O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet51/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Savollar:

    1. O’simliklarni g’imoya qilishda xammaxo’r zararkunandalarning axamiyati? 2.O’zbekistonda tarqalgan asosiy chigirtka turlarini ayting?

3.Chertmakchilarni ta’riflang?

4.Qora qo’ng’izlarga qarshi qanday tarbirlar qo’llaniladi?



16-mavzu: G’o’zaning so’ruvchi zararkunandalari.

Reja:

1. G’o’zaning so’ruvchi zararkunandalari.

2. G’o’zaning zararkunandalariga qarshi kurash tizimi.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi to’la iqtisodiy jihatdan mustaqillikka erishish uchun sanoat mahsulotlarini va sanoat uchun kerak bo’ladigan xom-ashyoni ishlab chiqarishni yanada kengaytirishi va rpvojlantirishi zarur.

Sanoat uchun va chet ellarga valyutaga sotiladigan asosiy xom-ashyomiz paxtadir. Ma’lumki, keyingi yillarda aholiga tomorqa xo’jaligi uchun yer ajratib berish, meva-sabzavot, g’alla va boshqa oziqabop ekinlarning bir qismi ilgari paxta ekib kelinayotgan yerlar hisobiga kengaytirilmoqda, natijada paxta ekiladigan maydonlar qisman kamaydi. Bu esa o’z navbatida paxtadan olinadigan yalpi hosilni kamayishiga olib keladi.

Paxtani yalpi hosilini kamaytirmaslik uchun, ilm-fan yutuqlaridan, ilg’orlar tajribasidan va boshqa imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Shunday imkoniyatlardan biri g’o’zaii zararli organizmlardan himoya qilishdir.

G’o’za zararkunandalar bilan ko’p zararlanadigan ekinlardan hisoblanadi. Professor Yaxontov V.V. g’o’za bilan oziqlanadigan umurtkasiz hayvonlarning 772 turdan iborat butun dunyo faunasining uncha to’liq bo’lmagan ro’yxatini tuzib 1931 yilda ta’riflagan edi. Bulardan 751 turi hasharotlardir (Alimuhamedov, Xo’jayev 1991). V.V. Yaxontov tomonidan 219 turi O’zbekiston sharoitida g’o’zaga tushishi aniqlangan.

Mazkur turlardan juda oz qismi 10 - ga yaqin turi doimo va jiddiy zarar yetkazadi, qolgan qismi ikkinchi darajali hisoblanib, ayrim yillari sharoit qulay kelganda g’o’zaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Zararkunandalarni oziqlansh usuliga qarab so’ruvchilar va kemiruvchilar guruhiga bo’lish mumkin.

G’o’zaning asosiy zararkunandalari. O’rgimchakkana (Tetranychus urtigae Koh). Bu g’o’zaning ashaddiy va doim tushadigan zararkunandasi hisoblanib, g’o’za o’stirilayotgan zonalarda keng tarqalgan hammaxo’r zararkunandadir. U 248 turdagi o’simlnk bilan oziqlanib shundan 173 tasi begona o’tlar, 38 turdagisi butalar, 37 turdagisi qishloq xo’jalik ekinlaridir.

Kana asosiy bargning orqa tomoniga joylashib olib unga shikast yetkazadi. O’simlik bargini juda ingichka kul rang o’rgimchak iplari bilan o’raydi.

O’rgimchakkananing og’iz apparatlarining xelisiralarini o’simlik hujayrasiga kiritib, undagi moddalarni so’rib oziqlanadi.

O’simlik bitlari. G’o’zaga o’simlik bitlarining bir necha turi zarar yetkazadi. Bulardan beda yoki akasiya biti, g’o’za yoki poliz biti va katta g’o’za biti xavflidir. Bitlar barglarning shirasini so’rib zararlasht oqibatida poya va ildizlardagi uglevodlar kamayib ketadi, qattiq zararlangan barglarni shakli o’zgarib, bujmayib qoladi.

Tuxumdan chiqqan bitlarning 1-2 avlodi qanotsiz holda rivojlanadi, keyingi avlodlarda, qanotlp tirik tug’uvchi urg’ochilari paydo bo’lib, ular bitlarni asosiy tarqatuvchilari hisoblanadi. Kuzda ham xuddi shunday qanotli avlodlar paydo bo’lib, ular o’zining asosiy o’simliklariga uchib keladi, bularni jins tashuvchilar yoki emigrantlar deyiladi.

Beda yoki akasiya biti (Aphis craccivora). Hammaxo’r zararkunanda bo’lib, Yevropaning janubida va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Akasiya biti g’o’zadan tashqari, beda, oq akasiya, yeryong’oq, esparset, vika, burchoq, no’xat, shuningdek poliz ekinlariga (jami 52 tur) shikast yetkazadi. Bu hasharot g’uzani may-iyun oylarida eng ko’p zararlaydi.

Poliz biti (Aphis gossyhii Gobal). Bu zararkunanda hammaxo’r hasharot bo’lib, o’simliklarning ko’p turiga shikast yetkazadi. MDH ning butun janubiy qismida keng tarqalgan.

Katta g’o’za biti (Atyrthasiphan gossypii Mordv). O’zbekistonning barcha paxtakor rayonlarida uchraydi. G’o’zadan tashqari mosh, loviyaga, begona o’tlarda, yantoqqa ko’proq tushadi.

Qandalalarning 13 turi g’o’zaga tushishi ma’lum. Shulardan 2 turi: beda va dala qandalasi ayrim yillari sezilarli zarar keltiradi.

Beda qandalasi (Adelphocoris lineolutus Goeze). Beda, g’o’za kabi o’simliklarni zararlab, asosan o’zining og’iz apparati bilan shona, gul, ko’saklarni sanchib-so’rib zararlaydi. Qattiq zararlangan shona va gullar qurib qoladi, ko’sakdagi tola kamayib, sifati pasayadi, 3-4 marta avlod beradi.

Qandalalarga qarshi maxsus kurash choralari o’tkazilmaydi, sababi, so’ruvchi zararkunandalarga qarshi qo’llaniladigan preparatlar bularga ham qo’llaniladi.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish