Turlari- qora burgacha- Phellotretf arta F
Bronza burgacha- Phellotretf fucata
Ravshan oyoqli burgacha- Phellotretf nemorum L
Ko‘k burgacha- Phellotretf nigripes F
To‘lqinsimon burgacha- Phellotretf undulata Kutsch
Avlodi- Phyleotreta
Turkum- qattiq qanotlilar- Coleoptera
Qo‘ng‘izlari barglarni kemirib, mayda o‘yiqchalar hosil qiladi. O‘simliklar o‘sgani sayin bu o‘yiqchalar ochilib, teshik bo‘lib qoladi. Qo‘ng‘izlar juda ko‘payib ketganda oziqlangan barg ilma-teshik bo‘lib ketib, yosh o‘simliklar nobud bo‘ladi.
Karamgullilar burgachalari tuproqqa bittadan yoki bir nechtadan (20 tagacha) g‘uj qilib tuxum qo‘yadi. Tuxumining embrional rivojlanish davri 3 kundan 11 kungacha davom etadi. Tuxumdan lichinka chiqib, butgulli o‘simliklar ildizi bilan oziqlanadi. Lichinkalari 16 kundan 30 kungacha rivojlanib, tuproqning yuza qatlamida g‘umbakka aylanadi.
G‘umbagi 7-17 kun rivojlanadi. Butgullilar burgachalari bir yilda bir marta avlod beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |