlari. Teng qanotlilar (Homoptera) turkumining Aphidinea kenja turkumiga mansub so’ruvchi hasharotlar. G’o’zaga Bitlardan bir necha turi zarar yetkaza-di. Bular orasida beda yoki akasiya shirasi, g’o’za yoki poliz va katta g’o’za shirasi xavflidir. Kisman g’o’zani Plotnikov shirasi va ildiz shirasi shikastlashi mumkin. Akasiya shirasi barcha Yevropa, Shimoliy-Sharq Afrika va Shimoliy Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. O’rta Osiyo, Zakavkazye va Yevropa qismining janubiy mintaqalarida uchraydi. Poliz shirasi tropik va subtropik iqlim sharoiti mavjud bo’lgan mintaqalarga xos bo’lganligi sababli, u ekvatordan 600 shimoliy va 400 janu-biy kenglikda joylashgan mamlakatlarda uchraydi. Katta g’o’za shirasi Zakavkazye, Janubiy Ukraina va O’rta Osiyo respublikalarida tarqalgan. G’o’zaga shikast yetkazadigan Bitlar yumshoq, tanli mayda hasharotlar bo’lib, yetuk zotining kattaligi 2,5-4 mm ga teng. Bitlarning ikki shakli mav-jud: qanotsiz va qanotlik; qanotligi ikki juft teng qanotga ega bo’lib, oldingilari orqa sidagidan ancha uzundir. Rivojlanishi to’liqsiz: ya’ni partenogenetik tirik tug’ish hisobiga g’umbak fazasi bo’lmaydi (22-rasm). O’simlik Bitlari shakli jihatidan bir necha xil bo’ladi, chunonchi bular o’rtasida tirik tug’uvchi qanotsiz urg’ochilari, tuxum qo’yadigan qanotsiz urg’ochilari, tirik tug’uvchi qanotli urg’o-chilari, qanotli (ba’zan qanotsiz) erkaklari bor. Bitlar haroratga qarab 3-20 kun rivojlanadi. Mavsum davomida 20-26 ta, beda shirasi esa 12-15 tagacha avlod beradi. Urg’ochilari yozda 18 kun yashaydi va 150 tagacha lichinka beradi. Lichinkalar rivojlanib to’rt marta tullaydi va besh yoshni kechiradi. Oz-ozdan yog’in tushib turadigan sernam ko’klam ob-havosi o’simlik Bitlarining rivojlanishiga yordam beradi, ammo shovullab yoqqan kuchli yomg’irlar ularni qisman yo’qotadi. Ob-havosi quruq, yuqori haroratli tumanlarda o’simlik Bitlari ko’plab rivojlan-maydi. Yashash sharoiti yomonlashganida: oziq yetishmaganida, shuningdek asosiy va oraliq oziqbop o’simliklar almashgani-da, Bitlar joydan-joyga ko’chadi. Yashash joyi almashganida otalangan tuxumlar asosiy o’simliklarda qishlaydi. Ulardan bir-ikkita (qanotsiz) Bitlar avlodi rivojlanadi. Ikkin-chi-uchinchi avlodlarda qanotsizlar orasida tirik tug’uvchi qanotli urg’ochilari (avlod tarqatuvchilari) paydo bo’lib, ular oraliq ekinlarga uchib o’tib bir qancha qanotsiz shira avlodlarini boshlab beradi. Kuzda ko’chib yuruvchilar orasida tirik tug’uvchi qanotli urg’ochilari paydo bo’ladi. Asosiy o’simliklarga qaytadigan bu Bitlarni (remigrantlarni) jins tashuvchilar deyiladi. O’simlik Bitlari barglarning shirasini so’radi. Buning oqibatida poya va ildizdagi zahira uglevod-lar miqdori keskin kamayib ketadi. Qattiq zararlangan barglarning shakli o’zgaradi va buralib qoladi. Bunday o’simliklar juda sust o’sadi. G’o’za yetilayotganida (avgust-sentyabr) Bitlar o’zlaridan chiqargan suyuqlik-lari bilan tolani ifloslaydi va yopishqoq qilib quyadi. Bunday tolalarda ko’pincha qora shira (qora mag’or) paydo bo’ladi, u tolalarni buzib, paxtani qayta ishlaydigan mashinalarning ishini qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |